6-Mavzu. Axloqiy qadriyatlar falsafasi (Etika)



Download 120,16 Kb.
bet8/18
Sana01.06.2023
Hajmi120,16 Kb.
#947527
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
6-Mavzu. Axloqiy qadriyatlar falsafasi (Etika) Reja

Oilaviy munosabatlar etikasi. Oila ikki kishining muhabbatidan boshlanadi va muhabbatning maqsadi egoistik qoniqish emas, balki ikkinchi kishining quvonchiga asoslangan quvonchdir, bunda sevadigan inson o`z sevgilisiga rohat, huzur bag`ishlash orqali baxtni his qiladi. Bunday sevish qobiliyati qayg`udosh bo`la olish qabiliyatidan, birinshi navbatda o`zi to`g`risida emas, balki sevgan kishisi to`g`risida qayg`urish, u haqida g`amxo`rlik qilish ko`nikmalaridan kelib chiqadi. Birgalik umrgo`zoronlik qilish jarayonida ko`pgina narsa nafaqat bir-birini sevishdangina emas, balki sheriklarning axlokiy, psixologik, jinsiy va hattoki maishiy madaniyatiga ham bog`liqdir.
Oilaviy munosabatlardagi axloqiy madaniyat er-xotinning ularning muhabatidan guvohlik beradigan ezgulik, yaqini to`g`risida g`amxo`rlik, uning uchun mas`uliyat, odoblilik, bag`rikenglik kabi axloqiy sifatlari orqali namoyon bo`ladi. Ushbu sifatlar nikohda – butunlay har xil bo`lgan odamlar – turli oilalardan chiqgan, turli qarashlarga, odatlarga va qiziqishlarga ega ikki kishi uchrashganda o`ta zarurdir.
Psixologik madaniyat er-xotin o`rtasida ularning muloqati jarayonida bir-birini
«sindirmasdan» va «qayta tarbiyalamasdan» uyg`un munosabatlarni o`rnatishni, bir- birining individualligini hurmat qilishni, bir-biriga moslashishni talab qiladi.
Er-xotinning jinsiy madaniyati hissiy intilishning, maylning mavjudligini, sherigining hoxishlarini hurmat qilish va tushunish, ularni qoniqtirishga tayyor bo`lishni nazarda tutadi.
Oilaviy munosabatlarning maishiy madaniyati oilaviy majoralarga asoslanadi va uning mohiyatini majoralarni umuman bo`ldirmaslik emas, balki majoralarni axloqiy jihatdan to`g`ri qabul qilish va ulardan munosib ravishda chiqib ketish tashkil qiladi. Buning uchun esa majoralarning kelib chiqish sabablari, xulq-atvor qoidalari va majoradan chiqib ketish yo`llari to`g`risidagi bilimlar zarurdir.
Agar oilaning barcha a`zolari o`z-aro murosaga kelishga va majoralardan qochishga intilsalar, unda oilada doimo tinchlik va xotirjomlik hukm suradi. Lekin bunga erishish ancha murakkabdir. Ba`zida yuzaga kelayotgan janjalning uchqunini o`chirish uchun katta ko`ch solish kerak bo`ladi. Ko`pchilik xushmuomalalik, muloyimlik faqat uydan tashqarida zarur, oila davrasida esa shart emas deb hisoblaydilar. Lekin bu degani barcha muloyim so`zlarni unutish, degani emas. «Raxmat», «iltimos», «kechirin» kabi so`zlarsiz yashash mumkin emas. SHuningdek, yaqi kishilar munosabatlarida intonatsiya katta rol` o`ynaydi. U barcha muloyim so`zlarni ham yo`qqa chiqarishi mumkin. Oddiygina gap xayrixoh va muloyim jaranglashi mumkin va aksincha buyruqni eslatishi mumkin.
Oilaning har bir a`zosi bir-birini qiziqishlarini va didlarini hurmat qilishlari kerak. Agar er futbol tomoshalashni yaxshi ko`rsa, xotini bundan achchiqlanmasligi kerak, xuddi shunday qilib er ham xotinining qiziqishlarini hisobga olishi zarur. Ko`pgina vaziyatlarda o`zga ayollarga nisbatan xushmuomalali erkak o`z xotini bilan tamomila boshqacha tutadi. O`z ayoliga nisbatan hurmatsizlik ko`rsatgan erkak, birinchi navbatda o`ziga nisbatan hurmatsizlik qiladi, chunki «xotin – ikkinchi yarming» deb bejiz aytmaganlar.
Albatta, hayotda turli xil vaziyatlar o`rin oladi, oilada janjal umuman bo`lmasligi mumkin emas, lekin ular tez-tez kelib chiqmasligi kerak, yarashgandan so`ng esa mojaro, uning sabablari to`g`risida unutish zarur.
Oilaviy mojarolarning asosiy sabablari:

  • er-xotin munosabatlari etikasining buzilishi (xiyonat, rashq);

  • psixologik yoki biologik(jinsiy) mos kelmaslik;

  • er-xotinning atrofdagi kishilar (qarindoshlar, tanish-bilishlar, do`stlar) bilan noto`g`ri munosabatlari;

  • bola tarbiyasiga nisbatan turli xil pozitsiyalar;

  • ota-onalar va farzandlar o`rtasidagi tushunmovchiliklar;

-maishiy va moliyaviy muommalar.
Er-xotin janjallarida alohida o`rinni rashq egallaydi. U paydo bo`lganida er-xotin xulosa qilishga choshmasliklari, balki o`ziga chuqur nazar tashlab, o`zini va o`z xulq- atvorini ob`ektiv baholashlari darkor.
Er-xotin shuni eslaridan chiqarmasliklari kerakki, har bir oilaning o`z qiyinchiliklari bor, hayotda deyarli hech qachon umuman arazlarsiz, ginolarsiz, ba`zida esa janjallarsiz mumkin emas. Yaqin kishilar janjallari muayyan darajada «stakan ichidagi burondir», ya`ni arzimagan sabablarga ko`ra vujudga keladi. Ko`pincha yaqin kishi tomonidan etkazilgan xafagarchilik u tomonidan oila hayotiga olib kirilgan quvonchlardan shunchalik kichikki, unga o`tkir reaktsiya qilish va zarba bilan javob berishga arzimaydi. Seviklingizni yomonlikni esdan chiqargan holda kechirish qobiliyati – er- xotinning yuksak axlokiy madaniyati, oilaviy farovonlik va baxt-saodatning asoslaridan biridir.
Oilaviy mojarolar turli sabab va bahonalardan kelib chiqadi. Lekin ularning zamirida er-xotinning ularning shaxsiy madaniyati darajasidan, tarbiyasidan, axloqiy e`tiqodlaridan kelib chiqadigan turli xil axloqiy pozitsiyalari yotadi. Ularning vujudga kelishiga konkret bahona, odatda, turli xil hayotiy vaziyatlar, nostandart xulq-atvor, er- xotinning bir-birining kengashlariga va xohishlariga e`tiborsizlik bo`lishi mumkin.
Mojarolarning asosida ob`ektiv qiyinchiliklar ham bo`lishi mumkin: ish kunidan toliqish, asabiylashish, uzilish. Er-xotin arazladi. Mojaroning o`zi hayotiy sharoitlarning nomukammaligidan kelib chiqadi. U oilaviy rishtalar uchun xatarli emas. Bunday janjallar to`g`risida «Tongacha o`tib ketadi» deyishadi. Boshqa gap, agar kelishmovchilik er-xotinning birining fikricha ikkinchisi nimanidir qilishi, o`z xulq- atvorini o`zgartirishi, qandaydir odatlaridan voz kechishi, hayotiy mo`ljallarini o`zgartirishi zarur bo`lsa va h.k. Bir so`z bilan aytganda xulq-atvorni o`zgartirishni talab qiluvchi muammo qo`yilgan. Ko`pincha masala dilemmaga borib taqaladi: yon berish yoki yon bermaslik, oila uchun umumiy xulk-atvor yo`nalishini ishlab chiqish yoki ishlab chiqmaslik.
Tamomila kutilmagan mojarolar ham bo`ladi, ular to`g`risida «bosh ustiga tushgan qor kabi» deyishadi. Oilaviy madaniyatning darajasi ham aynan kishilarning mojarolardan qanday chiqishida, ularni qanday bartaraf qilishida namoyon bo`ladi. Oilada lazzatlanib yashash kerak, lekin bu degani hayotda qiyinchiliklarsiz, bir-birini hech bir xafa qilmaslik mumkin degani emas.
Oilaviy munosabatlardagi muhim narsa – bu bir-biriga tanbeh berganda insoniy qadr- qimmatni erga urmaslik. Tanbeh, hattoki u adolatli bo`lganda ham, faqat o`z-aro alohida qolganda aytilishi kerak. Janjalning mohiyatiga yakin kishilar (qarindoshlar, do`stlar) aralashtirilmasligi kerak. Begonalarning er-xotin o`rtasidagi munosabatlarga, ayniqsa ular keskinlashganda, aralashishi maqsadga muvofiq emas. Ro`y bergan hodisani er- xotin o`zlari o`ylab ko`rib, turli xil vaziyatlarni o`lchab ko`rishlari zarur. Buning uchun esa ular ikkalasi qolishlari zarur, va ko`pincha shuning o`zi ham eski munosabatlarni tiklashga etarli bo`ladi, chunki birga yashagan yillar er-xotini ko`plab rishtalar bilan bog`lab quyadi.
Lekin mojarolarning sabablarini bilish etarli emas, muhimi ularning paytida o`zini tutishga o`rganishdir. Buning uchun bahs madaniyatining bir nechta qoidalariga amal qilish zarur:

  • G`olib chiqishga intilmaslik, chunki sening g`alabang – sevgan kishingning mag`lubiyatidir. Oila uchun qulayi esa mojaroning maqsadini o`zgartirish, ya`ni bahsda o`ziningizning xaq ekaningizni isbotlash emas, balki turmush o`rtog`ingizni mojarani keltirib chiqargan xatti-harakatni qilmaslikga undashdir.

  • Oilaviy bahsda turmush o`rtog`ingizga hurmatni saqlash, hattoki araz, rashq, jahl paytida ham va yaqindagina uning siz uchun eng qimmat kishi bo`lganligini unutmaslik.

  • Oilaviy arazlarni, ginalarni tezda unutish, yomonliklar qancha tez unutilgan sari oila shunchalik farovon va baxtli bo`ladi.

  • O`zingdan vaqtli va ro`yirost so`rash – siz uchun nimaning asl qadriyat ekanligini. SHunda vujudga kelgan vaziyat asabiylashish uchun juda kichkina bahona ekanligini va uning ertaga er-xotinning o`zlariga kulguli bo`lib tuyilishi mumkinligini aniqlaysiz.

Oilaviy munosabatlar etikasi birinchi navbatda bir-biriga nisbatan xushmuomalalik, muloyimlik, boadablikni, hurmat-ehtiromni nazarda tutadi. Er xotinini uning xarakteridagi, kiyinishidagi kamchiliklarini, farzand tarbiyasidagi uslublarini, uning dugonalarini doimo ham tanqid qila bermasligi zarur. Xotin ham o`z eriga nisbatan muloyimlik, boadablikni, hurmat-ehtiromni saqlagan holda, uni farzandlari oldida tanqid qilmasligi, janjallash qilmasligi, erining fikriga quloq osishi darkor.
Munosabatlarni aniqlash paytida kinoyaga, kesatiqga yo`l qo`ymaslik kerak, chunki bu narsa qarshi tarafni haqoratlaydi va javob tariqasida qarshilikni keltirib chiqaradi. SHuningdek, tajovuzkor, buyruq va injiqlik intonatsiyalari ham salbiy idrok etiladi. Keskin va qo`pol so`zlar, hattoki ular yovuz, qahrli maqsadda aytilmagan bo`lsa ham, insonning dilini qattiq og`ritadi va uning dilida uzoq vaqtga noxo`sh iz koldiradi. Bahs, tortishish paytida uchinchi shaxslarning fikrlariga murojaat qilmaslik darkor. Do`stona suhbat paytida er-xotinning birini onasining fikr-mulohazalarini keltirishnin o`zi sokin, muloyim bahsning o`zini ham janjalga aylantirib qo`yishi mumkin.
O`z-aro da`volar, qanchalik o`rinli bo`lmasin, har qanday nozik tuyg`ularni o`ldirishga qodirdir. Da`vo kimga qilinayotgan bo`lsa, u, ongsiz ravishda o`zini ayblovchidan yirok tutishga intiladi, shuning uchun tez-tez ifodalaniladigan da`volar munosabatlarning uzilishiga olib kelishi mumkin.
YAxshi tarbiya asoslari bolalikda shakllantiriladi, ammo, agar ota-onalar farzandlaridan o`zlari hech qachon bajarmaydigan narsalarni talab qiladigan bo`lsalar, unda ularning istalgan natijalarga erishishi amrimahol. Ota yoki ona o`z farzandiga qanchalik beadob, uyat so`zlarni gapirish nojo`ya, beadablilik bo`lishii ta`kidlamasin, agar ularning o`zlari janjallashgan paytlarida qo`pol, uyat gaplarni foydalanadigan bo`lsa, farzand buni hech qachon qabul qilmasligi aniq. Bolalarga o`zlari uchun nufuzli, mo``tabar bo`lgan insonlariga taqlid qilish xosdir. Bunday insonlar esa bolalar uchun birinchi galda uning ota-onalaridir.
Oilada bir nechta farzand ulg`ayotganda aka-uka va opa-singillar o`rtasida muloyim, boadab va do`stona munosabatlar o`rnatilishi kerak. Bu munosabatlar esa ota-onalar barcha farzandlarini bir xil yaxshi ko`rib, barchasiga tengdek munosabat qilganlarida, birini ikkinchisidan afzal hisoblamaganliklaridagina o`rnatilishi mumkin.
Farzandlar o`sib-ulg`ayadi, va, nihoyat, «qiyin» deb nomlanadigan davr ham uetib keladi. Ilgari yoqimtoy va mo`min-qobil bo`lgan farzand endi esa keskin, yopiq, qo`rs bo`lib qoladi. Lekin, agar ota-ona bolasiga do`stana munosabat qilsa, uni hurmat qilsa va uning bilan o`z fikrlarini o`rtoqlashsa, foydali va aqlli maslahatlar bersalar, o`zlari ham farzandlaridan maslahatlar so`rov tursalar, unda oilada tinchlik va o`z-aro tushunish o`rin oladi.
Oila va nikohning axloqiy negizlarining yoshlar tarbiyasiga ta`siri. Nikoh va oilaning mustahkamligi yoshlarning oilaviy hayotga tayyorgarligiga bog`liq bo`ladi va nikohga ijtimoiy va individual qaarashlar tizimi sifatida munosabat oilaviy hayotga bo`lgan ijobiy munosabatni belgilab beradi. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularning oila va nikohning shaxsiy va ijtimoiy hayotdagi, jamiyat, millat taqdiridagi o`rnini to`g`ri anglashini shakllantirish jiddiy milliy muammolarning biridir.
SHaxsning shakllanishi nuqtai nazaridan yoshlarning nikohka kirishga psixologik tayyorgarligining muhim nuqtasi uning o`z xatti-xarakatlari, ya`ni nikoh va oila munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy qoidalar tizimiga qo`ygan ilk qadami mohiyati ustida uylanishidir. Shaxsning dastlabki sotsiallashuvi jarayonida vujudga
kelgan nikoh tushunchasi bilan u o`zining kelajak shaxsiy hayotida to`qnashadigan talablar o`rtasida ziddiyatlarning butun bir tizimi mavjud.
Oila o`spirinlarning xulq-atvori va tanloviga jo`da katta ta`sir ko`rsatadi. Ko`pchilik o`spirinlar o`z ota-onalaridan maslahat olishni va ularning qo`llab-quvvatlashlarini istaydi. Ammo ayrim ota-onalargina o`z farzandlari bilan savollarni muhokama qilishga tayyor, aksariyati esa o`sib kelayotgan farzandlariga qanday ma`lumotlarni berish kerakligini aniq tasavvur qilaolmaydilar. Natijada, qator sabablarga ko`ra, bugungi kunda o`spirinlarda oilaning deformatsiyalangan, buzilgan obrazi shakllanadi. N.I.SHevandrin yosh avlodlarda nikoh-oila munosabatlariga nisbatan noadekvat ko`rsatmalarning shakllanishining quyidagi omillarini ajratadi: ota-onaning axloqsiz xulq-atvori (alkogolizm, deviant xulk-atvor); noto`liq oila; ota-onaning o`z farzandlari tarbiyasi to`g`risidagi bilim va ko`nikmalarining qoniqarsiz darajasi; ota-ona o`rtasidagi salbiy munosabatlar; oiladagi mojaroli munosabatlar; qarindoshlarning oila ishlariga va farzand tarbiyasiga aralashishi.
Z.Mateychikning ta`kidlashicha, oiladi ota yoki onaning bo`lmasligi farzandning ijtimoiy tayyorgarligida jiddiy kamchilik bo`lishiga qaramasdan, ba`zan buzilgan, salbiy, jirkanch namunadan ko`ra ota yoki onasiz bo`lgan yaxshiroq.
Oila psixologiyasi bo`ycha nemets tadqiqotchisi Linda Anzorg «O`z ota-onalarining xulq-atvoridagi salbiy jihatlarini qabul qilgan yoshlar hayotda boshqalarga qaraganda kattaroq qiyinchiliklarni boshidan kechiradi: ularning oilaviy hayotlari shundan boshlanadiki, ular oilada yashash san`atiga o`rganishdan oldin munosabatlar qurishga yangitdan o`rganishlari zarur bo`ladi. Qayta tayyorlash esa odamning o`zidan ham, uning atrofidagilardan ham qo`shimcha kuchlarnin talab qiladi. Deyarli barcha ota- onalar «farzandlarni yaxshi hayotga tayyorlashni» istaydilar, lekin konkret tahlillar shuni ko`rsatadiki, aksariyat farzandlar o`z hayotlarining boshida noqulay axvolda turadi».
V.A.Sisenko oilaviy hayotga tayyorgarlikning quyidagi asosiy tamoyillarini ko`rsatadi: axloqiy (nikohning, farzandlarning va h.k. qadr-qimmatini anglash); psixologik (nikohga kirish uchun zarur bo`lgan psixologik bilimlar yig`indisi); ta`limiy (farzandlarni tarbiyalash ko`nikmalari va qobiliyatlari); sanitar va gigienik (nikoh va oila gigienasi); iqtisodiy va xo`jalik-maishiy.
SHunday qilib, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash ota-onalar, o`qituvchilar, tengdoshlar, o`zga kishilar, madaniyat va ommaviy axborot vositalari bilan keng o`zaro ta`sirlar to`plami bo`lib, ularning natijasida oilaviy munosabatlarning xususiyatlarini anglash, mos ravishdagi hissiyotlarnin rivojlantirish, nikoh va oilaga tayyorgarlik bilan bog`liq tasavvurlarning, qarashlarning, e`tiqodlarning, odatlarning shakllanishi yuz beradi.
YOshlani nikohgacha tarbiyalashni amalga oshirishga V.A.Suxomlinskiy katta hissa qo`shgan. V.A.Suxomlinskiy ta`biricha, oilaviy tarbiya jamiyatdagi yosh avlod tarbiyasining shakli sifatida o`z ichiga ota-onalarning, oila a`zolarining maqsadga yo`naltirilgan xatti-harakatlarini va kundalik hayotning, oilaviy munosabatlarning ob`ektiv ta`sirini o`z ichiga oladi. Oilaviy tarbiya tajribasini tahlil qila o`tirib, pedagog
«oila undagi ota-onalar va farzandlar o`rtasidagi mavjud munosabatlar bilan birga intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy tarbiyaning yangi maktabi» ekanligini ko`rsatdi. V.A.Suxomlinskiy oilaning farzandlarni axloqiy tuyg`ularini tarbiyalashning boshlang`ich maktabi bo`lishi, ya`ni axloqiy tamoyillar va kontseptsiyalarning shakllanishida ishtirok etishi va axloqiy tuyg`ularni rivojlantirishi, axloqiy e`tiqodlarni ishlab chiqishi, xulq-atvor ko`nikmalari va odatlarni shakllantirishi lozimligiga chuqur ishongan. Nikohgacha ta`limga V.A.Suxomlinskiyning qo`shgan katta hissalaridan biri

  • sevgiga va oilaviy hayotga ma`naviy-axloqiy tayyorgarlikni tarbiyalash nazariyasidir. Pedagog «O`g`limga xatlar»ida barcha yosh yigit-qizlarga murojaat qiladi: «Sevgi – bu insoniylikning eng qattiqqo`l imtixoni. Inson qadr-qimmatiga chuqur hurmat-ehtiromsiz haqiqiy insoniy sevgi bo`lishi mumkin emas».

YOshlarni oilaviy hayotga o`qitish o`z ichiga quyidagi tayanch jihatlarni oladi:

    • Umumijtimoiy, u nikoh va oila munosabatlari va defografiya sohasidagi davlat siyosatini, oilaning ahamiyatini, mafkuraviy qadriyatlarni, er-xotin va ota-onaning ijtimoiy rollarini yoritadi.

    • Axloqiy, u o`z ichiga quyidagi axloqiy sifatlarni tarbiyalashni oladi: boshqa jins vakillari bilan o`zaro muloqat, do`stlik, onaga, otaga, kattalarga va kichiklarga hurmat, farzand tarbiyasi zarurligi, mas`uliyat, halollik, qanoat, yaxshilik, nikohning axloqiy asoslarini anglash va saqlash, oiladagi munosabatlar, nikohning axloqiy asosi sifatida sevgi-muhabbatni; o`z eri (xotini), oilasi, farzandlari oldidagi burch, intim munosabatlar madaniyatini, ideal er va xotin, ota va ona haqidagi to`g`ri ko`rsatmalar.

    • Huquqiy: nikoh to`g`risidagi qonunchilik asoslari, Oila kodeksining eng muhim qoidalari bilan, er-xotinning bir-birlariga, farzandlariga va jamiyatga nisbatan majburiyatlari bilan tanishtirish.

    • Psixologik: shaxs kontseptsiyasi va yoshlar orasidagi shaxslararo munosabatlar psixologiyasining, nikoh va oilaviyning psixologik asoslarining xususiyatlari, boshqa odamlarning psixologiyasini tushunish qobiliyati, nikoh va oilaviy hayot uchun zarur bo`lgan his-tuyg`ularni rivojlantirish, muloqot ko`nikmalarini shakllantirish.

Ta`lim va oilaviy tarbiya sohasidagi mutaxassislarning aksariyati nikoh va oilaning barqaror mavjudligining asosiy shartlaridan bri odamlarning axloqiy ruhi, shu jumladan, axloqiy me`yorlardan ma`lum darajada xabardor bo`lishlari, deb hisoblaydi.
Ushbu vaziyatning shubhasizligi aniq. Darhaqiqat, insonning axloqiy ongining rivojlanish darajasi ko`p jihatdan uning oiladagi faoliyati va xulq-atvorini belgilaydi. Yoshlarning etukligi birdaniga yuz bermaydi va ko`pgina omillarga bog`liq.
Birinchi omil er va xotin, keyin esa ota va onaning rolini o`ynashga psixologik tayyorgarlik va qobiliyatga bo`lgan ehtiyojdir. Har bir ijtimoiy rol o`z ijrochisi bilan bog`liq ma`lum taxminlarni o`z ichiga oladi. Shunday qilib, er va xotinning roliga tayyorgarlik, bu taxminlar (ya`ni, huquq va majburiyatlar) to`g`risida aniq bilishni va ularni bajarishni istashni anglatadi.
Mas`uliyatni oqilona taqsimlash oilaviy barqarorlikning omili bo`lishi mumkin. Bundan tashqari, er va xotin o`rtasidagi o`zaro munosabatlar tarkibidagi funktsional- rolli muvofiqlashtirish yoshlar uchun nikohdan oldin ta`limni talab qiladi. Yoshlar oilaviy hayot uchun zarur bo`lgan ma`lum bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishi kerak. Shunday qilib, ta`kidlash kerakki, ko`plab yoshlar er-xotinning ijtimoiy funktsiyalarini amalga oshirishga psixologik va texnologik jihatdan tayyor.

Download 120,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish