Impulslar fazasi modulyatsiyasi (IFM), bunda uzatilayotgan xabarga mos ravishda impulslarning holati takt chizig‘iga nisbatan chapga yoki o‘ngga siljiydi (davomiyligi o‘zgarmas saqlanib qoladi, 14.5d-rasm). Impulslar fazasi modulyatsiyalanganda uning fazasi (boshlang‘ich holati) takt chizig‘iga nisbatan oldiga yoki orqaga siljiydi, ya’ni
.
Impulslar chastotasi modulyatsiyasi (IChM), bunda impulslar takrorlanish chastotasi modulyatsiyalovchi xabar amplitudasiga mos ravishda ga o‘zgaradi (14.5e-rasm). Impulslar chastotasi modulyatsiyalanganda ularning takrorlanish chastotasi xabarga mos ravishda kattalashadi va kichiklashadi.
.
IFM va IChM signallarni umumlashtirgan holda vaqt bo‘yicha modulyatsiyalangan impuls – impuls vaqt modulyatsiyasi (IVM) deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |