5—jadval
Orol dengizi suv sathi, suv yuzasi maydoni, suv sig‘imi va sho‘rligining 1960 yildan keyingi o‘zgarishi
Yillar
|
Suv satxi
mutlak
balandligi,
m
|
Maydoni, 103 km 2
|
Suv
sig‘imi,
km3
|
SHo‘rligi, %0
|
1960
|
53,4
|
66,03
|
1062
|
12,2
|
1970
|
51,50
|
61,20
|
975
|
14,9
|
1976
|
48,27
|
55,70
|
730
|
—
|
1980
|
46,30
|
52,1
|
675
|
22,1
|
1990
|
37,80
|
34,8
|
328
|
33,2
|
1991
|
37,70
|
35,10
|
302
|
—
|
1994
|
36,60
|
32,50
|
250
|
40,5
|
1997
|
36,60
|
32,50
|
250
|
50
|
2000
|
32,60
|
22,50
|
160
|
63,9
|
2001
|
32,11
|
21,10
|
142
|
65,1
|
6—jadval
Orol dengizining turli davrlardagi suv balansi (km3/yil)
|
Hisob
davri
(yillar)
|
KIRIM
|
Sarf
|
Farq
|
Amudaryo va Sirdaryodan quyilgan suv
|
Yog‘in suvi
|
Bug‘lanish
|
1911-1960
|
56,00
|
9,10
|
66,10
|
-1,00
|
1961-1970
|
43,30
|
8,0
|
65,40
|
-14,10
|
1971-1980
|
16,70
|
6,30
|
55,20
|
-32,20
|
1981-1990
|
3,90
|
6,20
|
43,70
|
-33,60
|
1991 -1994
|
21,0
|
4,60
|
33,60
|
-8,00
|
1996-2000
|
13,66
|
4,27
|
22,7
|
-4,77
|
O‘zbekistonda sun’iy suv havzalari — suv omborlari ham ko‘p (5-jadval). Ular asosan daryolar oqimini tartibga solib turish, energetika maqsadlarida qurilgan. Respublikamizda 1995 yilda suv xo‘jaligi ixtiyorida umumiy hajmi 18,8 mlrd m3 bo‘lgan 53 ta suv va 25 ta sel omborlari bo‘lgan. Bular daryo havzalari va balandlik mintaqalari bo‘yicha notekis joylashgan. Jadvalda keltirilgan 25 ta suv omboridan 1 tasi dengiz sathidan 200 m gacha balandlikda, 12 tasi 200 — 500 m orasida, 9 tasi 500—1000 m orasida, 3 tasi 1000 — 1200 m orasida joylashgan. Sirdaryo havzasidagi suv omborlari suv sathi maydonining kattaligi bilan ajralib turadi. Suv omborining foydali tomonlari bilan birga salbiy jihatlari ham mavjud. Ulardan sizilib chiqqan suv atrofdagi grunt suvlarini to‘yintirib, ular sathining ko‘tarilishiga sabab bo‘lmoqda va oqibatda suv ombori atrofidagi avtomorf landshaftlar asta-sekin yarim gidromorf va gidromorf landshaftlarga aylanmoqda.
Yer osti suvlari.
O‘zbekiston hududi yer osti suvlarining etarli zahirasiga ega. Respublikamizda ularning aniqlangan zahirasi sekundiga 1001 m3 ni yoki 1 yilda 31,5 mlrd m3 ni tashkil etadi. Ularning kimyoviy tarkibi va sho‘rlanganlik darajasi har xil. Respublikada chuchuk va bir oz sho‘rlangan yer osti suvlarining foydalanish mumkin bo‘lgan zahirasi sutkasiga 50,6 mln.m3 bo‘lib, uning 80 % i, ya’ni 40 mln. m3 i tog‘ oldi, tog‘li erlarga to‘g‘ri keladi. Uning yarmi chuchuk yer osti suvlaridir.
Gidrogeologlar O‘zbekiston hududini tabiiy sharoitidan kelib chiqib, 2 gidrogeologik o‘lka— tog‘ oldi, tog‘ va tekislik gidrogeologik o‘lkalarga bo‘ladilar. Har bir o‘lka o‘ziga xos yer osti suvlari va to‘yinish manbalariga ega.
Respublikaning tog‘ oldi, tog‘li hududi baland tog‘ tizmalari, past tog‘lar, tog‘lar oralig‘idagi va tog‘ oldi botiqlaridan iborat. Bularning har birida yer osti suvlarining rejimi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Tog‘larda yer yoriqlarida paydo bo‘lgan yer osti suvi havzalari vujudga kelgan bo‘lsa, tog‘ oralig‘i botiqlarida artezian havzalardan iborat.
Tog‘li hududlarda quyidagi 9 ta gidrologik rayon ajratilgan. Bular CHotqol-Qurama, Nurota-Turkiston, Hisor-Zarafshon, Markaziy Qizilqum yer yorig‘i suvlari havzasi, Hisorning janubi-g‘arbiy qismidagi tog‘ artezian havzasi, Farg‘ona artezian havzasi, Toshkent va Zarafshon artezian havzalari, Surxondaryo artezian havzasi. Tog‘ oddi va tog‘li hududlar tabiiy yer osti suvlari zahirasining umumiy miqdori 650 m3 sekundni tashkil etadi. Tog‘ mintaqasida yer osti suvlari yog‘in-sochin, yomg‘ir, qor muz suvlarining shimilishidan hosil bo‘ladi. Suvning shimilish tezligi va miqdori tog‘ jinslarining litologik tarkibiga, yog‘in-sochin miqdoriga bog‘liq. O‘zbekistonda yer osti suvlarining vujudga kelishiga eng qulay sharoit mutlaq balandligi 1500 dan 3000-3500 metrgacha bo‘lgan tog‘larga to‘g‘ri keladi, chunki bu balandlikdagi yerlarga yog‘in-sochin eng ko‘p tushadi. SHuning uchun bu hududlarda yer osti suvining eng ko‘p oqim moduli kuzatiladi. Oqim moduli karbonatli jinslarda 1 km2 maydonda 12 l/sek.ni, cho‘kindi-magmatik jinslar kompleksida 8—9 l/sek ni, metamorfiklashgan qumtosh-slanetslarda 3—5 l/sek ni, mezozoy va qaynozoyning terrigen jinslarida 1 — 3 l/sek ni tashkil etadi. Mutlaq balandligi 1500 metrgacha bo‘lgan joylarda yog‘in-sochinning kamayishi va bug‘lanishning kuchayishi natijasida oqim moduli keskin kamayib, 0,10l/sek/2 dan 1-Zl/sek/km2 gacha miqdorni tashkil etadi. O‘zbekistonning tog‘laridagi yer osti suvlarining zahirasi 105 m /sek bo‘lib, uning 31,4 % i Toshkent atrofi rayoniga, 23,8 % i Surxondaryo, 13,5 % i Qashqadaryo, 11,6 % i Zarafshon vodiylariga, 6,7 % i Nurota-Turkiston, 5,25 % i Mirzacho‘l, 5,9 % i Farg‘ona va 2 % ga yaqini Markaziy Qizilqum gidrogeologik rayonlarga to‘gri keladi. YOriq —karst va tog‘ daryolari o‘zanlari ostida shakllangan yer osti suvlaridan xalq xo‘jaligida foydalanish mumkin, lekin ulardan ko‘p foydalanish tog‘ oldi, tog‘ oralig‘i hududlarga, tekislikka oqib tushadigan yer usti va yer osti suvlarining miqdoriga salbiy ta’sir etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |