6.2.Sochiluvchan yuklarni tashuvchi avtomobil sisternalar
Sochiluvchan yuklarga quyidagilar kiradi: qurilish (stement, gips, ohak); oziq-ovqat (tuz, un, kakao, shakar, don va h.k.); kimyoviy (soda, grafit va h.k.).
Sement tashuvchi sisterna, odatda kesimi stilindrik shaklda bo’lib, tortuvchi avtomobilga biroz orqaga gorizontal qiyalikda o’rnatiladi (7- 90 burchak ostida).
Sisterna stement bilan bunkerdan shlang yordamida qopqoq 14 orqali to’ldiriladi (TS- 4). Stementni tushirish pnevmatik usulda amalga oshiriladi. Pnevmatik tizim qismlarini joylashtirish hamma yarim tirkama sisternalarda bir xildir. Kompressor 1 tortuvchi avtomobil kabinasining orqasiga o’rnatilgan. U avtomobil dvigatelidan quvvat olish qutisi, kardanli va ponasimon tasmali uzatmalar orqali yuritma oladi. Kompressor yarimtirkama rezervuari bilan rezinalangan matoli shlang bilan ulangan. Yarim tirkama-sisternani og`irligini kamaytirish maqsadida rama ko’zda tutilmagan. Sement to’kish uchun siqilgan havo kompressordan 1 nam moy ajratgichda 2 tozalanib, havotaqsimlagichga 6 yuboriladi. Havo taqsimlagich manometr 8 va 0,25 MPa bosimga rostlangan saqlagich klapan 7 bilan taminlangan. Havo taqsimlagichdan havo quvurlar 3,11 orqali aerotubga 10 va to’kish patrubkasiga 12 taqsimlanadi. Bunda havo aerotubga teskari klapan 5, to’kish patrubkasiga esa teskari klapan 9 orqali yuboriladi. Teskari klapanlar havoni faqat bir yo’nalishda uzatadi va quvurlarga stement tiqilib qolishidan saqlaydi.
6.5-rasm.Kompressor yarimtirkama sisterna
Un tashuvchi sisterna, boshqa sisternalardan konstruktiv farq qiladi, chunki unning oquvchanligi juda past (zichligi 0,55t/m3). Shuning uchun unni to’kishda o’zining og`irligidan va siqilgan havodan foydalaniladi
Unni to’kishda siqilgan havo kompressordan, ikkita moynam ajratgich va mayin filtr orqali rezervuarga uchta kanaldan kiradi: rezervuarni yuqori sferik qismiga; aeroqurilma 7 ostiga (rezervuar tubidagi g`ovak to’siqcha); to’kish uchligiga. Un havo bosimi va o’zini og`irligi tasirida quvurning 6 konusiga 8 kiradi, so’ngra puflash yordamida to’kish shlangiga va istemolchiga etkaziladi. Ikkala rezervuar hajmi 12,8m3 tashkil qiladi. Tizimdagi ish bosimi 0,15 MPa; kompressor elektrdvigatelining quvvati 22kVt; tushirish vaqti 25-35min; tushirishda un uzatish masofasi 30m, vertikal yo’nalishda 15m.
6.7-rasm.Un tashuvchi sisternaning texnologik sxemasi.
A-kompanovka sxemasi; b-rezervuar; 1-tortuvchi avtomobil; 2-yarim tirkama; 3-rezervuar; 4-supacha; 5-qopqoqli tuynuk; 6-quvur; 7-aeroqurilma;
8-konus.
Do'stlaringiz bilan baham: |