Rejalashtirishning asosiy vazifasi korxona faoliyatini uzluksiz va jadal rivojlantirish, tarmoqlar o`rtasida zarur mutanosiblikni ta’minlash orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni ta’min-lashdan iborat. Qishloq xo`jaligi korxonalarini rejalashtirish quyidagi tamoyillarga tayanib amalga oshiriladi: - Rejalarning realligi rejalashtirishning muhim tamoyilidir. Bu tamoyilga rioya qilmaslik rejalashtirishni ma’nosiz qilib qo`yadi, chunki rejaning biror soha va korxonada bajarilmay qolishi, u bilan bog`liq bo`lgan soha shartnomalari bajarilmay qolishiga, jarimalar to`lashga, ishonchni yo`qotishga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |