NAZORAT SAVOLLARI 1.Avtomobil – sisternalar tasnifi?
2. Avtomobil – sisternalarga qo`yiladigan asosiy va qo`shimcha talablar?
3. Yuklarni avtomobil – sisternalarda tashish shartlari qanday?
4. Avtomobil – sisternalarning afzallik va kamchiliklari tasvirlang?
5. Avtomobil – sisternalarning ortish tushirish ishlarini tashkil etish usullarini tasvirlang?
7-MAVZU KONTEYNER VA PAKETLIDA YUKLARNI TASHISH REJA 7.1.Yuklarni konteynerlarda tashish 7.2.Konteynerlarni tashish yo`nalishlari 7.3.Yuklarni konteyner usulida tashish
Tayanch so`z va iboralar Konteyner, fut, hajm, moki usuli, paket, tamg`a, transit, maxsus konteyner, universal konteyner, yog`och, metal, yog`och-metall konteynerlar. 7.1.Yuklarni konteynerlarda tashish. Donador yuklarni konteyner va paket usulini qo`llab tashishda harakatlanuvchi tarkibning yuk ortish-tushirish jarayonida to`xtab turish vaqti kamayadi.
Konteyner deb, hajmi 1 m3 dan kam bo`lmagan yuk ortish-tushirish ishlari mexanizatsiyalashgan, ko`p marta ishlatish uchun mo`ljallangan yuklarni qisqa muddatga saqlashni ta'minlaydigan qurilmaga aytiladi.
7.1.-rasm.Konteynerlarning turlanishi
Konteynerlar quyidagi belgilariga qarab turlanadi.
I. Tashish uslubiga qarab:
aralash tashish uchun mo`ljal langan tranzit;
faqat avtomobillarda tashiladigan mahalliy konteynerlar.
II. Vazifasiga qarab:
turli xil yuklar tashishga mo`ljallangan universal;
faqat bir turdagi yuklar tashishga moslashtirilgan maxsus konteynerlar.
III. Tayyorlangan materialiga qarab:
yog`och;
metall;
yog`och-metall konteynerlar.
7.2.-rasm. Konteyner turlari
IV.Konstruksiyasiga qarab yig`ma qismlarga ajratilmaydigan konteynerlar.
VI.Nominal brutto massasi bo`yicha yuk ko`taaivchanligiga qarab:
aralash tashishda foydalaniladigan katta tonnali (10—30 t);
o`rtacha tonnali (2,5—5 t);
faqat avtomobillarda tashishda foydalaniladigan kichik tonnali (0,625 va 1,25 t) konteynerlar.
Konteynerlar yuklarni chang va namdan saqlash, yuk ortish-tushirish ishlarini bajarish va har xil turdagi transportlarda tashishga qulayligi, arzon materiallardan tayyorlanishi va qisqa muddatda kam xarajat sarf qilib ta'mirlanishi kabi afzalliklarga ega.