6-MAVZU
YUKLARNI AVTOMOBIL-SISTERNALLARDA TASHISHI
REJA
6.1.Avtomobil – sisternalar tasnifi
6.2.Sochiluvchan yuklarni tashuvchi avtomobil sisternalar
Tayanch so`z va iboralar
Avtomobil-sisternalar , rezervuar, tirkama-sisterna, yarimtirkama-sisterna, avtonom nasos, mexanik usul, pnevmatik usul, silindr-konussimon, xopper, dumaloq, elliptik, alyuminiy, zanglamaydigan po`lat.
6.1. Avtomobil – sisternalar tasnifi
Suyuq, gazsimon va sochiluvchan yuklarni vaqtincha saqlash hamda tashish uchun konstruktiv ixtisoslashtirilgan transport vositalari(ITV) avtomobil-sisternalar deyiladi. Yukni joylashtirish uchun rezervuar va turli yuklash-tushirish mexanizmlari mavjudligi bilan sisternalar o’zgachadir.
Avtomobil-sisternalar shassi (avtomobil, tirkama yoki yarim tirkama), sisterna (rezervuar) va mahsus jihozlardan tashkil topgan.
Avtomobil-sisternalarni asosan suyuq neft mahsulotlarini, minerallar, ichimlik va texnik suv,suyuq oziq-ovqat mahsulotlari,sement,un,oxak, don,tirik baliq,xar-xil qorishmalar,bitum,siqilgan gazlar va h.k yuklarni tashishda qo`llaniladi.
Xalq xo`jaligida avtomobil-sisternalarni 45% neft mahsulotlarini,25% sut,15% ichimlik suvi,15% sement,5% amiakli suv,1% texnik suv,1%siqilgan gaz,boshqa har-xil(spirt,un,minerallar,tirik baliq va h.k) 3% miqdorda foydalaniladi.
|
|
A)avtosisterna
|
B)yarim tirkama sisterna
|
6.1-rasm. Avtosisternalar
|
Sisternali avtomobillar quyidagi belgilariga ko’ra tasniflanadi:
Texnologik jihoz o’rnatilgan bazaviy shassi turi bo’yicha: (avtomobil-sisterna, tirkama-sisterna, yarimtirkama-sisterna) va uning o’tag`onligi (oddiy o’tag`on yoki yuqori o’tag`on);
Vazifasi bo’yicha – tashish uchun va tashish hamda yonilg`i quyish uchun;
Rezervuar sig`imi bo’yicha – kichik (5m3gacha), o’rta (5¸15m3) va katta (15m3 dan yuqori);
Tushirish (to’kish) texnologik jihozlar turi bo’yicha – mahsulotni gravitastion (tortishish) kuchlar ta’sirida tushirish; mexanik usulda tushirish; pnevmatik usulda tushirish; sisternada o’rnatilgan yoki avtonom nasos yordamida tushirish; o’zi ag`daruvchi usulda tushirish.
Konstruktiv belgilariga -ko’ra sisternali avtomobillarning rezervuarlari quyidagi turlarga bo’linadi:
– Ko’ndalang kesimli shakli bo’yicha – dumaloq, elliptik, to’g`riburchakli;
– bo’ylama kesimi shakli bo’yicha – bir xil (doimiy) yoki har xil (oldi toraytirilgan), old va orqasi toraytirilgan;
– silindr-konussimon ; xopper turida
|
|
a) Bo’ylama sisternali avtomobillar
|
b) Ko’ndalang sisternali avtomobil tirkamasi
|
6.2-Rasm.Konstruktiv belgilariga ko`ra sisternalar turnalari
|
Neft mahsulotlari neftebazalardan iste’molchilarga, asosan avtomobil-sisternalarda etkazib beriladi. Odatda, ular bir xil turli neft mahsulotlarini tashishga mo’ljallangan. Bu esa, neft mahsulotlarini sifatini saqlash, to’ldirish-to’kish jarayonlarini mexanizastiyalashtirish imkoniyatini beradi
|
|
A)Neft maxsulotlarini tashuvchi avtosisternalar
|
B)oziq-ovqat maxsulotlarini tashuvchi avtosisternalar
|
6.3-rasm. Avtosisternalar
|
Neft maxsulotlarini tashuvchi sisternalar quyidagicha shartli belgilanadi:
- bazoviy shassi turi (avtomobil-A, tirkama-P, yarim tirkama-PP);
- sisterna turi (transport-S, yonilg`i quyuvchi-TZ);
- nominal sig`imi (m3)
- bazoviy shassi markasi.
Misol: AS – 5 – 500 – MAZ-500A avtomobilni shassisiga o’rnatilgan, sig`imi 5000 l.transport sisternasi.
ATZ – 3.8 – 130 – ZIL – 130 avtomobili shassisiga o’rnatilgan sig`imi 3800 l. yonilg`i quyuvchi sisterna.
PS – 5.6 – 817 – GKB – 817 tirkamasiga o’rnatilgan sig`imi 5600l.transport sisternasi.
AS – 8,7 – 5320 – KamAZ-5320 avtomobili shassisiga o’rnatilgan sig`imi 8700 l.transport sisternasi.
Avtomobil – sisterna uchta asosiy qismdan iborat: kuch qurilmasi, shassi va maxsus jihozlar. Tirkama va yarim-tirkama sisterna ko’taruvchi elementdan va maxsus jihozlardan iboratdir.
Quyida neft mahsulotlari tashuvchi yarim tirkama-sisternalarning qisqacha texnikaviy xarakteristikasi keltirilgan.
Sisterna rusumi 9638-01 9693-10-02
Tortuvchi avtomobil Kam AZ- 54115 Kam AZ – 6460
Nominal sig`imi, l 18500 30000
Sisterna massasi, kg:
- shaylangan 7400 9600
- to’la 26000 36500
Gabarit o’lchamlari, mm:
- sisternanint uzunligi 9385 10730
- avtopoezning uzunligi 12900 13700
- eni 2500 2500
- balandligi 3110 3665
- Dvigatel:
Rusumi 740.31(Evro-2) 740.50-360(Evro-2)
Maksimal quvvati, o.k.(kVt) ... 240(176) 360(265)
Suyuq oziq-ovqat mahsulotlarini tashuvchi sisternalari rezervuarlari kimyoviy neytral materiallardan (alyuminiy, zanglamaydigan po’lat, plastmassa) tayyorlanadi.
|
|
a) Suv tashuvchi sisternali avtomobillar
|
b)Sut tashuvchi sisternali avtomobillar
|
6.4-rasm. Oziq-ovqat maxsulotlarini tashuvchi avtosisternalar
|
Do'stlaringiz bilan baham: |