Rejalarni tuzishda, balans, variant, me’yoriy-resurs, maqsadli dasturlash hamda iqtisodiy-matematik usullar-dan keng foydalaniladi. Balans usuli rejalashtirishning eng asosiy usuli bo`lib, yer resurslari, mehnat resurslari, energetik resurslar, material resurslar va moliyaviy resurslar balanslarini tuzish orqali rejaning ayrim bo`limlari va ko`rsatkichlari o`rtasida muvofiqlik hamda muttanosiblik ta’minlanadi. Variant yoki hisob-konstruktiv usul asosida texnikaviy-iqtisodiy koeffitsiyentlarning, moddiy-pul xarajatlarining, tarmoqlararo va ishlab chiqarish elementlari mutanosibligining turli variantlarini ishlab chiqish yotadi
Do'stlaringiz bilan baham: |