Joriy yoki yillik rejalar korxonani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning yillik ishlab chiqarish-moliyaviy biznes-rejasidan, bo`lim, ferma va ishlab chiqarish bo`linmalarining (brigada, ferma, oila pudrati) yillik ishlab chiqarish rejalari va topshiriqlaridan iborat bo`ladi. Operativ yoki ish rejalari – yillik rejalarni yanada detallashtirish maqsadida tuziladi. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi: - ayrim ish davrlari (yer haydash, ekish, ekinlarga ishlov berish, hosilni yig`ib-terib olish, to’l olish, chorva mollarini semirtirish va h.k.) uchun texnologik kartalar asosida tuzilgan ishchi rejalar;
- chorvachilik tarmog`i, yordamchi va xizmat ko`rsatuvchi tarmoqlarda haftalik, oylik va choraklik rejalar;
- ayrim ishlarni bajarish uchun berilgan qisqa muddatli reja-naryadlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |