6-mavzu: jamiyat va inson falsafasi



Download 270,96 Kb.
bet8/43
Sana14.04.2022
Hajmi270,96 Kb.
#550426
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43
Bog'liq
6- Mavzu

Jamiyatning strukturasi. Jamiyat har qanday murakkab bir butun hodisa va tizim sifatida o`ztuzilishi, strukturasiga ega. Bu struktura qanday degan savolga faylasuflarning bir emas bir qancha avlodlari javob topishga harakat qilishgan. Qadimgi sharq faylasuflari fikricha, jamiyat bir butun bo`lgani bilan bir turdagi ob`ekt emas. Miloddan avval IV asrda yashagan xitoy faylasufi CHjuan-szi ta`kidlashicha, «nimaiki turli-tumanlikdan mahrum bo`lsa, turli-tumanlik bo`lgan joyda paydo bo`ladi».
Antik davrda jamiyat strukturasi muammosiga ikki xil yondashuv shakllangan edi. Birinchi yondashuvga asosan, jamiyat – tegishli ichki strukturaga ega bo`lgan tabiiy tuzilmadir. Ikkinchi qarashga asosan, jamiyat yashash va boshqarish oson bo`lishi uchun sun`iy ravishda tizimga solingan. Birinchi nuqtai nazarni Arastu, Seneka, ikkinchisini – Aflotun, Epikur, Lukretsiy Kar qo`llab quvvatlaganlar.
O`rta asr SHarqida Arastuning qarashlari keng tarqalib, jamiyat strukturasining tabiiyligi tan olingan. YAngi davrda «ijtimoiy shartnoma» (bitim) nazariyasiga asoslangan ikkinchi nuqtai nazar keng tarqalgan. Unga ko`ra odamlar «tabiiy holat»da mutlaq teng, ozod, o`ziga to`q bo`lib, jamiyatning o`zi esa, hech qanday strukturaga ega emas. Faqat ijtimoiy bitim tuzilgandan keyingina jamiyat strukturaga ega bo`ladi. Bu holat J.–J. Russo (1712-1779) tomonidan yaqqol ko`rsatib berilib, uning fikricha oliy hokimiyat – jamiyatning «boshi», qonun va urf-odatlar - «miyasi», savdo, sanoat, qishloq xo`jaligi esa - hazm qilish tizimi, moliya esa - «qoni»dir va boshqalar13.
Ilmiy sotsiologiyaning asoschilaridan biri ingliz faylasufi Gerbert Spenser (1820-1903) har qanday jamiyatning asosida yotadigan uchta asosiy tizimni ajratgan: a) tartibga soluvchi; b) yashash vositalarini ishlab chiqaruvchi; v) bo`lib beruvchi. Sotsium qancha rivojlangan bo`lsa, uning tuzilishi shuncha murakkab bo`ladi. «Bir xillikdan ko`p xillikka o`tish bir butun sivilizatsiya taraqqiyotida ham, har bir qabila taraqqiyotida ham kuzatiladi»14.
Turli falsafiy, sotsiologik maktablar va yo`nalishlar jamiyat strukturasi to`g`risida o`z variantlarini tavsiya etganlar. Ijtimoiy bir butunlikka kiruvchi mustaqil tizim va kichik tizim sifatida madaniyat (I.Gerder, O.SHpengler, K.YAspers), san`at (G.Lessing, I.Ten, J.M.Gyuyo), iqtisodiyot (N.Smelser, U.Mur, T.Veblen), din (E.Dyurkgeym, M.Veber, T.Lukman), shuningdek, fan, texnika, huquq, til, ekologiya, ommaviy axborot vositalari va boshqalar tavsiya qilingan edi.
Hozirgi zamon jamiyat falsafasida ijtimoiy struktura konsepsiyalari etakchi o`rinlardan birini egallaydi. Ulardan L.Altyusserning strukturalizmini, E.Giozdensning strukturatsiya nazariyasini, P.A. Sorokinning stratifikatsiya konsepsiyasini, K.Levi-Strossning genetik antropologiyasini, Goldmanning irsiy strukturalizmini, R.Mertonning tuzilmali funksionalizmini aytib o`tish mumkin.
Vaqt o`tishi bilan jamiyat tuzilmasida to`rtta asosiy sohalar ajralib chiqdi: iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma`naviy sohalar. SHuni ta`kidlash kerakki, «ijtimoiy hayot sohasi» tushunchasi o`rniga «ijtimoiy struktura» yoki «siyosiy hayot» kabi tushunchalar ishlatiladi. Ularni sinonim tushunchalar desa ham bo`ladi. Lekin fanda ko`proq «soha» tushunchasi qo`llaniladi.

Download 270,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish