6-Mavzu: Texnologiya fanida o’qitish shakllari Reja


O`quv materiallarini muammoli bayon qilish



Download 101,2 Kb.
bet17/20
Sana12.03.2022
Hajmi101,2 Kb.
#491699
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
6-мавзу

O`quv materiallarini muammoli bayon qilish. Bu metoddan foydalanishda haqiqatni izlashni (bilishga oid vazifani hal qilishni) o`qituvchining o`zi amalga oshiradi. Bunda u muammoning mohiyatini va uning asosida chiqarilgan yakuniy xulosalarni ma’lum qilish bilan cheklanmay, bu muammoning paydo bo`lish manbalarini, uning uchun nima sabab bo`lganligini, uni hal qilish jarayoni qanday bo`lishini, bunda qanday qiyinchiliklarga duch kelganligini va hokazolarni batafsil bayon qiladi.
Bu metodning pedagogik qimmati shundan iboratki, o`quvchilar va o`qituvchilarning hamkorligida qiziqarli gaplariga berilib, diqqat bilan quloq soladilar. Ular go`yo mazkur tadqiqotning ishtirokchilariga aylanib qoladilar va tadqiqotchi bilan birgalikda muvaffaqiyat quvonchlarini hamda maglubiyat alamlarini birga boshdan kechiradilar.
Demak, o`quv materialini muammoli bayon qilishda o`quvchilarning yangi bilimlarini egallashga mutlaqo boshqacha kayfiyat bilan kurashlari seziladi, bu esa, ma’lumki, ularda ijodiy faollikni shakllantirish uchun bilimlarni axborot tarzida bayon qilgan vaqtidagina nisbatan kuchli ragbatlantiruvchi vosita hisoblanadi.
Masalan, o`quvchilar tokarlik vint qirqish stanogini o`rganayotgan vaqtda o`qituvchi o`z gapini bu stanokning paydo bo`lishi va takomillashuviga oid qisqacha goyaviy va tarixiy ma’lumot berishidan boshlaydi. U ana shunday birinchi tokarlik stanogi juda oddiy bo`lganligini eslatib o`tadi. Bu stanokda ishlanadigan yog´ochdan xom-ashyo (zagotovka) holatidagi buyum shaklida daraxtning egiluvchan shoxlariga bog´lab qo`yilgan arqon yordamida harakatga keltirilar edi. Shuningdek uni harakatga keltirishning boshqa juda oddiy usullaridan ham foydalangan, ya’ni bir xodim (yordamchi) zagotovkani aylantirib turgan, ikkinchisi, yani tokar mahsulotga ishlov bergan.
Birmuncha keyinroq oyoq yordamida ishlaydigan mexanizm ishlab chiqildi, u pastda turadigan taxta bo`lib, yuqoridagi egiluvchan xodaga arqon bilan boglangan edi. Tortilgan arqon harakat qiluvchi xalqa yordamida ishlanadigan zagotovkani siqib olar edi. Taxtani oyoq bilan bosganda arqon pastga tushib, zagotovkani bir yo`nalishda aylantirar edi. Arqon egiluvchan xoda yordamida yuqoriga harakat qilib, tokar ishlash vaqtida zagotovkani faqat bir tomonga aylantirish bilan cheklanar, u esa ish vaqtining unumsiz sarf bo`lishiga va ko`p noqulayliklarga sabab bo`lar edi.
So`ngra o`qituvchi o`quvchilarga eng oddiy shatunga, krivoship va gildirakka ega bo`lgan oyoq yordamida ishlaydigan mexanizm ixtiro qilinganligi, unga o`rnatilgan tasma yordamida zagotovka to`xtovsiz aylanib turganligini aytib beradi. Bu stanoklarning muhim kamchiligi shu ediki, tokar qirquvchi asbobini dastasiga tayangan holda rus mexanigi A.K.Nartov support ixtiro qilganligiga qadar axvol shunday davom etib keldi. Bu support yordamida asbob faqat mustahkamlanib qolmasdan, shu bilan birga asbobni zagatovka bo`ylab surish mumkin bo`lar edi. Garchi support qo`lda ishlatiladigan bo`lsa ham Martov ixtiro qilgan dastlabki support tokarlik vint qirqish stanogining yanada rivojlanishi va takomillashib borishida muhim ro`l uynaydi. Hozir holatiga qarab tokarlik-vint qirqish stanogi: mexanik, elektrlash, yarim avtomatlash va kompyuter elementlaridan foydalanadigan shakllarga yaqinlashmokda.
O`tmishda ana shunday ekskursiya qilish o`quvchilarga ixtirochilarning yengishiga to`g´ri kelgan qiyinchiliklarni tasavvur qilish imkonini beradi, go`yo ular ixtirochilar bilan birgalikda yangi konstruktiv echimlarni izlashda qatnashgandek bo`ladilar. So`ngra zamonaviy vint qirqish tokarlik stanok bilan taqqoslash usuli orqali ularning farqlari bilan ham tanishtirish maqsadga muvofikdir.
Yangi bilimlarni muammoli tarzda bayon qilishning o`qituvchi tomonidan tanlangan bu metodi o`kuvchilarning yuksak faolligini ta’minladi, bu esa ularga vaqtidagi texnik jihatdan juda taraqqiy etgan tokarlik-vint qirqish stanogining tuzilishi va ishlash tamoyilini osongina bilib olish imkonini beradi.
Yangi ilmiy-texnikaviy bilimlarni muammoli bayon qilish ta’lim metodi sifatida tushun-tirish-tasvirlash metodidan izlanishga oid suhbatga va tadqiqotchilik metodiga o`tish usuli hisoblanadi.

Download 101,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish