6 Mavzu. Mehnat harajatlari hisobi


Ish vaqtidan ortiqcha vaqt



Download 82 Kb.
bet3/6
Sana28.05.2023
Hajmi82 Kb.
#945595
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-Mavzu (1)

Ish vaqtidan ortiqcha vaqt – bu mehnat qonunida belgilangan ish vaqtidan ortiqcha ma’lum davr bo‘lib, unga odatda ustama sifatida haq to‘lanadi.
Asosiy ishchilar uchun ortiqcha vaqt quyidagi sabablar bilan zarur bo‘ladi:
1)ishlab chiqarish jarayonida to‘la ishlanmagan vaqtni to‘ldirish;
2)dastlab rejalashtirilgan mahsulot miqdorini ko‘paytirish.
Bartaraf etish imkoni bo‘lgan ortiqcha ish vaqti xarajatlarini odatda shu davridagi foydalar va zararlar schetiga o‘tkazib, hisobdan chiqariladi. Muqarrar yoki zaruriy ish vaqtidan ortiqcha ishlar qiymati uni umum ishlab chiqarish xarajatlari schetiga o‘tkazish yo‘li bilan mahsulot tannarxiga qo‘shiladi.
Mukofot haqi, asosiy xodimlarga va yordamchi ishlab chiqarish xodimlariga yuqori ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari uchun to‘lanadi, unga oddiy ishlab chiqarish xarajati deb qaraladi va mahsulot tannarxiga kiritiladi (umum ishlab chiqarish xarajatlariga kirtish yo‘li bilan). Noishlab chiqarish xodimlariga to‘langan raјbatlantirish mukofotlari shu davrdagi foyda va zararlar schetiga o‘tkaziladi.
3. Mehnatga haq to‘lash shakllari
Mehnatga haq to‘lashning quyidagi shakllari mavjud:

Vaqtbay haq ishlab chiqarilgan mahsulot xajmidan qat’iy nazar, belgilab qo‘yilgan soatbay, har kunlik yoki har haftalik haq me’yori asosida to‘lanishini bildiradi.
Mehnatga haq to‘lashning vaqtbay tizimibu mehnatga haq to‘lashning ish haqini ishlangan vaqt miqdori va ish vaqti birligiga ta’rif stavkasiga qarab hisob qilishni ko‘zda tutadi.
Vaqtbay mukofot shakli mehnatga vaqtbay haq to‘lashning bir ko‘rinishidir. Mehnatga haq to‘lashning bu tizimi soatbay asosida hisoblangan asosiy ish haqiga sifat va miqdor ko‘rsatkichlari: ishlab chiqarish me’yoridan mahsulot ishlab chiqargani, brakning yo‘qligi va boshqalar uchun qo‘shimcha mukofot hisoblashni nazarda tutadi.
Mehnatga ishbay haq to‘lashda ish haqi miqdori belgilangan narxlarga muvofiq tayyorlangan mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat) miqdoriga boјliq bo‘ladi.
Tabaqalashtirilgan ishbay shakli mehnatga haq to‘lashning ishbay shaklining bir ko‘rinishidir. Bu mahsulotning dastlabki birliklari uchun past narx va keyingi birliklariga yuqori narx belgilangan deyarli jarima tizimidir.

Download 82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish