Urug‘larning biologik holati.Odatdagicha shakllangan urug‘lar yetukligining ilk bosqichlarida unib chiqishga qodir bo‘lib, me’yorlinihollarni hosil qiladi.
Yetilmagan urug‘larda embrion, ya’ni murtak,endospyerm tayyorlanib olmasidan
ilgari unishga qodir bo‘ladi.Endosperm esa rivojlanishda orqada qolib, urug‘ning
unishini susaytirib qo‘yadi. Agar yetilmagan endospyerm olib tashlanadigan
bo‘lsa, embrion yaxshiroq una boshlaydi. Yetuklikning keyingi bosqichlarida,
ya’ni urug‘lar po‘sti havo va namni o‘tkazadigan xolga kelganida urug‘lar unishga
layoqatini yo‘qotib qo‘yadi va yig‘ib olinganidan keyin dimlab qo‘yib qo‘shimcha
yetiltirilganidan sunggina bu layoqatni yana tiklaydi.
Urug‘larning namligi ularning unib chiqishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ularning
odatdagicha me’yorli unib chiqishi uchun urug‘lar ma’lum darajadagi namlikka
ega bo‘lishi kerak. Urug‘larning namligi ularning kimyoviy tarkibiga va
yorug‘likning qaysi bosqichiga kirganiga bog‘liq. Urug‘ nechog‘lik yosh bo‘lsa,
undagi oziq moddalar shuncha kam bo‘ladi va murtak malum konstentrasiyadagi
oziqni olishi uchun shuncha kam namlik talab etiladi. Shu sababdan yetilmagan
urug‘lar, agar malum namlikkacha oldin quritib olinadigan bo‘lsa, unuvchanligi
birmuncha yuqori bo‘ladi.Urug‘larning yirikligi sharoitlar qulay bo‘lib turgan
mahilda ularning unuvchanligiga sezilarli ta’sir o‘tkazmaydi. Noqulay sharoitlarda
eng yirik urug‘lar ham o‘rtacha va o‘rtadan yirikroq urug‘larga qaraganda kamroq
unib chiqadigan bo‘ladi. Urug‘lar nechoglik eski bo‘lsa, unib chiqish jarayoni
shuncha sust boradi. Urug‘lar juda uzoq saqlab qo‘yilganida unib chiqish
layoqatini yo‘qotadi. Avvallari bo‘rtib, unib qolgan urug‘lar, ularning endi nami
qochib qolgan nishlari asli xoliga kelib, yangi ildizchalar hosil qila oladigan bo‘lsa,
shuningdek, yangi organlar yuzaga kelishi uchun ashyozahirasi bo‘lsa, ana shu
taqdirdagina ikkinchi marta, takror unib chiqishga qodir bo‘ladi. Ba’zi ekinlar
(masalan, makkajo‘xori) urug‘larida ildizchalarining regenyerasiyalanish layoqati
sust bo‘ladi, shunga ko‘ra, ularning nish berib qolganligi ham keyinchalik unib
chiqishiga juda yomon ta’sir ko‘rsatadi.
Ko‘pchilik sabzavot ekinlarining endigina yetilgan urug‘lari kam unuvchan
bo‘ladi, ba’zida esa zarur sharoitlar bo‘lganida ham mutlaqo unib chiqmaydi,
chunki organik tinim holatida turadi va dimlab qo‘yib qo‘shimcha yetiltirib olishga
muxtoj bo‘ladi. Shu tariqa yetiltirish muddati ko‘pchilik ekinlarda bir necha
kundan to 2-3 oygacha davom etadi. Ko‘p yillik sabzavot ekinlari urug‘lari yig‘ib olinganidan keyin 1-2 yil davomida qo‘shimcha yetilib boradi. Pomidor bilan qovoqdoshlar oilasiga mansub o‘simliklardagina urug‘lar mevalari yetiladigan davrining oxirlariga kelib unib chiqish layoqatiga ega bo‘lib qoladi.Urug‘larning unib chiqishga qodir bo‘lmasligi ularda ko‘pgina moddalar (efir moylari, alkaloidlar,
glikozidlar, organik kislotalar, mochevina, aminokislotalar, pektinlar va boshqalar)
bo‘lishiga bog‘liq.Bular turli ferment sistemalarini bo‘g‘ib qo‘yib, urug‘larning
unib chiqishiga yul bermay turadi. Ana shu moddalar parchalab yoki yuvib
tashlanadigan bo‘lsa, shundagina urug‘lar unib chiqishi mumkin. Bu moddalar
o‘simliklarning mevalari, poyalari, barglari, ildizlari va boshqa qismlarida bo‘ladi,
shuningdek, yuvilib, tuproqqa ham o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |