6-mavzu: jamiyat va inson falsafasi


Jamiyatning iqtisodiy sohasi



Download 270,96 Kb.
bet9/43
Sana14.04.2022
Hajmi270,96 Kb.
#550426
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43
Bog'liq
6- Mavzu

Jamiyatning iqtisodiy sohasi.
Jamiyat iqtisodiy sohasining asosiy xususiyatlari. Iqtisodiy sohaga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. U tor ma`noda «turli predmet va xizmat turlarini ishlab chiqarish, taqsimlash, almashtirish va iste`mol qilish» deb tushuniladi15. SHu ma`noda aytish mumkinki, «jamiyatning iqtisodiy soha»si tushunchasi «bazis» tushunchasiga mos keladi. Keng ma`noda esa iqtisodiy soha deganda barcha ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni tushuniladi: ishlab chiqarish usuli, ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarining birligi, shuningdek iqtisodiyotning o`zaro aloqadorligi va o`zaro ta`sirlari yig`indisi. O`ta keng kategorial ma`noda sotsiumning iqtisodiy sohasi «tabiat bilan insonlar o`rtasida individ va kishilar guruhining ongli faoliyati orqali o`zaro aloqalarini» aks ettiradi16.
Iqtisodiy soha asosida insonning ishlab chiqarish va mehnat faoliyati yotadi. Uning zarurligi insonning ehtiyojlari hayvonning ehtiyojlaridan tubdan farqlanishi bilan belgilanadi. Inson rivojlanishi bilan tabiatdan ajraladi. Bu jarayonda esa, jamiyatning iqtisodiy sohasi taraqqiyoti muhim rol o`ynaydi. «Xususiy mulk» tushunchasi iqtisodiy tushunchalarning eng muhimlaridan hisoblanadi. Jamiyatning iqtisodiy sohasida ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari muhim tuzilmaviy qismlari hisoblanadi. Iqtisodiy munosabatlar kishilar o`rtasida ishlab chiqarish, taqsimlash, almashish va ne`matlarni iste`mol qilish jarayonlarida shakllanadigan iqtisodiy munosabatlardir.
Ishlab chiqarish kuchlariga moddiy ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur bo`lgan «sub`ektiv (inson) va moddiy (texnika va mehnat qurollari) elementlar tizimi kiradi»17.
Hatto eng yuqori darajadagi texnika va texnologiya rivojiga qaramay, baribir moddiy ishlab chiqarish va ma`naviy qadriyatlarni yaratuvchi inson ishlab chiqarishning asosiy omili bo`lib qoladi. Fanning bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanganligi insonga, ishchiga qo`yiladigan talablarni qayta ko`rib chiqishni taqozo qiladi. Hozirgi davrda ishchi nafaqat o`zining malakali kasbi, hunariga ega bo`lishi kerak, balki u doim o`zining malakasini oshirib, bilimlarini chuqurlashtirib borishi kerak. Masalan, YAponiyada yaqin kelajakda umumiy, oliy ta`lim tizimiga o`tish mo`ljallangan, chunki ishchilarga nisbatan talablar kuchayib ketgan.
G`arb ijtimoiy falsafasi (T.Parsons, N.Smelzer, U.Mur va b.) iqtisodiy hayotni tovar va xizmatlar ishlab chiqarish bilan bog`liq rollar va maqomlar tizimi sifatida ko`rib chiqadi. Ko`plab ijtimoiy falsafiy nazariyalar doirasida iqtisodiyot bazis, jamiyat asosi, fundamenti sifatida ko`rilmaydi. Uning asosi sifatida madaniyat, sivilizatsiya, huquq, axloq, din va boshqalar qo`yiladi. Iqtisodiy soha esa sotsiumning oddiy kichik tizimi sifatida yoki oddiy ijtimoiy institut (ta`lim, sog`liqni saqlash, ommaviy axborot vositalari) bilan bir qatorda talqin qilinadi.
Jamiyatda iqtisodiyot alohida ahamiyatga ega. Hozirgi zamonda sobiq sotsialistik jamiyatlarni isloh etishda «bozor munosabatlarini izchil rivojlantirishga o`tish, tadbirkorlikni rivojlantirish, xususiy mulkning, shaxsiy faollikning xilma-xilligi»muhim elementlardan hisoblanishi bejiz emas18.

Download 270,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish