Urug‘lanishga aloqador omillar. Ma’lumki, chang tarkibida zahira holdagi oziq
moddalar, biologik katalizatorlar va biologik faol moddalar bo‘ladi. Chang
naychasi urug‘lanishda ishtirok etmasa, ammo murtak xaltasi sohasiga kiradigan
bo‘lsa, shunda ham uning ichidagi moddalar urug‘ning shakllanishiga anchagina
ta’sir o‘tkazadi. Bundan tashqari, urug‘lainsh biologik jihatdan muayyan
yo‘nalishda o‘tib, urug‘larning ko‘proq yashovchan bo‘lib chiqishiga olib
keladi.O‘simlik o‘sib-unib boradigan sharoitlar nechog‘lik qulay qilib
yaratiladigan bo‘lsa, yuqori hosil beradigan urug‘lar etishib chiqish extimoli
shuncha ko‘p bo‘ladi. Urug‘lanishga aloqador omillardan urug‘chilik ishida
o‘simliklarni tur ichida chatishtirish va qo‘shimcha changlantirish usullari
hammadan ko‘ra ko‘proq qo‘llaniladi.
Tajriba yo‘li bilan to‘plangan boy ashyodan ma’lum bo‘lganidek, o‘simliklarni
tur ichida chatishtirish, urug‘lar yashovchanligining uzoq muddat davomida kuchli
bo‘lib turishiga va hosildorlik xossalarining ortishiga olib keladi. Shu bilan birga
urug‘larning biologik va hosildorlik sifatlarini yaxshilash usuli tariqasida
o‘simliklarni chetdan changlatish ekinining o‘ziga, naviga va atrofdagi sharoitlarga
xos bo‘lgan xususiyatlarini hisobga olishni talab qiladi. Tur ichida
chatishtirishning samaradorligi navning tabiatiga bog‘liqdir, ba’zi navlar bunday
chatishtirishga ko‘proq moyil bo‘lsa, boshqalari kamroq moyil bo‘ladi. Mo‘tadil
iqlim sharoitlarida tur ichida chatishtirishning samaradorligi quruq issiq, iqlim
sharoitlaridagidan ko‘ra yuqoriroqdir. Donli ekinlarda nav ichida chatishtirish
ko‘proq o‘rganilgan. D.A. Dolgushin ma’lumotiga ko‘ra, nav ichida
chatishtirilganbug‘doyning 4-chi avlodidan olingan urug‘lar hosildorligi bo‘yicha
3,2-36,8% ga oddiy urug‘larga nisbatan yuqori bo‘lganligi aniqlangan.
S.Quchqorov (1965) turli yillarda va turli mintaqalarda yetishtirilgan hosil
urug‘larini aralash ekish yo‘libilan tur ichida chatishtirishning yuqori samarador
bo‘lishini Toshloqi 862 va Qo‘ybosh 476 qovun navlarida isbotlab berdi. Ana
shunday o‘simliklarni chetdan changlatib olingan urug‘lar, chetdan changlatishsiz
olingan urug‘larga qaraganda ko‘proq (7-8 % ortiqroq) unuvchan bo‘lib chiqdi,
unish enyergiyasi ortib (18 %ga), yer ustki qismi yaxshi rivojlangan va meva
hosildorligi oshgan nasl berdi.
Qo‘shimcha changlatish. Ma’lumki, urug‘lanish jarayoniga, urug‘larning
rivojlanishi va irsiyatining shakllanishiga chang naychalarining nisbatan ko‘p
miqdorda bo‘lishi ta’sir ko‘rsatadi. Qo‘shaloq urug‘lanishdan keyin ham urug‘
kurtak va murtakka chang naychalarining moddasi tushadi va urug‘lanish
tugaganidan keyin ham birmuncha vaqt davomida tushib turavyeradi. Urug‘lanish
hodisasi chang mo‘l-ko‘l bo‘lib turgan mahalda o‘tadigan bo‘lsa, urug‘lar ancha
yuqori sifatli bo‘lib chiqadi. Qo‘shimcha changlatishda 1000 dona urug‘ vazni
oshadi, urug‘larning o‘sish kuchi va unuvchanligi, hosildorligi ham ortadi.
Qushimcha changlatish natijasida birinchi avlod o‘simliklaridagi urug‘lar sifati 10-
15%; ikkinchi avlodda 6-7% va uchinchi avlodda 4-5% oshishi aniqlangan.
Bizning tadqiqotlarimizdan ma’lum bo‘lganidek, urug‘lik uchun ekilgan poliz
ekinlarini polizga asalari uyalari qo‘yish yuli bilan qo‘shimcha changlantirish
birinchi gullarning ancha tula urug‘lanishiga yordam berib, meva tugilishini
ko‘paytiradi va mevalarning yaxshi rivojlanib borishini ta’minlab beradi,
Chunonchi, arixonalar yonida joylashgan maydonlarda qovoq, urug‘larining
hosildorligi ari uyalaridan 1500 m narida bo‘lgan maydonlardagiga qaraganda
gektariga 375 kg dan 735 kg gacha oshdi, tarvuz mevalarining yetilishi 5-7 kunga
tezlashdi, urug‘lari yirik tortib, unuvchanligi 3-5 %ga ortdi.(Bo‘riev
X.Ch, Do‘stmurotova S.I. 2000yil ma’lumoti).
Ekologik omillar. Namlik va haroratning ortiqcha bo‘lishi yoki yetishmasligi,
urug‘larning shakllanish va to‘lishib borish muddatlari, tuproq sharoitlari,
urug‘lardagi sintetik jarayonlarning jadalligiga, pirovard natijada esa
o‘simliklarning urug‘mahsuldorligi va urug‘larining sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
To‘lishish va yetilish davrida qulay sharoitlar bo‘lsa, fizik sifatlari, ekinboplik va
hosildorlik sifatlari yuqori bo‘lgan urug‘lar shakllanib, etilib boradi. Urug‘lar
yetilib borayotgan davrda va yig‘ishtirib olinayotgan paytda harorat etishmasligi,
yog‘in-sochinlarning ko‘p bo‘lishi, urug‘larning yig‘imidan keyin qo‘shimcha
yetilib borish jarayonlarini keskin susaytiradi, bu narsa urug‘ hosildorligi va
sifatining pasayib ketishiga olib keladi. Urug‘larni sifati o‘simliklarga
zararkunanda va kasalliklar tushgan mahalda ham pasayib ketadi.
Biror o‘simlik o‘zi uchun mos bo‘lmagan sharoitlar ko‘paytirilganida, uning
navi yaxshi bo‘lsa ham o‘zini qimatli belgilarini yo‘qotib qo‘yishi aniqlangan.Turli
joylardan keltirilgan bitta navdagi urug‘lar ekilganida ularning hosildorligi birbiridan anchagina farq qiladi va bu farq, ba’zi xollarda navga xos tafovutlardan
ham, o‘tibketishi mumkin. Eng avvalo, bu ko‘rsatkichlar ekinni ustirishdagituproqiqlim va agrotexnika tadbirlariga bog‘likdir. Shu bilan birga hosildorlik bir
gektardagi o‘simliklar soni va xar bitta o‘simlik hosiliga bog‘lik bo‘lsa,
urug‘larning sifat ko‘rsatkichlari bir nechta belgilar bilan aniqlanadi: urug‘lar
yirikligi, bir tusliligi, og‘irligi, o‘sish enyergiyasi, unuvchanligi va boshlang‘ich
o‘sish kuchi, tarkibidagi oqsil miqdori va kasalliklarga chidamliligi bilan.Iqlim
omillari urug‘larga shu qadar chuqur ta’sir o‘tkazadiki, buning ta’siri bir qancha
avlodlar davomida bilinib turadi. Urug‘larning hosildorlik sifati yilning ob-havo
sharoitlariga ham bog‘lik bo‘ladi, chunki turli yillarda shakllangan urug‘larning
yashovchanligi turlicha bo‘ladi. Shart-sharoitlar yuqori hosil olishga qulay
keladigan bo‘lsa, urug‘lar ham xuddi shu omillarning ta’siri ostida yuqori
hosildorlik sifatlariga ega bo‘lib shakllanib boradi.
Urug‘chilik ishini samarali qilib olib borish uchunurug‘lar qaysi geografik va
iqlim mintaqalarda mudom yuqori sifatli bo‘lib shakllanib borishini aniqlab olish
zarur. Mintaqaviy urug‘chilik (urug‘larni sharoiti qulay bo‘lgan mintaqalarda
yetishtirish) seleksiya ishining natijalaridan ko‘ra ko‘proq miqdor bo‘lib chiqishi
ham mumkin. Andijon viloyatida yetishtirilgan Qo‘ybosh 706, Surxandaryo
viloyatida yetishtirilgan yirik mevali ichi qizil, Xorazm viloyatining Gurlan tumani
va Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida yetishtirilgan qari qiz 700 degan qovun
navlarining urug‘lari ekinboplik sifatlari bilan hosildorlik sifatlari jihatidan
hammadan yaxshi bo‘lishi S.Quchqorov tadqiqotlarida aniqlangan. Bu joylarda
ekinni bir yillik reproduksiya holida yetishtirish urug‘larning mutloq og‘irligini
oshirib, ekinboplik sifatlarini yaxshilashi bilan bir qatorda, qovun mevalari
hosildorligini 11-17 %ga oshiradi ham
Do'stlaringiz bilan baham: |