6-mavzu. O‘tishning teshilishi. Teshilish turlari. Stablitronlar. Tunelli diodlar


-rasm. To‘g‘ri tunnellashish mexanizmi



Download 230,2 Kb.
bet10/14
Sana23.01.2022
Hajmi230,2 Kb.
#406548
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
6-ma\'ruza


2.30-rasm. To‘g‘ri tunnellashish mexanizmi





2.31-rasm. Tunnel diod voltamper xarakteristikasi (tavsifi) ning hosil bo‘lishi (shakllanishi)

n sohaning to‘lgan energetik sathlari va p soha erkin energetik zonalarining o‘zaro bir-birini berkitishi ortadi, bu esa n sohadan p sohaga tunnel o‘tishi ehtimolining ortishi va p sohadan n sohaga tunnel o‘tishi ehtimolining kamayishiga olib keladi. Natijada, n sohadan p sohaga o‘tadigan elektron tok ortadi (2.31b-rasmga qarang). Siljish kuchlanishining keyingi ortishi tunnel tokning ortib, o‘zining maksimal qiymatiga erishishiga olib keladi. Tunnel tokining maksimal qiymati n sohadagi to‘lgan energetik zonalar va p sohadagi erkin energetik sathlarning o‘zaro berkitilishining eng katta qiymatiga mos keladi. Agar qo‘yilgan to‘g‘ri kuchlanish ortaversa, u holda zonalarning o‘zaro berkitilishi sohasi kamayadi va diod orqali tunnel toki kamaya boshlaydi (2.31g-rasmga qarang). To‘g‘ri kuchlanishning keyingi ortishi energetik zonalarning bunday siljishiga olib keladi, ya’ni n sohaning to‘lgan energetik sathlari va p sohaning bo‘sh energetik sathlari bir-birini boshqa berkitmaydi va tunnel toki nolgacha kamayadi (2.31d-rasm). Bunday yetarlicha katta to‘g‘ri kuchlanishlarda p va n sohalar o‘rtasidagi potensial to‘siq pasayadi va p sohadan n sohaga kovaklarning oddiy purkash toki va n sohadan p sohaga elektronlar toki orta boshlaydi (2.31j-rasmga qarang). Tunnel diodga qo‘yilgan teskari kuchlanish ortishi bilan tunnel toki uzluksiz ortadi (2.31s-rasmga qarang), chunki p sohaning valent zonasidan elektronlarning katta qismi n sohaning o‘tkazuvchanlik zonasiga o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Yuqorida aytilganidek, tunnellashish ehtimolligining ortishi va, shu sababli tunnel tokining ortishi uchun tunnel diodlar kuchli legirlangan yarimo‘tkazgichlardan tayyorlanadi. Yarimo‘tkazgichda hosil qilish chiqarilishi mumkin bo‘lgan donor va akseptor kirishmalar konsentratsiyasining yuqori chegarasi, uning eruvchanlik chegarasi kattaligi bilan chegaralangandir. Kremniy uchun eng ko‘p ishlatiladigan donor kirishmalar mishyak, fosfor va surma hisoblanadi, ularning kremniydagi eruvchanligi mos ravihda 1,71021sm-3, 1,31021sm-1 va 71019sm-3 ni tashkil qiladi. Akseptor kirishmalar bor va galliy hisoblanib, ularning chegaraviy eruvchanligi mos ravishda 61020sm-3 va 31019sm-3 ni tashkil qiladi.





Download 230,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish