Mehnat ta’limining amaliy metodlari Mehnat ta’limining metodi bo`lgan mehnat usullarini bajarishdagi mashqlari mehnat va hunar ko`nikmalari va malakalarini tarkib toptirish va mustahkamlash maqsadida muayyan mehnat harakatlarini ko`p marta takrorlash bilan harakatlanadi. Mashqlarni o`rganilayotgan barcha mehnat operatsiyalari yuzasidan emas. Balki o`quvchilarning o`zlashtirish uchun ancha qiyin bo`lgan operatsiyalarga nisbatangina tatbiq qilish maqsadga muvofiqdir. Bunday operatsiyalarga arralash va qirqish, randalash va egovlash, parchalash va kesish, dastlabki asboblar bilan parmalash va rezba qirqish hamda yog´och va metalga gazlamaga va boshqa materiallarga ishlov berish vaqtidagi ishlar, avtomobil, traktor va boshqa qishlok xo`jalik texnikasini boshqarish va hokazolarni kiritish mumkin.
Mashqlar jarayonida mehnat usullarini bajarishning sifatli bo`lishiga, o`quvchilarning faoliyatini sinchiklab nazorat qilishga e’tibor berish kerak. Mehnat usullari va operatsiyalarni o`zlashtirish maqsadida mashqlarni bajarish jarayonida o`z-o`zini nazorat qilish uchun qayta aloqasi tamoyiliga ta’sir qiladigan uncha murakkab bo`lmagan xilma-xil moslamalardan: to`grilagichlar, shablonlar, asboblar, ularga qilingan tenzodatchiklardan, asboblar va harakatlarni muvofiqlashtirishga doir moslamalardan, o`quvchilarning avtomobil, traktorni boshqarish va haydash qoidalarini o`rganishda trenajerdan foydalanish katta ro`l o`ynaydi.
Mashqlar jarayonida yuqorida sanab o`tilgan texnika vositalarini qo`llanish o`quvchilarga mehnat harakatlarini bajarishdagi ko`pgina xatolardan holis bo`lishga imkon beradi, usullarini hosil qilish uchun sarflanadigan vaqtni qisqartirish va ularning sifatining oshishiga yordam beradi. Lekin bu vositalardan uzoq vaqt foydalanish foyda o`rniga zarar etkazish ham mumkin. Ular mehnat usullarini egallash vaqtida o`ziga xos mo`ljal ro`lini o`ynaydi va shuning uchun ham ulardan mehnat va kasb ta’limining dastlabki bosqichlaridagina foydalanish maqsadga muvofikdir
Psixologlarning ko`nikmalar va malakalarni, o`quvchilarda mehnat usullariga oid mashq-larini tarkib toptirish qonuniyatlari haqidagi tadqiqotlari natijalarini hisobga olib, bu usullarni uzoq davom etmaydigan lekin keyingi har bir mashgulotda takrorlanib turadigan paytda uzviy boglab tashkil etish kerak.
O`quvchilar to`g´ri mehnat usullarini egallab borgani sari o`qituvchi ularga mustaqil topshiriqlarni bajarishga kirishish uchun ruhsat beradi, bu topshiriqlarni bajarish jarayonida ular o`zlari o`zlashtirgan mehnat va hunar usullaridan foydalana oladilar. Mehnat usullariga oid mashqlarni o`tkazish vaqtida quyidagi talablarga rioya qilish lozim:
1. O`quv-moddiy sharoitlar yaratilgan bo`lishi (yaxshi ishlaydigan asbob-uskunalar, moslamalar va transportlarning mavjud bo`lishi).
2. Mehnat usullarning yorqin va qulay ko`rsatilishini hamda o`quvchilarning bu usullarni to`gri va to`liq o`zlashtirishini tekshirishni ta’minlanishi.
3. Bevosita kuzatish va nazorat qiladigan qurilmalardan foydalanish yo`li bilan mehnat harakatlarini mustaqil nazorat qilish vazifasini amalga oshirish uchun yo`l-yo`riqlar berilishi.
4. O`quvchilarning mehnat usullarida yo`l qo`yadigan kamchiliklariga tezda barham berish yo`llari o`ylangan bo`lishi kerak.
Bu talablarning hammasiga rioya qilish mehnat operatsiyalari va jarayonlarini o`rganish vaqtida mehnat harakatlarini muvaffaqiyatli shakllantirish imkonini beradi.