6. Mavzu. O‘zbekiston suvlari


Amudaryo va Sirdaryo haqida ma’lumot



Download 204 Kb.
bet5/9
Sana07.04.2022
Hajmi204 Kb.
#535882
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6. Mavzu. O‘zbekiston suvlari

Amudaryo va Sirdaryo haqida ma’lumot

Daryo havzalari

O‘rtacha yillik suv sarfi,m3/s

Yillik oqim hajmi, km 3/yil

O‘rtacha

Eng ko‘p

Eng kam

AMUDARYO

Panj

1140,0

35,0

49,10

27,66

Vaxsh

661,0

20,8

28,6

16,2

Kofirnihon

187,0

5,89

9,81

4,09

Surxondaryo, SHeroboddaryo

127,0

4,0

5,71

2.44

Qashqadaryo

49,6

1,56

2,72

0,897

Zarafshon

169,0

5,32

6,86

3,81

Hammasi

2332,6

73,57

100,8

55,1

SIRDARYO

Norin

448,0

13,8

23,4

8,17

Farg‘ona vodiysi

405,8

12,8

24,6

6,35

Turkiston tizmasi

4,63

0,303

0,446

0,225

Ohangaron

38,5

1,22

3,04

0,577

CHirchiq

248,0

7,82

14,5

4,53

Kalas

6,67

0,21

0,507

0,088

Aris

64,2

2,02

4,91

0,35

Qoratog‘ tizmasi

21,1

0,663

1,61

0,11

Hammasi

1242,9

38,84

72,67

20,4

Orol dengizi havzasida suvning asosiy iste’molchisi O‘zbekiston hisoblanadi. O‘rtadagi daryolar suvidan davlatlararo kelishuviga ko‘ra, O‘zbekistonga yiliga 43-52 km3 suv ajratiladi.
O‘zbekistonda ishlatiladigan yalpi suv miqdori 62-65 km3 ga teng. Buning 25 km3 Amudaryodan, 11 km3 esa Sirdaryodan olinadi. Qolgan qismi kichik daryo va soylar hamda yer osti suvlari hisobiga to‘ldiriladi.
Respublikada yer osti suvlari zahirasi 19 km3 . SHundan 52 % xalq xo‘jaligida ishlatilmoqda. Buning 3,43 km3 xo‘jalik maqsadlarida, 0,74km3 —obikor dehqonchilikda, 2 5 km3 drenaj ishlarida foydalanilmoqda.
Suv resurslaridan foydalanishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yirik muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bular: Orol dengizi muammosi, daryo qayirlarida to‘qay ekosistemalarining degradatsiyasi, daryo suvlarining ifloslanishi va kamayib qolishi, zovur, tashlama ko‘llarning vujudga kelishi, er osti suvlarining ifloslanishi, zovur suvlarini chuchuklashtirish, tozalash va ulardan yana sug‘orishda foydalanishni tashkil etish.
Muzliklar
O‘zbekistondagi nam keltiruvchi shamollarga ro‘para bo‘lgan baland tog‘ yonbagarlarida yiliga 1000 mm gacha yog‘in tushadi. Baland tog‘larda asosan qor yoqqanligi uchun bu yoqqan qorning hammasi ham shu yili erib ulgura olmaydi va bir qismi keyingi yillarga qolib ketadi. SHu tarzda to‘planib qolgan eski qor uyumlari ko‘p vaqt o‘tishi bilan zichlashib, muzliklarga aylanadi. SHuning uchun O‘zbekistonda iqlim qurg‘oqchil bo‘lsa ham uning tog‘larida muzliklar vujudga keladi. O‘zbekiston tog‘larida 547 ta muzlik bor, lekin bular kichik muzliklar. Ularning umumiy maydoni 332,2 km2. Respublikadagi eng yirik hisoblangan Ayutor — 3 muzligining maydoni 3,8 km2, u Toshkent viloyatida joylashgan, Qashqadaryo viloyatidagi Seversev muzligi maydoni esa 2,6 km2 , tengdir.
Piskom daryosi havzasida A.Rasulov, F. Hikmatov, D.Aytboev ma’lumotlariga ko‘ra, 250 ta muzlik hisobga olingan, ularning umumiy maydoni 127,8 km2 ni tashkil etadi. Ayutor muzligi shu havzada joylashgan. Piskom havzasi muzliklarining 97% kichik muzliklar bo‘lib, har birining Maydoni 2 km2 dan, uzunligi esa 1-2 km dan ortmaydi. Piskom havzasidagi irmoqlaridan yana biri — CHotqol havzasidagi muzliklarning suv zahirasi 4,7 km3 ga tengdir.
CHirchiq daryosining katta muzliklar ham asosan kichik muzliklar bo‘lib, ularning soni 124 ta, maydoni esa 51,2 km2ga etadi.
O‘zbekiston tog‘larida muzliklar kam bo‘lsa ham ular (3000 — 3500 metrdan yuqorida) O‘zbekistondagi ko‘p daryolarningto‘yinishida muhim o‘rin tutadi, chunki baland tog‘lardagi qor ekinlarni sug‘orishga ko‘p suv zarur bo‘lgan yoz oylarida erib, daryolarni suv bilan ta’minlab turadi.
Ko‘llar va suv omborlari.
O‘zbekistonda ko‘llar nisbatan kam, ular respublikamiz qududida notekis taqsimlangan. Ko‘llarning aksariyati kichik ko‘llar bo‘lib, ular ko‘proq daryo vodiylari va deltalarida, vohalar atrofida joylashgan. O‘zbekistonning tekislik qismida ko‘llar suvga serob tog‘larga yaqin hududlarda joylashgan. Respublikaning cho‘l tekisliklarida ko‘llar deyarli uchramaydi.
O‘zbekistonning tog‘li qismida ko‘llar ko‘p, lekin ular tog‘larda ham notekis taqsimlangan. Ko‘llar asosan 2000 — 3000 metr balandliklarda, ayniqsa 3000 m dan yuqorida ko‘p uchraydi (3-jadval)
O‘zbekistonning tekislik qismidagi ko‘llarning ko‘nchiliga uncha chuqur bo‘lmagan oqmas ko‘llar bo‘lib, ularning sathi, suv qajmi, soni yillar davomida o‘zgarib turadi. Masalan, Amudaryo deltasida 60-yillarning boshida 2600 ga yaqin ko‘l bo‘lgan. Deltaga etib keladigan daryo suvlarining etishmasligi va eroziya bazisining pasayishi natijasida ularning soni muntazam kamayib borgan va 1985 yilga kelib 400 taga tushib qolgan.

Download 204 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish