7.2.Konteynerlarni tashish yo`nalishlari
Konteynerlarni tashish quyidagi yo`nalishlarda amalga oshiriladi (6.8-rasm):
Halqasimon yo`nalishda avtomobil yuk ortish punktidan yukli konteynerni yuk tushirish punktiga olib keladi va o`rniga yuksiz konteynerni olib, keyingi punktga yetkazadi. U yerdan yukli konteynerni yuklab, dastlabki punktga tashib keltiradi.
|
7.3-rasm. Konteyner tashish yo`nalishlari
|
Yuqoridagi yo`nalishlar ichida ikki yo`nalishda ham yukli konteynerlarni tashish mayatnik yo`nalishi unumli bo`lib, doimo bir maromda yuk aylanishiga ega bo`lgan holda qo`llanadi.
Konteynerlarda markazlashgan usulda yuk tashilganda kontey-nerlarni almashtirish punktlarini tashkil qilish yaxshi natija beradi. Bu punktlarning tashkil qilinishi sutka davomida bir maromda konteynerlarni tashishga imkon yaratadi.
Konteynerlarni tashish uchun bortli va boshqa maxsus yuk avtomobillaridan foydalaniladi.
Konteynerlarning aylanish vaqti aralash tashishda ko`pi bilan 30 sutka va avtomobillarda tashishda 1—3 sutkani tashkil qiladi. Aralash tashishda topshiriqda ko`rsatilgan hajmdagi yuk tashish ishlarini bajarish uchun zarur konteynerlar soni quyidagicha aniqlanadi:
Universal konteynerlaming qisqacha texnik tavsifi (GOST 18477—79)
7.1-jadval
Turi
|
Nominal
brutto
massasi,
t
|
Ichki
foydali
hajmi,
m3
|
o`lchami, mm
|
Eshiko`lchami, mm
|
Sof
og`irligi,
kg
|
Yuk
ko`taruv-
chanligi,
t
|
Tara koeffi-siyenti
|
uzunligi
|
eni
|
baland-ligi
|
eni
|
baland-ligi
|
Katta tonnali
|
30
|
66,40
|
12192
|
2438
|
2591
|
2286
|
2261
|
3780
|
26,22
|
0,144
|
30
|
62,40
|
12192
|
2438
|
2438
|
2286
|
2134
|
3480
|
26,52
|
0,131
|
25
|
50,00
|
9125
|
2438
|
2591
|
2286
|
2261
|
—
|
21,52
|
0,162
|
25
|
47,97
|
9125
|
2438
|
2438
|
2286
|
2134
|
—
|
21,52
|
0,162
|
20
|
32,70
|
6058
|
2438
|
2591
|
2286
|
2261
|
2320
|
17,68
|
0,131
|
20
|
30,60
|
6058
|
2438
|
2438
|
2286
|
2134
|
2120
|
17,68
|
0,119
|
10
|
14,70
|
2991
|
2438
|
2438
|
2286
|
2134
|
1460
|
8,54
|
0,171
|
o`rtacha tonnali
|
5
|
10,40
|
2100
|
2650
|
2400
|
1950
|
2100
|
950
|
4,05
|
0,235
|
5
|
10,92
|
2190
|
2650
|
2400
|
2504
|
2103
|
1000
|
4,0
|
0,25
|
5
|
5,00
|
2100
|
1325
|
2400
|
1216
|
2090
|
850
|
4,35
|
0,149
|
2,5(3,0)
|
5,16
|
2100
|
1325
|
2400
|
1225
|
2090
|
550
|
1,95
|
0,282
|
Kichik tonnali
|
1,25
|
3,00
|
1800
|
1050
|
2000
|
1020
|
1780
|
340
|
0,93
|
0,366
|
0,625
|
1,50
|
1150
|
1000
|
1700
|
1070
|
1500
|
225
|
0.4
|
0,563
|
7.4.-rasm.Konteynerlarning gabarit o`lchamlari.
7.5-rasm. konteynerlarning belgilanishi
7.3.Yuklarni konteyner usulida tashish
Aralash usulda konteynerlarda yuk tashish qator afzalliklarga ega. Konteyner va tagliklar yordamida yuk tashilganda yuk ortish-tushirish ishlarida mehnat sarfi anchaga qisqaradi. Yuk tashish rejalari (choraklik, yillik), yuk tashish qoidalari va tariflari, kontey-nerlar turadigan maydonlardagi ishlarni bajarish texnologik jarayonlar ko`rsatmalari konteynerlarda yuk tashishda asosiy hujjatlar bo`lib hisoblanadi.
Konteynerlar turadigan maydonlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
konteynerlarni joylashtirish va saqlash uchun maydon;
temir yo`l va avtomobil yo`llari;
avtomobil va avtopoezdlar to`xtab turishi uchun maydon;
yuk ortish-tushirish mexanizmlari;
xizmat xonalari;
o`lchash qurilmalari.
Konteynerlar turadigan maydonlarda bajariladigan jarayonlar quyidagilardan iborat:
temiryo`l va avtomobil transportiga konteynerlarni yuk ortish yoki yukni tushirish;
konteynerlarni qisqa muddatga saqlash;
tranzit konteynerlarni guruhlarga ajratish;
konteynerlarni yuk ortiladigan transport turi bo`yicha guruhlash;
yuk tashish hujjatlarini rasmiylashtirish;
konteynerlarning yetib kelganligi to`risida mijozlarga xabar berish;
konteynerlarning tashib keltirilishi va jo`natilishini rejalash-tirish;
konteynerlarga texnik xizmat ko`rsatish va ta'mirlash.
NAZORAT SAVOLLARI
1.Yuklarni konteynerlarda tashish usullsri tasvirlang?
2.Konteyner qanday turlarga bo`linadi?
3. Konteynerda yuk tashish yo`nalishlari va yuritiladigan hujjatlari qanday?
4. Konteyner va tagliklarga qo`yiladigan tamg`alarni tasvirlang?
5. Yuklarni paket usulida tashish va tagliklar turlari?
6. Kerakli konteyner va tagliklar sonini aniqlash usullarini qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |