Texnikaga oid spravochnik adabiyotlari va hujjatlar bilan ishlash
Bu metodning mohiyati o`quvchilarning darslik, so`rovnoma, texnologiya hujjatlari bilan mustaqil ish olib borishni tashqil etishdan iborat. Faoliyatning bu turi zarurligini fan-texnikasining hozirgi taraqqiyoti maktab KHK oldiga qo`yayotgan talablar, xususan o`quv-chilarning darsliklar, o`quv qo`llanmalari, so`rovnomalar va texnikaga oid boshqa adabiyot-lardan mustaqil ravishda bilim olishga o`rgatish talablari taqozo qilmokda.
O`quv ustaxonalaridagi har bir mashgulot o`qituvchining batafsil instruktaj o`tkazishi (tushuntirish) bilan boshlanadigan bo`lsa, o`quvchilarga esa faqat tayyor bilimlarni o`zlashtirib olish vazifasi qoladigan bo`lsa, mehnat ta’limining bu usulini qulay va maqsadga muvofiq usul deb bo`lmaydi.
O`quv materialining mazmuniga uning murakkabligiga qarab o`quvchilarning o`zlash-tirish uchun ancha qulay bo`lgan ayrim mavzularni darsliklar va o`quv qo`llanmalardan mustaqil o`rganib olishni tajriba qilib ko`rish kerak. Bu o`z navbatida o`qivchilarga mustaqil bilim olish, asosiy narsani ikkinchi darajali narsadan farklay bilish, texnikaviy kitoblardan, so`rovnomadan to`gri foydalanish va kerakli ma’lumotlarni tez topa bilish imkonini beradi.
Lekin o`quvchilarning kitob va boshqa manbalar ustida mustaqil ishlashi o`qituvchining astoydil diqqat-e’tibor berishi va pedagogik rahbarligi ostida o`tadi. Darslik ustida mustaqil ishlashni o`rgatish vaqtida o`quvchilarga o`qib chiqilgan materialning re-jasini tuzib chiqish va uni ana shu reja bo`yicha fikrlashga yo`naltirish, shuningdek grafiklar, o`qilgan material asosida umumlashmalar va xulosalar chiqarishni o`rgatish kerak.
Masalan, rezba uchun parmalarning diametrlarining tanlash po`latga termik ishlov berish vaqtida qizdirish temperaturasini va sovituvchi muhitni aniqlash, ishlanadigan xom-ashyoning diametriga va uning materialiga qarab uni tokarlik stanogida qirqish rejimlarini yoki qishloq sharoitida bajariladigan mashgulotlarda ishlatiladigan o`simlikshunoslik, agrotexnikaga oid ayrim ma’lumotlarni o`quvchilar so`rovnomalaridan mustaqil ravishda topishlari kerak. O`qituvchi o`quvchilarga faqat so`rovnomadan foydalanish qoidalarini tushuntirib berish va zarur ma’lumotlarni izlashning eng qo`lay usullarini ko`rsatishi kerak, xolos. Shu maqsadda so`rovnoma bilan ishlash yuzasidan maxsus mashqlar o`tkazish mumkin.
O`quvchilarning darslik va so`rovnomalar kabi adabiyoti ustida mustaqil ishlashi, tayyorlanadigan mahsulotlar va detallarning texnologiya jarayonini ishlab chiqish vaqtida ham talab qilinadi. Chunonchi, agar o`quvchilarga odatda tayyorlanadigan ob’ektlarga doir texnologiya xaritasi beriladigan bo`lsa. Yuqori sinflarda va KHK da esa o`quvchilarning texno-logiya jarayonini mustaqil ishlab chiqishga dastavval qisman, so`ngra to`liq jalb qilish kerak. Shu bilan birga bu tamoyillarning qulayligi, shuningdek boshka didaktik tamoyillar ham hisobga olinishi zarur.
Mustaqil o`quv-ishlab chiqarish topshiriqlarining bajarilishidan mehnat ta’limining metodi sifatida o`quvchilarning mashqlari jarayonida hosil qilgan mehnat ko`nikmalari va malakalarini to`la-to`kis shakllantirish. Yanada takomillashtirish va mustahkamlash maqsadida foydalaniladi.
Mustaqil o`quv ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarish vaqtida o`quvchilardan nihoyatda mustaqillik namunasini ko`rsatishni, ishdan zarur aniqlikka, mehnatni tashkil etishda puxtalikka, oz jismoniy va aqliy mehnat sarflagan holda ishning unumli bo`lishi va unga ijodiy yondoshishga rioya qilishni talab etish lozim.
Mehnat bo`yicha amaliy mashgulotlar doirasida mustaqil o`quv-ishlab chiqarish top-shiriklarini bajarish darsning boshqa elementlariga nisbatan, vaqtning ko`p qismini oladi. Binobarin mashgulotning bu elementi o`quvchilarning mehnat va kasb ta’limi va tarbiyasiga oid ko`pgina masalalarni hal qilishga yetakchi ro`l o`ynaydi. O`quvchilarning mustaqil ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishda ta’lim-tarbiyaviy muvaffaqiyatlarga quyidagi shartlar mavjud bo`lgandagina erishish mumkin:
1. O`quvchilar bajariladigan ishning mazmunini yaxshi tushinishlari va uni bajarish tartibini aniq tasavvur qilishlari lozim.
2. O`quvchilar topshiriqlarni qanday asbob-uskunalar bilan bajarish kerakligini, ularning tuzilishi va ishlashiga oid xususiyatlarini, ularni ish rejimiga moslash usullarini va ishdagi nuqsonlarning oldini olish choralarini bilishlari kerak.
3. Ish o`rnini to`gri tashkil etish, buning uchun ish va o`lchov asboblarini, xom-ashyolarni, texnologiya hujjatlarini to`gri joylashtirish kerak.
4. Buzilgan ishlardagi tipik hollarni, unga barham berishda tuzatishning usullarini bilish lozim.
5. Ishni bajarishning hamma bosqichlarida uning sifatlarini nazorat qilishning eng qulay va unumli usullaridan foydalana bilish kerak.
6. Xavfsizlik texnologiyasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigienasi qoidalariga rioya qilish kerak.
7. O`z topshiriqlarini bajarish izchilligini va uning natijalarini tahlil qila bilish va xulosalar chiqarish kerak.
8. O`quvchilarning o`quv-ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarish vaqtidagi mustaqilligi tipik ishlarni bajarish vaqtida, ya’ni tashqi ko`rinish jihatidan ham, tayyorlash texnologiyasi jihatidan ham ko`pgina umumiylikka ega bo`lgan ishlarni tayyorlashda ko`proq namoyon bo`lishi lozim. Bunday hollarda, masalan, metalni tiskilarda qirqish (o`quvchilar plitada kirqishni o`rganib olganlar) vaqtida o`qituvchi instruktaj o`tka-zishni quyidagi reja asosida suhbat o`tkazish bilan almashtirish mumkin:
1. Xom-ashyo tiskilarda rejim chizigiga nisbatan qanday mustahkamlangan bo`lishi lozim?
2. Bundan keyingi ishlov berish uchun kesish vaqtidagi kiyimning kattaligi qanday bo`lishi kerak ?
3. Po`lat tunukani kesish vaqtida uni asbobga qanday qilib to`gri o`tkazish kerak:
a) unchalik katta bo`lmagan kiyimni qachon olib tashlash kerak ?
b) po`lat parchasini qachon teng ikki bo`lakka bo`lish kerak ?
4. Metalni qirqishning ana shu turida asboblarni ushlashning qanday usullarini qo`llanish kerak ?
5. Tiskilarda qirqish vaqtida hom-ashyoning extimol tutilgan buzilish turlarini sanab chiqish va hokazolar.
O`quvchilar o`qituvchi tomonidan qo`yilgan savollarga javob berar ekanlar, bu savollarni to`gri hal qilish uchun mustaqil fikr yuritadilar, oldingi mashgulotning mazmunini tahlil qilish va uni o`rganilayotgan material bilan taqqoslash asosida yangi xulosalarga keladilarki, bu xulosalar o`quv materialini o`zlashtirishda mustaqil ijodiy yondoshishga asoslangan bo`ladi.
Uyga berilgan topshiriqlarning bajarilishi mehnat ta’limi mashg´ulotlarda olingan texnikaviy texnologik bilimlarni, grafik va hisoblashga oid ko`nikmalarni mustahkamlash vositasigina bo`lib qolmasdan, shu bilan birga o`quvchilarning bilishiga oid faolligini va ijodiy mustaqilligini oshiradi, ularni hayotga, mehnatga tayyorlaydi.
Maktab, KHK tajribasida, bizning fikrimizcha, o`quvchilarga mehnat bo`yicha uyga topshiriklar berilmasligi kerak, degan noto`gri fikr paydo bo`ladi. Bu fikr ko`pgina o`qituv-chilarning mehnat ta’limi mazmuniga noto`gri baho berishi natijasida vujudga kelgan. Bu o`qituvchilar mehnat va kasb ta’limining mazmuni asosiy amaliy xarakterga ega bo`ladi, uyga berilgan amaliy topshirikdarni bajarish uchun esa zarur sharoitlar bo`lmaydi, deb hisoblaydilar. Lekin yuqorida ta’kidlab o`tilganidek, mehnat va kasb ta’limi mazmuniga amaliy tomondan tashqari, yuksak darajada taraqqiy etgan hozirgi zamon mehnatining ilmiy-texnikaviy asoslari ham kiradi. Shuning uchun ham o`quvchilarga mehnat bo`yicha nuqul amaliy xarakterdagi topshiriqlarni berish kerak emas, albatta. Lekin uning amaliy tomoni esa faqat maqbulgina bo`lib qolmasdan, balki majburiy hamdir.
Mehnat bo`yicha o`kuvchilarga uy vazifalari sifatida o`qituvchi, tomonidan tushuntirib berilgan materialni matn, darslik, o`quv qo`llanmasi bo`yicha mustahkamlash; o`quvchi tomonidan mashgulotda tuzilgan eskiz bo`yicha detalning chizmasini yasash, buyumlarni davlat normativlar talablariga muvofiq ravishda ishlash; ana shu detal buyumga texnologiya xaritasini tuzib chiqish; darslik yoki o`quv qo`llanmasida berilgan umumiy ko`rinish, kinematik sxema va tasvirga qarab biror transport yoki texnologiya mashinasining tuzilishi, ishlash tamoyili va ularni ish rejimiga moslash usulini mustaqil o`rganish yoki mustahkamlashga oid vazifalar berish mumkin va hokazo.
Metall qirqish stanoklarida qirqish rejimlarini hisob-kitob qilib ko`rish bilan bog´liq bo`lgan uy vazifalari (tayyor formulalar bo`yicha shpindelning aylanish sonini hisoblab chiqish, qirqishning tezligi va chuqurligini. Rezetsning uzatish o`lchovini, qirquvchi asbobning geometriyasini tanlash va hokazolar) o`quvchilarda katta qiziqish uyg´otadi. Bu ishlar ulardan fizika, matematika, geometriya va boshka fanlar bo`yicha olgan bilimlaridan foydalanishni talab qiladi. Uy vazifalari aniq bo`lishi, dasturning o`rganilayotgan mavzusi bilan mahkam bog´lanishi kerak. Topshiriqlar hajmi va murakkabligi jihatdan yo`l qo`yiladigan hajmlardan ortib ketmasligi lozim.
O`qituvchi uy vazifalari berishda o`quvchilarga bu vazifalarning mohiyatini, bajarish tartibini va olingan natijalarini tekshirish usullarini, shuningdek ular qanday talablarga javob berishi lozimligini tushuntirishi kerak. Agar uyga berilgan vazifa o`quvchilarga ma’lum bo`lgan ishlarni o`z ichiga oladigan bo`lsa, unda bu vazifani tushuntirib o`tishga hojat bo`lmaydi.
Uyga berilgan topshiriqlarning natijalarini to`gri va adolatli tekshirish katta ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Tekshirish tizimli bo`lishi, hamma o`quvchilarni qamrab olishi kerak, toki o`quvchilarning bilimlaridagi nuqsonlarni o`z vaqtida aniqlash va ularga barham berish mumkin bo`lsin.
O`quvchilar uyda bajarilgan eskiz va chizmalar, texnologaya xaritalari, hisob-kitob va hokazolardan mehnat ta’lim darslarida o`qituvchi tomonidan tekshirib qo`rilgandan keyin yoki darsda guruh shaklida muhokama qilinganidan so`nggina foydalanishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |