6-mavzu: jamiyat va inson falsafasi


Ma`naviyat va milliy o`zini-o`zi anglash



Download 270,96 Kb.
bet15/43
Sana14.04.2022
Hajmi270,96 Kb.
#550426
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43
Bog'liq
6- Mavzu

Ma`naviyat va milliy o`zini-o`zi anglash. Ma`naviylikning eng asosiy tomonlaridan biri milliy o`zini-o`zi anglashdir. Milliy o`zini-o`zi anglash ijtimoiy ongning alohida ko`rinishi bo`lib, unda milliy hayot o`z aksini topadi. Hozirgi davrda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma`naviy jarayonlar qanday yuz berayapti hamda ular millatlar va xalqlarning ongida qanday o`z aksini topayapti degan masala to`g`risida aniq, muayyan tasavvurga ega bo`lish kerak. Millatlarning hayotida yuz berayotgan o`zgarishlar ularning nafaqat hozirgi va kelajakdagi, balki o`tmishdagi ma`naviyatlarining ham qanday bo`lganligi to`g`risida o`ylashga majbur qilayapti. YUz berayotgan o`zgarishlar lokal, mahalliy (milliy ongning alohida sohalariga taalluqli) yoki umumiy bo`lishi mumkin. Milliy o`zini-o`zi anglashning o`sishi millat turmush tarzining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va boshqa omillariga bog`liqdir.
Milliy o`zini-o`zi anglash hodisasi ongning yuqori darajasi bo`lib, u milliy ongdan birmuncha keyinroq paydo bo`ladi. O`zini-o`zi anglash bu insonning faqat o`zini-o`zi tushunib,anglab etishi bo`lmasdan, uning o`z o`ziga, imkoniyatlariga, holatlariga bo`lgan munosabatini ham bildiradi. Bular to`liq ma`noda milliy o`zini-o`zi anglashga ham tegishlidir. Demak, milliy o`zini-o`zi anglash – bu o`zini-o`zi baholashi hamdir.
Hozirgi davrdagi milliy jarayonlarning rivojlanishini hisobga olib, ko`p tadqiqotchilar milliy o`zini-o`zi anglash bu millatning zaruriy, muhim belgilari deb hisoblamoqdalar.
Milliy o`zini-o`zi anglash tizimida quyidagi elementlarni ajratish mumkin:
- milliy identifikatsiya;
- hududiy birlikni tasavvur qilish;
- tili va madaniyat birligini anglash;
- ijtimoiy-davlatchilikka tegishli ekanini anglash;
- milliy manfaatlar28.
Mustaqil O`zbekistonda ma`naviyat va mafkuraning roli. Milliy o`zini-o`zi anglash murakkab va ko`pqirrali bo`lib, jamiyatning ma`naviy hayotidagi muhim hodisadir. Uning tuzilishidagi alohida tomonlarni o`rganish bilan uning bir butun hodisa sifatida anglash mumkin emas. Milliy o`zini-o`zi anglashning elementlarini birlikda va bir butunlikda olib qaralsagina, uning maxsus ma`naviy hodisa ekanligini tasavvur qilish mumkin. Bir ijtimoiy munosabatlar tizimidan boshqasiga o`tishda, bir davlat tizimidan boshqasiga o`tilishida ma`naviy hayotda ham inqirozga duch kelinadi. O`zbekiston sharoitida ma`naviy yangilanish o`z ma`naviy ildizlarimizga qaytish, jahon sivilizatsiyasi qadriyatlarini o`zlashtirish va ma`naviy hayotning yangi bozor sharoitlariga moslashish yo`li orqali amalga oshiriladi.
Sovet davrida davlat mafkurasi, hukmronlik qiluvchi dunyoqarash – marksizm-leninizm edi. U sotsialistik jamiyatni qurishda, kommunistik partiya va sovet davlatining tashqi vaichki siyosatida nazariy qurol bo`lib xizmat qildi. O`zbekiston davlat suverenitetiga erishgandan so`ng ijtimoiy hayotni demokratlashtirish e`lon qilindi. Bu markscha-lenincha mafkuraning yakkahokimligiga chek qo`yilganini bildirar edi. SHu bilan birga mafkuraviy bo`shliqqa yo`l qo`ymaslik muhim edi, aks holda buning natijasida jamiyatda bir-biriga zid bo`lgan turli oqimlarning paydo bo`lishi va bu bo`shliqni turli anarxo-ekstremistik, fundamentalistik kabi yot g`oyalar egallab, jamiyatda parokandalikni keltirib chiqarish xavfi tug`ildi. SHunga ko`ra, jamiyatning umumiy g`oyalar asosida birlashuvi, jipslashuvi ob`ektiv ehtiyojga aylandi. Bu sharoitda, sovet imperiyasining bir asrdan ziyodlik zulmidan ozod bo`lgandan keyingi milliy g`oya milliy tiklanish g`oyasiga aylandi. Xalq o`zining milliy manfaatlarini anglab, ularni amalga oshirish yo`llarini izlab topishi kerak edi. Milliy istiqlol mafkurasining paydo bo`lishi va shakllanishi bunga ob`ektiv javob bo`ldi. U «millatni, jamiyatni, davlatni birlashtiruvchi bayroq» bo`lishi kerak edi29.
Milliy istiqlol mafkurasining vazifasi odamlarning, ayrim shaxslarning ongiga milliy mustaqillikning jamiyatimiz uchun ahamiyatini singdirishdan iborat edi. Ikkinchidan, mustaqillikning siyosat, iqtisodiyot, ma`naviy hayot sohalaridagi mohiyati va mazmunini tushuntirib berish kerak edi. Uchinchidan, mustaqillikni mustahkamlash va fuqarolarning bu jarayonda konkret ishtirok etishlari kerak edi. Va nihoyat, mamlakatni rivojlanishning yaqiin kunlari va uzoqqa mo`ljallangan maqsadlari va istiqbollarini belgilab olish kerak edi. Bularning hammasi milliy istiqlol mafkurasining milliy o`zini-o`zi anglashning tiklanishiga, rivojlanishiga xizmat qilishini anglatadi.

Download 270,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish