Yangi materialni mustahkamlash. Tekshirishning bu metodidan o`qituvchi, oldida o`quvchilarning o`zlashtirish darajasini, birinchi navbatda mehnat usullarini tekshirish zarur bo`lib qolganda foydalaniladi. Shu maqsadda o`qituvchi yangi mavzuni mustahkam-lashga oid savollar ro`yxatini beradi, bu bilan asosan yangi bayon qilingan materialning mavzuni qamrab olinadi. Lekin yangi o`quv materialni mustahkamlashni o`qituvchi bosh-qacha ham tashkil etish mumkin. Masalan, agar o`quv materiali o`quvchilarga tushinishi uchun nazariy jihatdan qiyinlik qilsa, unda bayon qilinayotgan materialni qismlarga, mantiqan tugallangan bo`laklarga, materialni qismlarga, mantiqan bo`lish maqsadga muvofiq bo`lib, ana shunday har bir qism o`quvchilar tomonidan mustahkamlashi kerak.
Boshqa holda, o`qituvchi yangi materialni tushintirib bergach, uni darslik, o`quv qo`l-lanmasi bo`yicha o`qib chiqishni o`quvchilarga tavsiya qilishi, so`ngra savollar berish yo`li bilan materialning qanday o`zlashtirilganligining tekshirilishi mumkin.
O`quv materialini mustahkamlash vaqtida o`quvchi jurnalga faqat yaxshi javoblar uchun baho qo`yish mumkin va lozim, shu bilan birga bu baho o`quvchiga nima uchun qo`yilganligi aytib o`tish kerak. Bunday holda qoniqarsiz baho qo`ymaslik zarur, chunki har bir o`quvchi ham darsda yangi materialni to`liq o`zlashtirishga qodir bo`lavermaydi.
Uyga berilgan topshiriqni tekshirish. O`quvchilar bilimi va ko`nikmalari dara-jasini tekshirishning bu metodi butun tekshirish tizimida asosiy metodlardan biri hisoblanadi.
Psixologlarning tasdiklashicha, o`quv materialini kitob bo`yicha yoki o`qituvchining so`zlaridan eslab qolish yo`li bilan bir marta ishlab chiqqanda, hatto kuchli o`quvchilar ham uning tahminan 70-75% yaxshi o`zlashtirishga muvaffaq bo`ladi. Demak, uyga berilgan topshiriklarni tekshirish, nazoratining boshqa metodlari bilan bir qatorda, o`quv materialini o`zlashtirish sifatini hal qiluvchi ahamiyatga egadir.
Uyga berilgan vazifalarni tekshirish vaqtida tekshirishning bir metodga ko`proq e’tibor berish va bunda boshqa samaraliroq metodlarni inkor etish yaxshi natijalarga olib kelmaydi. Keyingi vaqtlargacha o`quvchilar uyga berilgan topshiriqlarni darsning boshlanishidan oldin so`rash (buning uchun bir necha o`quvchini doska yoniga chiqarib, darsning kun vaqtini sarflash) tarafdori edilar. Buning natijasida yangi materialni o`tish uchun vaqt etishmas, yangi mavzu shoshma-shosharlik bilan tushintirilar, bu esa o`quvchi-larning uyga berilgan navbatdagi vazifalarga tayyorgarlik ko`rishida qo`shimcha qiyinchiliklar tugdirar edi.
Lekin yuqorida aytilganlardan uyga berilgan vazifalarni tekshirishning bunday metodidan foydalanmaslik kerak, degan xulosa chiqarish noto`gri bo`lar edi. Aksincha, agar yangi o`rganilayotgan mavzu bilan mustahkam bogliq bo`lsa va butunlay uning mate-riali asosida tuzilgan bo`lsa, bu metodning ahamiyati kattadir.
O`quv materialining xarakteriga, dars tipiga, uning maqsad hamda vazifalariga to`la-to`kis muvofiq keladigan tekshirish metodi to`gri tanlangan metod hisoblanadi.
Uyga berilgan vazifalarni tekshirishni, yangi materialni o`rganish yoki darsda ilgari tayyorlangan vazifalarga o`xshash yangi material mashqlarini bajarish bilan qo`shib olib borish o`zining ijobiy tomonini ko`rsatadi. Bunga hamma o`quvchilar ishga jiddiy kirishib ketadilar, chunki uyga berilgan vazifa yuzaki emas, balki astoydil tekshirilayotganligini ko`rsatadi va shu sababli ularning vazifalarni bajarishga bo`lgan munosa-bati o`zgaradi. O`quvchilarning uyga berilgan vazifalarni bajarishdagi bilimlari va mehnat ko`nikmalarini tekshirishda nazoratning texnikaviy vositalaridan foydalanish katta yordam ko`rsatadi. Bu vositalar tekshirishning boshqa metodlari bilan birga qo`shib olib borilganda yaxshi natija beradi.
Amaliy laboratoriya ishlarini tekshirish. Amaliy laboratoriya ishlari ta’lim metodi sifatida o`quvchilarda goyaviy va davlat, mafkura dunyoqarashini, ayniqsa, tabiiy-ilmiy sikldagi fanlar yuzasidan shakllantirish ishida katta ahamiyatga ega. O`quvchilar amaliylaboratoriya ishlari jarayonida kuzatishlar olib boradilar. Tajriba boskichlarini aks ettiruvchi lahzalar chizadilar, kuzatishlarni yozib qo`yadilar, olingan natijalarni qayta ishlaydilar va yozma hisobotlar tuzadilar.
O`qituvchi laboratoriya ishlarini bajarish jarayonida o`quvchilarga yordam berib bo-radi, o`zining kundaligiga har bir o`quvchining mustaqillik darajasini, ayniqsa mashg´ulotning zveno shaklida topshiriklarning to`gri bajarilganligini, o`lchovlar, tuzilgan eskizlar, chiqarilgan xulosalarning to`griligini tekshiradi va qayd qiladi.
Shunday qilib, amaliy-laboratoriya ishlari jarayonida o`qituvchining tekshirishi natijasida aniqlangan ma’lumotlar va tayyorlangan yozma hisobotlarning natijalari o`quvchilarga ob’ektiv baho qo`yishni ta’minlaydi.
Amaliy-laboratoriya ishlariga yakun yasaganda o`qituvchi o`quvchilar tomonidan takdim etilgan yozma hisobotlarga baho qo`yish bilan cheklanmasligi kerak. Butun guruh ishtirokida bu hisobotlarni muhokama qilish, yo`l qo`yilgan kamchiliklarni ko`rsatib o`tish va xulosalarni oydinlashtirish muhimdir. Ana shunday tekshirishgina amaliy-laboratoriya ishlarini bajarish vaqtida olingan bilimlarning va mehnat ko`nikmalarining sifatli bo`lishini ta’minlaydi.
Texnikaviy vazifalarni hal qilishni tekshirish. O`quvchilar bilimi va ko`nikmalarini tekshirishning bu metodi keyingi vaqtlarda tobora dolzarbroq bo`lib bormokda. Bunga sabab shuki, xilma-xil texnikaviy vazifalarni hal qilishning o`zi ijodiy, texnikaviy tafakkurni rivojlantirishga yordam beradi. Bu esa o`quvchilarning mehnat tayyorgarligi mazmuniga nisbatan qo`yilayotgan asosiy talablardan biridir. O`qishga qiziqish uygotish uchun o`quvchida bilim olish faoliyati bilan shugullanish ehtiyojini vujudga keltirish kerak, bu faoliyat qiziqarli texnikaviy vazifalarni hal qilish jarayonida namoyon bo`lishi mumkin. Shu bilan birga o`quvchini shunday sharoitlarga qo`yish kerakki, u o`zi olgan bilimlaridan bemalol foydalangan holda bilishga oid ijodiy vazifalarni hal qilish uchun ko`p irodaviy kuch sarflasin.
O`quvchilarda xayolni ishlatish, bilimlar va mehnat malakalarida faol foydalanish bilan bogliq bo`lgan ijodiy-texnikaviy vazifalar ayniqsa katta qiziqish uygotadi. Muayyan eski bo`yicha bajariladigan, ijodiy ish uchun o`rin qoldirmaydigan vazifalarni hal qilish o`quvchilarni unchalik qiziqtirmaydi. Shuning uchun o`quvchilar tomonidan bajarilgan texnikaviy vazifalarga baho berishda o`qituvchi turli omillarni, chunonchi: hal qilish usulining eng qulayligini vazifani hal qilish vaqtida o`quvchining fikrlashiga xos bo`lgan mantiqiy mazmuniy tavsilot olingan bilimlardan mohirlik bilan foydalana bilish, konstruktiv-texnikaviy yoki texnologik hal qilishning qimmatliligi, chiqarilgan xulosalar va umumlashmalarning muhimligini hisobga olish lozim.
O`quvchilar tomonidan hal qilingan texnikaviy vazifalarning har biri guruh tarzida muhokama qilinishi, yo`l qo`yilgan xatolar shu tariqa aniqlanishi, ularga barham berish yo`llari belgilab olinishi kerak.
Bir yoki bir necha mavzu yuzasidan takroriy-umumlashtiruvchi darslar. Bilimlarni tekshirishda takroriy-umumlashtiruvchi darslar muhim ro`l o`ynaydi. Bu darslar o`zining aniqligi va ilmiy bilishga oid materiallarga boy bo`lishi tufayli o`quvchilarning umuman fan bo`yicha emas, balki aniq o`quv materiali bo`yicha olgan bilimlarining qandayligini aniqlash imkonini beradi. Shuning uchun to`gri tashkil etilgan takroriy-umumlashtiruvchi darslar o`quvchilar bilimini juda aniq tekshirish va ularning rivojlanishidagi bundan ham yuqoriroq bosqich hisoblanadi. Takroriy-umumlashtiruvchi so`rash emas, balki javoblarning yuqori sifatli bo`lishiga erishish maqsadida butun guruhning ishini faollashtirish zarur.
So`rashning bu turi o`quv materialining tafsiloti va mazmuniga uning fanlararo aloqasiga qarab, darsning turli vaqtlarida (darsning boshlanishida yangi materialni tushintirish vaqtida, darsning oxirida yakunlovchi instruktaj vaqtida) o`tkazilishi mum-kin. So`rash jarayonida o`qituvchi birinchi navbatda, olgan bilim va malakalariga shubha bilan qaraydigan, uning fikricha o`z ustida muntazam ishlamaydigan o`quvchilardan so`rashi, bunda o`quvchilarga murojaat qilishdagi standart shakllardan qochish ularning izzat nafsini qadrlashi, ha deb bir o`quvchidan so`rayverib, boshqalarni esdan chiqarib qo`ymasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |