6-Mavzu: Texnologiya fanida o’qitish shakllari Reja


Izlanishga oid suhbat o`tkazish



Download 101,2 Kb.
bet18/20
Sana12.03.2022
Hajmi101,2 Kb.
#491699
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
6-мавзу

Izlanishga oid suhbat o`tkazish. Bu metoddan foydalanganda o`quvchilarning meh-nat darslarida o`quv materialini o`zlashtirishdagi mustaqilligi oldingi metodlarga qaraganda ortadi. Mehnat ta’limiga oid bu metodning mohiyati shundaki, o`qituvchi o`quv materialini bayon qilganda vaqti-vaqti bilan so`zini bo`lib, o`quvchilarga «Siz tadqiqotchining o`rnida bo`lga-ningizda bu muammoni qanday hal qilgan bo`lar edingiz?» degan savol bilan murojaat qiladi.
O`quvchilar muammoni hal qilishga o`z variantlarini, ba’zan juda sodda va unchalik mukammal bo`lmagan variantlarni taklif etadilar. Lekin bu metodik usulning butun ahamiyati shundaki, o`quvchilar va o`qituvchining hamkorlik faoliyatlarida zo`r qiziqish bilan kuzatib boradilar, voqealarning bundan keyingi jarayonini o`zlaricha oldindan ko`radilar va o`qituvchi ularga savob berib murojaat qilishi bilanoq, izlanishga kirishib ketish uchun tayyor turadilar. Masalan, mehnat darslarida slesarlik stanoklarida bajariladigan operatsiyalarni (metalarni qirqish, egovlash va hokazolarni) o`rganishga kirishilar ekan, o`qituvchi mavzuni o`quvchilarga tayyor holda bayon qilib bermay, balki ularning fizika kursida qattiq jismlar, pona va hokazolarning xossalari haqidagi bilimlariga tayanadi, o`quvchilar oldiga yangi muammo qo`yib, uni quyidagicha ifodalaydi: «Nima uchun metaldan tayyorlangan slesarlik zubilasi, egov, qaychi va qirqish asboblari metalni qirqa oladi?». Agar o`quvchilar bu mavzularning nomini oddiygina qilib: «Me-tallarni qirqish», «Metallarni egovlash» va hokazo tarzda bayon qilinganda, bu o`quv-chilarda darsga bo`lgan qiziqishni ta’sirchan (emotsional) ko`tarinlikni vujudga keltirmaydi, chunki ijodiy fikrlash va qo`yilgan savollarga mustaqil javob izlashga zarurat bo`lmaydi.
Bu mavzularni muammoli shaklda ifodalash o`quvchilarda alohida qiziqish uyg´otadi, chunki unda o`quvchilar hal qilishi lozim bo`lgan ziddiyat elementi mavjuddir. Bir qarashda bir metall bilan boshqa bir metalni qirqish mumkin, degan gapni tasdiqlash galati tuyulishi mumkin. Lekin xuddi ana shu ziddiyat o`rganilayotgan materialning asliy mohiyatini, o`quvchilarning diqqati jalb qilinishi lozim bo`lgan mohiyatni (asbobsozlikda ishlatiladigan va ko`p tarqalgan po`latlarning markalari va fizik-mexanikaviy xossalari, ularni termik ishlash, qirquvchi asbob-larning burchaklari (geometriyasi) va ularning ishlov berilayotgan metallarning qattiqligiga va boshqa xossalariga bogliqligi va hokazolarni) bilib olishga yordamlashadi.
Mavzularni an’anaviy ravishda sanab o`tishda va o`quv materialini bayon qilishda bu masalalar garchi tilga olib o`tilsa ham o`quvchilarning faolligi kamroq bo`lganidan chetda qolib ketadi, o`quvchilar ongida mustahkam shakllangan manbalarni hosil qilmaydi, balki asosiy e’tibor yuzasidan hamda chuqur ilmiy-texnikaviy tahlilni talab qilmaydigan, osongina o`zlashtiriladigan haqiqatlarga (asboblarning konstruktsiyalari va ularda ishlash usullariga) qaratiladi.
Shunday qilib, izlanishga oid suhbatdan mehnat ta’limi metodi sifatida foydalangan o`quv-chilar faoliyatida ijodiy mustaqillikning barcha izchil bosqichlari bo`lmasa ham, birmuncha qismlari namoyon bo`ladi. Shuning uchun ham bu metod ko`pincha qisman izlanish metodi deb ataladi. O`quvchilar uchun bu metod qulay bo`lib, tadqiqotchilik metodidan foydalanishda aniq zamin bo`lib xizmat qiladi.
Tadqiqotchilik metodi. Bu metoddan foydalanishda o`quvchilarning biror muammoni hal qilish vaqtidagi eng yuqori darajaga ko`tarilgan mustaqilligiga erishildi. Lekin o`quvchi o`z oldiga qo`yilgan muammoni hal qilish uchun uni to`la-to`kis tushunib olishi lozim. Bu esa o`quvchi ana shu muammoni mustaqil hal qilishga tayyorlanishi lozimligini bildiradi. O`quvchilarning ana shunday tayyorlanishi darajasiga o`qituvchi ta’lim jarayonida xilma-xil metodlar tizimidan va tushuntirish-ko`rsatish xarakteridagina emas, balki bilimlarni muammoli bayon qilish va tadqiqotchilik metodini joriy qilishdagi o`tish bosqichi bo`lgan izlanishga oid suhbat metodidan ham foydalangandagina erishish mumkin.
O`quvchi muammoni tushunib olgandan keyin uni hal qilishga: ko`zda tutilgan natijani ifodalashga, uni amalga oshirishning eng qulay yo`llarini belgilab chiqishga, qarorni tekshirish-ning samarali usullarini taklif qilishga, so`ngra muammoni hal qilishga va tekshirish usulini, xulosalarini o`ylash va bayon qilishga hamda ularning to`g´riligini isbotlashga kirishadi.
Tadqiqotchilik metodi sifatida mehnat darslarida hozirgi zamon texnikasini, o`quv asboblari va boshqa buyumlarni konstruktsiyalash va ularning modelini tuzishga oid topshirikdar misol bo`lib xizmat qilishi mumkin.
O`quvchilar qisman tayyor texnologiya hujjatlari (chizmalari va texnik kartalari) asosida avtomobilning boshqarilmaydigan modelini tayyorlaydilar. Odatda bunday modellar maktab o`quvchilarida unchalik qiziqish uygotmaydi.
O`quvchilarning ijodiy faolligini oshirish uchun ularga o`zlari tayyorlagan texnik modellarni konstruktsiya qilishni tugallash yoki takomillashtirish bilan bogliq bo`lgan konstruktorlik texnologik tavsilotdagi xilma-xil mustaqil vazifalar beriladi. Boshqacha so`zlar bilan aytganda, bu mashgulotda hal qilinishi lozim bo`lgan muammoli vaziyat vujudga keladi.
Chunonchi, muammoli vaziyat sifatida o`quvchilar oldiga quyidagi ijodiy vazifani: avtomobil modeli kabinasidan turib uning oldingi gildiraklarini boshqarishga imkon beradigan qurilmani konstruktsiya qilish va tayyorlash vazifasini hal qilish topshirilgan edi. O`quvchilar bu topshiriqni bajarish uchun haqiqiy avtomobilda mavjud bo`lgan rul boshqarish mexanizmining aynan o`zini takrorlay olmas edilar, ular tayyorlangan model bilan muvaffaqiyatli boglanishi mumkin bo`lgan o`z qurilmalari konstruktsiyasinn taklif qilishlari lozim edi.
Ko`pgina o`quchilar avtomobilning modelini rul bilan boshqarish mexanizmi kons-truktsiyasini loyihalashtirar ekanlar, rul gildiragining vali qiya (huddi haqiqiy avtomobildagi singari) holda joylashtirilishi lozimligini biladilar va valni ana shunday holda ushlab turadigan kronshteynlarning konstruktsiyasini nisbatan oson belgilab oladilar. Shuningdek, ularga rul valining oxirida tishli gildirak, ya’ni keng tarqalgan uzatish elementi bo`lishi lozimligi aniq edi. Lekin modelning oldingi gildiraklari aylanishlarini ta’minlash uchun, unga qanday uzatish elementi birlashtirilishi ularga unchalik aniq emas, shuning uchun ham izlanishni davom ettirar edilar.
Shuni aytish kerakki, ayrim o`quvchilar trapetsiya nusha qurilmaga avval to`g´ri, keyin egilgan reyka qoqishni taklif qilib, maqsadga yaqinlashib qoladilar. Lekin har ikkalovini ham valning tishli gildiragiga mustahkamlab bo`lmas edi. Ularning xatosi shunda ediki, ular gildirak aylanayotgan vaqtda trapetsiya nusxa qurilmaning traektoriyasini (egri chiziqni) hisobga olmagan edilar. Xuddi ana shu traektoriya tajriba yo`li bilan aniqlangach, o`quvchilar reykaning qavariq formasini tezda taklif qiladilar, u o`zining butun perimetriga ko`ra, rul valining gildirak-lariga to`gri birikib turar edi.
Yuqorida keltirilgan misoldan ko`rinib turibdiki, o`quvchilarning konstruktorlik texno-logik vazifalarni hal qilish vaqtidagi faoliyati shablon asosida yoki ilgari tayyorlangan reja bo`yicha amalga oshmaydi, balki puxta izlanish tavsilotiga ega bo`ladi. Mehnat ta’limidagi tadqiqotchilik metodidan bunday topshirikdarning hajmi keng va murakkabligini hisobga olgan holda oqilona foydalanish va o`quvchilarni ortiqcha band qilib qo`ymasligi nazarda tutilishi kerak.

Download 101,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish