Istiqbol rejalar kelgusi bir necha yilda korxonani ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari, sur’atlari va ko`lamini belgilab beradi. Istiqbol rejalar ko`pincha prognoz xarakteriga ega bo’ladi. Prognozlar joriy rejalardan farq qilib direktiv xarakterga ega emas, balki ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning asosiy yo`nalishlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Qo`yilgan vazifani bajarish muddatiga ko`ra, istiqbol rejalar uzoq muddatli (5-15 yil) va o`rta muddatli (2-5 yil) rejalarga bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |