6-Mavzu: Texnologiya fanida o’qitish shakllari Reja


Bilimlar, mehnat ko`nikmalari va malakalarini tekshirish metodlari



Download 101,2 Kb.
bet19/20
Sana12.03.2022
Hajmi101,2 Kb.
#491699
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
6-мавзу

Bilimlar, mehnat ko`nikmalari va malakalarini tekshirish metodlari
Tekshirishning maqsad va vazifalari. Bilimlar, mehnat ko`nikmalari va malakalarini tekshirish o`quvchilarga mehnat va kasb ta’limi berish va ularni tarbiyalash sifatini oshirishning eng muhim vositalaridan biri hisoblanadi. Mehnat ta’limi natijalarini o`z vaqtida tekshirish o`quvchilarda bilimlar va mehnat ko`nikmalarining sifati uchun javobgarlik hissini rivojlan-tirishga yordam beradi, ularning intizomini yaxshilaydi va o`zlariga nisbatan talabchan bo`lishga o`rgatadi, ishda kamchiliklarga yo`l qo`ymaslikka va uzini doimiy ravishda kamol toptirib borishga undaydi.
Bilimlar va ko`nikmalarni tekshirish o`quvchilarga tayyorgarlik darajasini aniqlashga yordam beribgina qolmasdan, shu bilan birga yana bir muhim vazifani ilgari o`zlashtirilgan bilimlar va mehnat ko`nikmalarini mustahkamlash vazifasi ham bajaradi.
Biroq o`quvchilarning bilimlarini ko`nikma va malakalarini tekshirish ishida xali ko`pgina kamchiliklar mavjud. Bu kamchiliklar shundan iboratki, ayrim o`quvchilarni mehnat bo`yicha o`zlashtirishni sun’iy ravishda oshirishga olib keluvchi foiz ko`rsatkichlariga moyillik bilan qaraydilar. Ba’zi ustoz o`qituvchilar o`quvchilardan o`tilgan materialni so`rashni tajriba qilib ko`rmaydilar, ko`pincha o`quvchilarning bilim va mehnat ko`nikmalari sifatida tekshirishni bajarilgan amaliy, geografik va boshqa ishlarning miqdori bilan almashtiradilar, bu hol esa tekshirishni tarbiyaviy vositadan quruq maqsadga aylantirib qo`yadi.
O`quvchilarning bilimlari va mehnat ko`nikmalarini tekshirishdagi kamchiliklarning asosiy sababi, aftidan, ta’lim jarayonida aloqa degan pedagogik nazariyaning yetarli darajada ishlab chiqilmaganligidir.
Amaliyotda ma’lumki, har bir o`quvchining o`zining xususiyatiga xos potentsial imko-niyati mavjud. Agar o`quvchining dastlabki potentsial imkoniyati bir balga teng bo`lsa (uni mavjud vositalar orqali pedagogik va psixologik, hamda metodik imkoniyatlaridan to`la foydalangan harakat dasturini belgilashi zarur. Dastlabki harakat dasturini maksadi o`quvchini bilim holatini 2 ball darajasiga ko`tarish lozim. Bu ko`rsatkichni har tomonlama mustah-kamlashdan so`ng, navbatdagi harakat dasturini ishlab chiqishda, o`quvchi potentsialini 3 balli darajaga ko`tarishni maqsad qilib olish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Mazkur natijaga erishgach, harakat dasturni 4 balli darajaga ko`tarishga qarab yo`naltirish hamda undan so`ngi maqsad o`quvchini ta’lim olish potentsialini 5 ballgacha ko`tarishni maqsad qilish pedagogik, psixologik va metodik jihatlardan asoslangan holda foydalanilgan desa bo`ladi. Bu bilan aytish zarurki - o`qituvchiga shart emas, har bir o`quvchini o`zlashtirish potentsialini, shu texnologiya bo`yicha dastlabki 1 balldan boshlab rivojlantirib borish. Chunki xar bir o`quvchini dastlabki o`zlashtirish potentsiali har xil. Ayrim kichik guruh o`quvchilarni dastlabki o`zlashtrish potentsiali-3 ballga teng, ayrim kichik guruh o`quvchilarini 4 balga hamda ayrim kichik gurux, o`quv-chilariniki 5 balni hosil etadi.
Shu holatni o`qituvchi hisobga olib, dars mavzusi, hamma o`quvchilar uchun bir bo`lsa ham unda didaktik materiallarni har bir kichik guruhlar o`zlashtirish potentsial darajasiga qarab tabaqalashtirilgan holatda tayyorlash maqsadga muvofiq bo`ladi. Shunda mazkur masalani yani bir qirrasiga e’tibor berish zarurdir. Bu ham bo`lsa, o`zlashtirish potentsial tushunchasida bosqichma-bosqich o`zlashtirib boriladigan har bir balda (1, 2, 3, 4 va 5 ballarda) o`zlashtirilgan materialda: bilim va ko`nikma, bilim va malaka, bilim va mahorat, bilim va tajriba hamda bilim va ijod uzviy boglangan darajaga qurilgan holatda shakllangan bo`lishi shart.
Bu jihatdan texnikaviy vositalarni, birinchi navbatda tekshiruvchi qurilmalarni (repititor mashinalar, imtihon oluvchi mashinalar, o`rgatuvchi mashinalar, tekshiruvchi mashinalar va hokazolar) qo`llanishni istiqbolli soha deb hisoblash kerak hamda ulardan yuqorida qayd etilgan o`quvchilarning o`zlashtirish potentsiallarini aniklashda qo`llash maqsadga muvofiqdir. Endi, mehnat darslarida ishlatiladigan bilimlar, mehnat ko`nikmalari va malakalarini tekshirishning ayrim metodlarini ko`rib chiqamiz:
O`tilgan material yuzasidan so`rab chiqish. O`quvchilar bilimi va ko`nikmalarini tek-shirishning asosiy metodlaridan biridir. O`tilgan material bo`yicha so`rash dasturning o`tila-yotgan yangi materiali bilan mavzu jihatdan mazmun va mantiqiy bogliq bo`lgan mavzusi yuzasidan o`tkazish maqsadga muvofikdir, ya’ni o`quvchilar o`tilgan materialni yaxshi tushunmas ekanlar, yangi materialni ularning ongiga etkazib ham bo`lmaydi.
O`tilgan mavzu yuzasidan tuzib chiqiladigan savollar yangi materialni o`rganish uchun zamin bo`lib xizmat qilishi kerak. Takrorlash uchun ko`p savollar berishga maxliyo bo`lmay, yangi mavzuni o`rganish uchun zarur bo`lgan asosiy goyalarni aniqlash lozim. So`rash vaqti jihatidan unchalik uzoq davom etmasligi kerak. So`rash metodikasi xilma-xil bo`lishi mumkin va birinchi navbatda programmaning o`rganilayotgan mavzusi mazmuniga bogliq bo`ladi. Masalan, agar o`rganilayotgan material o`tilgan mavzu bilan boglangan bo`lib, o`quvchilarning o`zlashtirishi uchun alohida qiyinchilik tugdirmasa, u holda butun so`rash jarayoni yangi mavzuni bayon qilish oldidan o`tkazilishi mumkin.
Agar yangi mavzu materiali o`zlashtirishga qiyinlik qilsa, u holda o`tilgan material yuzasidan so`rashni yangi mavzuni (kichik qismlar tarzida) bayon qilish bilan qo`shib olib borish kerak.
Masalan, tokarlik stanogida konussimon yuzalarga ishlov berish texnologiyasini tushun-tirish vaqtida bu tushuntirishni ilgari o`tilgan mavzuga, ya’ni yuzalarni tsilindrik tarzda ishlashga oid savollar bilan taqqoslash tariqasida tashkil etish maqsadga muvofikdir. O`quvchilarning bu mavzu yuzasidan olgan bilimlari yangi materialni ancha tezroq va sifatliroq o`zlashtirishni ta’minlaydi.
Shu bilan birga o`qituvchi to`liq yoki qisman berilgan javobgar (o`quvchi bir necha marta chaqirilgan bo`lsa) baho qo`yish kerak, bu bahoning nima uchun qo`yilganini izohlab berish zarur.
Mehnat ta’limi tizimi bo`yicha o`quv materialining o`zlashtirilishi darajasini suhbat yo`li bilan aniqlash. Tekshirishning bu metodidan mavzu materiali ma’lum darajada o`quvchilarga tanish bo`lgandagina foydalanish mumkin. Masalan, dasturning «Metalga ishlov berish» degan bo`limidagi ko`pgina mavzularni suhbat yo`li bilan to`la-to`kis o`rganish mumkin. Chunki o`quvchilar bunday materiallar bilan mehnat darslarida yogochni ishlash vaqtida tanishib chiqqanlar. Shu bilan birga, suhbat metod sifatida yangi bilim-larni ma’lum qilish emas, balki ayni vaqtda ularni o`zlashtirish sifatida tekshirish uchun ham ishlatiladi.
O`qituvchi «Metallarni egovlash» mehnat operatsiyasini o`rgatishga kirishgan paytda o`quvchilarning «Yog´ochni arralash» operatsiyasini o`rganish vaqtida olgan bilimlari va mehnat ko`nikmalarida foydalanadi. O`quvchilar ana shu ikki operatsiyani tahlil qilish asosida xulosa chiqaradilar, bu ikkala operatsiyani nima birlashtirib turishi va ularning farqi nimada ekanligi haqida bir fikrga keldilar.
O`qituvchi mazkur mavzu yuzasidan o`zlashtirilgan material hajmida savollar berar ekan, o`quvchilarning o`rganilayotgan mavzu yuzasidan bilimlarni kengaytirish imkoniga ega bo`ladi.
Bir o`quvchining o`zi suhbat jarayonida xilma-xil savollarga javob berish uchun o`qi-tuvchi tomonidan necha marta chiqarilishi mumkin. Bu holda o`quvchining hamma bergan javoblarini hisobga olgan baho qo`yiladi.
Biroq baho faqat bitta savolga to`liq javob bergan o`quvchiga qo`yilishi mumkin.
Suhbat o`quvchilarning bilim va malakalarini tekshirishning samarali metodlaridan biridir, chunki o`quvchilarning darsda faqat yangi bilimlarni o`zlashtirishda emas, ularni tekshirish vaqtida ham faol bo`lishni ko`zda tutadi, o`quvchilar javobining yuqori sifatli bo`lishi va ularning suhbat vaqtida yaxshi faollik ko`rsatishi ta’limning va tekshirishning ana shu metodi uchun xarakterli bo`lgan xususiyatidir.

Download 101,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish