6-mavzu: jamiyat va inson falsafasi


Jamiyatning ijtimoiy hayoti



Download 270,96 Kb.
bet12/43
Sana14.04.2022
Hajmi270,96 Kb.
#550426
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   43
Bog'liq
6- Mavzu

Jamiyatning ijtimoiy hayoti
Etimologik nuqtai nazardan «ijtimoiy» degan so`z «jamiyat» atamasi bilan sinonimdir. U keng ma`noda «jamiyatning ijtimoiy sohasi»ni belgilaydi. SHu jihatdan jamiyatning hamma sohalar – iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy sohalari ijtimoiy sohalar deyiladi. Biroq shu bilan birga jamiyatning alohida ijtimoiy sohasi bo`lib, u – har xil ijtimoiy guruhlar, turli darajada uyushgan elatlar (ijtimoiy qatlam, strategiya, etnoslar, ijtimoiy demokrafik guruhlar, alohida jamoalar va boshqalar) o`rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi. Ijtimoiy munosabatlarning xususiyatlari shundaki, ular jamiyatning hamma sohalariga kirib borgan.
Ularni faqat iqtisodiy, siyosiy yoki ma`naviy munosabatlar, deb ajratish mumkin emas. SHuni aytish mumkinki, ijtimoiy sohaning asosini individning ijtimoiylashuvi tashkil qiladi, ya`ni bunga uning me`yorlar, qadriyatlar, namunali xulq ko`rsatmalarini bajarishi kiradi. Agar iqtisodiy va ma`naviy sohalarda individ moddiy va ma`naviy boyliklarni ishlab chiqaruvchi va ehtiyojlarni ta`minlovchi bo`lsa, siyosiy sohada siyosatning ob`ekti va sub`ekti bo`lsa, ijtimoiy sohada esa ijtimoiy individdir, ya`ni u sotsiumning (jamiyatning) a`zosidir. Individ sotsiumga turli guruh va birlashmalar orqali a`zo bo`lgani uchun turli guruh va birlashmalarning faoliyati ijtimoiy sohaning asosiy mazmunini tashkil qiladi. Ijtimoiy birlashmalar va guruhlar jamiyatning ijtimoiy tuzilishini (strukturasini) tashkil qiladi.
Ijtimoiylikningmohiyati. Ijtimoiy struktura o`z tabiatiga ko`ra ob`ektiv xususiyatga ega bo`lib, u qonun chiqaruvchining qarorlari bo`yicha ta`sis etilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas. Jamiyatning ijtimoiy strukturasiundagi guruhlarning o`zaro aloqadorligi va o`zaro ta`sirini ham o`z ichiga oladi.
Jamiyat strukturasining quyidagi turlarini ajratish mumkin: demokrafik, etnik, ijtimoiy-sinfiy, joylashishiga ko`ra hududiy, kasbiy-ma`rifiy, konfessional tuzilish va boshqalar. Har bir individ yoshligi yoki keksaligi, shaharli yoki qishloqdan ekanligi, qaysi etnos, konfessiya vakili, sinf, kasbi va boshqa xususiyatlari bo`yicha turli xil tuzilmaga kiradi.
Jamiyatning demografik strukturasida aholining tarkibini jinsi, yoshi, mehnatga yaroqliligi, aholining zichligi va umumiy soni, o`sish darajasi, migratsiyaning xarakteri, sog`lig`ining holati aks etadi. Ko`plab mutafakkirlar asrlar davomida jamiyatning demografik holatiga o`z e`tiborlarini qaratganlar. Ularning mashhurlaridan biri T.Maltus nazariyasi bo`lib, u XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida «aholi o`sishining abadiy qonuni»ni asoslab berishga harakat qildi. Bu qonunning mohiyati shundan iboratki, «hamma yirik jonzot kabi aholi (xalq)ning o`z tasarrufidagi oziq-ovqatga nisbatan tezroq ko`payishga intiladi». Maltus aholining yashash uchun kerak bo`lgan vositalari arifmetik (1, 2, 3, 4, 5…), aholining o`zi esa geometrik (1, 2, 3, 4, 8, 16…) progressiya bo`yicha ko`payishini hisoblab chiqdi. Er aholisining umumiy soni va zichligi nisbatan uncha yuqori bo`lmagan davrlarda Maltus nazariyasiga etarlicha ahamiyat berilmadi. Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida demografik inqiroz aholining ko`payib ketishi bilan bog`liqligi Maltus nazariyasiga e`tibor qaratish kerakligini taqozo qildi.
Polietnik (ko`pmillatli) va polikonfessiyaviy jamiyat uchun etnik va konfessiyaviy struktura dolzarbdir. Birinchi holatda ijtimoiy birlik, ya`ni qabila, millat, xalq (umuman-etnos) to`g`risida gap ketsa, ikkinchisida esa konfessiyaviy (diniy) birlashmalar ustida gap boradi. Agar jamiyatning etnik tuzilmasida etnik birliklarning rivojlangan shakli – millatlar mavjud bo`lsa, u ko`pmillatli bo`ladi. Evropa, Amerika va Osiyodagi ko`plab mamlakatlar shular jumlasiga kiradi. Agar etnik strukturasida qabilalar bo`lsa, unday jamiyat polietnik bo`ladi. Afrika, Okeaniya va Osiyoning qator mamlakatlaridagi jamiyatlar shular jumlasidandir.
Jamiyatning ijtimoiy-sinfiy strukturasiga kelsak, u sinflar, qatlamlar, tabaqalar, stratlardan iboratdir. Sinflar deganda odamlarning katta guruhlari tushuniladi, ular quyidagi sifatlari bilan farq qiladi: a) ijtimoiy ishlab chiqarish tizimidagi ma`lum o`rni; b) ishlab chiqarish vositalariga munosabati; v) mehnat taqsimoti tizimidagi roli; g) foydaolish usuli; d) ijtimoiy boylikdagi ulushi bilan. Lekin bir qator guruhlar ham borki, ular sinflarga xos xususiyatlarga ega emas (ziyolilar, byurokratiya, lyumpenlar va boshqalar), shunga qaramay ular baribir ijtimoiy strukturaning elementi hisoblanadilar.
Hozirgi zamon jamiyat falsafasida ijtimoiy strukturani o`rganishda straktifikatsiyaviy yondashuv mavjud. Uning asoschilaridan biri P.A.Sorokinning yozishicha: «Ijtimoiy stratifikatsiya – bu ierarxiya darajasiga qarab differensiya qilingan odamlar (aholi)ning bir guruhlaridir. Uning asosi va mohiyati huquq va imtiyozlarning, javobgarlik va vazifalarning nomutanosib taqsimlanganligi, ijtimoiy qadriyatlarning mavjudligi yoki yo`qligi, u yoki bu hamjamiyatga kiruvchi guruhlarni hokimiyati va a`zolar o`rtasidagi ta`sirini bor-yo`qligidan iborat. «Strat» va «sinf» tushunchalari bir-biriga yaqin bo`lsa ham, ular bir-birlaridan farq qiladilar. «Strat» tushunchasi o`zida keng doiradagi hodisalarni mujassamlashtirib, «sinf» tushunchasiga nisbatan moslashuvchandir.
Hududiy-yashash strukturasi «odamlarning yashash hududlariga, ayni bir yoki turlicha yashash joylariga mansubligi bilan bog`liq holdagi o`zaro munosabatlarini»26 ifodalaydi.Strukturaning bu turi tarixda yaxlit, agrar, qishloq jamiyati o`zidan shaharlarni ajratib chiqargan davrda paydo bo`lgan. Bu asosan mashg`ulotlarning yangi turlari: hunarmandchilik, savdogarlik, keyinchalik – intellektual mehnat paydo bo`lgan davrga to`g`ri keladi. SHaharlar faqat savdo-hunarmandchilik emas, mudofaa, ma`muriy-siyosiy, madaniy markazlar sifatida ham paydo bo`ldi.
SHuni ta`kidlash kerakki, XX asrgacha shahar bilan qishloq o`rtasida aholining ish bilan ta`minlanganligi, bo`sh vaqtning hajmi, hordiq chiqarish shakli, bilim darajasi, migratsiyaning xarakteri, mikrosharoitni tanlashdagi erkinlik, ijtimoiy faollik, oilaviy hayotning xarakteri va boshqalar bo`yicha tavofutlar chuqurlasha boshladi. XX asrda esa shahar va qishloq o`rtasidagi farqni iloji boricha kamaytirish masalasi qo`yila boshlandi, vaholanki, qishloqlar qator ustunliklarga ega (ayniqsa ekologik).
Hozirgi zamon jamiyati uchun kasbiy-ma`rifiy strukturaning ahamiyati kattadir. Sotsium qanchalik darajada rivojlangan bo`lsa, bu struktura shunchalik murakkab va sertarmoq bo`ladi. Bu tuzilma ijtimoiy mehnatning chorvachilik va dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq, qishloq xo`jaligi, aqliy va jismoniy mehnatga bo`lingach paydo bo`ldi. Ba`zi kasb-hunarlar vaqt o`tishi bilan eskirib, kerak bo`lmay qoladi va ularning o`rniga ulardan ham ko`proq kasblar paydo bo`ladi. Masalan, faqat birgina XX asr davomida deyarli hamma izvoshchilar yo`q bo`lib, uchuvchi va kosmonavtlar paydo bo`ldilar. Uy shveysarlari yo`q bo`lib, ko`p sonli«sekyuriti»lar paydo bo`ldilar. Ko`psonli ko`chirib yozuvchilar o`rniga kompyuterlarda ishlovchi kotiblar paydo bo`ldi. Hozirgi zamon jamiyatini yuqori darajali ta`limsiz tasavvur qilish qiyin. SHuning uchun ham uzluksiz ta`lim va tarbiya tizimini zamon talablari asosida rivojlantirish O`zbekiston taraqqiyotining asosiy ustivorliklaridan biri hisoblanadi.

Download 270,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish