Maqsadli dasturlash usuli orqali korxonani rivojlantirishning asosiy vazifasi, maqsadi aniqlanib, uni hal qilishning vositalari va yo`llari ishlab chiqiladi. Bu usul uzoq muddatli istiqbol rejalarni ishlab chiqishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`ladi. Iqtisodiy-matematik usul rejaning eng maqsadga muvofiq (optimal) variantlarini aniqlashda, iqtisodiy, tashkiliy hamda texnik jarayonlarni optimallashtirishda keng foydalaniladi. Masalan, ekin maydonlarini, poda strukturasini hamda mexanizatsiya ishlarini traktor markalari o`rtasida taqsimlashning optimal yo`llarini aniqlashda juda qo`l keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |