oldiga keltira olish, taklid kila olish (avval mexaniq) tarzda bo’lsa - muhim
ahamiyatga egadir. Ayniqsa, ta’lim ning ketma- ketligi (harakatni bo’laklarga ajratib
o’rgatishda), o’zlashti rishda yo’lanma beruvchi mashqlar (harkat texnikasining
asosiga yakin bo’lgan mashqlar) dan foydalanish, harakat texnikasini o’zlashtirishni
osonlashtradigan (bajarilishi tarkibida aynan shu harakat elementlari bor)
mashqlarni qo’llash o’qitishda ko’rgazmalilik printsipi qo’yadigan asosiy talablar
bo’lib, harakat xaqidagi tushuncha mezonini oshiradi.
Mashqni bajarishda “o’z soyasidan foydalanish”, “chegaralangan harakat
satxini belgilash”, “taqlid qilish”, “mo’ljallash”, “o’xshatish”, ko’rgazmalikda
qo’llaniladigan uslublardandir.
Bular ta’lim jarayonini faollashtiradigan, birlamchi malakani shakillantirish va
harakatni oliy tartibda bajara olishga yo’l ochuvchi asosiy omillardir.
Bajara bilish va shaxsiylashtirish tamoyili
-
Individning qobiliyati, imkoniyati,
xususiyati, jinsi, yoshi, jismo niy riojlanganligi, jismoniy tayyorgarligi va xokazolar
bu printsip maz munining omillari bo’lib, ta’lim jarayonini boyitadi. Ta’limga ongli
munosabat, undagi faolikni namoyon bo’lishi, ko’rgazmalikning samarasi, kuchiga
yarashalilik tanlangan faoliyat va individning xusu siyatlari bilan chambarchas
bog’liq va kuzlangan maqsadga tez erishishga olib keladi.
Bajara bilish organizm hayotiy faoliyatining ma’lum ishdagi funktsional
xususiyati va qobiliyatini hisobga olishdir. Bu printsip qobiliyatning chegarasini
aniqlay olish talabini qo’yadi. Demak, ta’lim jarayoni turli sharoitda xilma-xil tashqi
ta’sirini hisobga olish shug’ullanuvchi uchun me’yor anglay olishni takazo etadi.
Me’yor bo’lib turli yoshdagilarning jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish
dasturlari, ular uchun belgi langan normalar (jismoniy sifatlar uchun) bo’lishi
nazarda tutiladi.
Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlarida me’yorni aniqlash
uchun tarbiyachi bilan tibbiy xodimning birgalikdagi ko’plab izlanishlari orqali
erishiladi. Mashq qilish orqali organizm uchun kuchiga yarasha bo’lmagan mashq
me’riga aylantirib organizmni zuriqish orqali energiya sarflashga sistemali majbur
qilishning salbiy oqibatlari ham xozirgi kunda ham ilmiy, ham amaliy jixatdan
dalillangan. Ma’lum tayyorgarlikka ega bo’lgan (sport razryadli) shug’ullannuv
chining organizmi uchun me’yor hisoblangan xajmdagi jismoniy mashqlar yangi
shug’ullanishni boshlagan kishi uchun kuchiga yarasha bo’lishi mumkin, Lekin uni
me’yor qilib olish noturi bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: