6-Mavzu. Axloqiy qadriyatlar falsafasi (Etika)


Axloqiy tamoyillar va me’yorlar



Download 120,16 Kb.
bet5/18
Sana01.06.2023
Hajmi120,16 Kb.
#947527
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
6-Mavzu. Axloqiy qadriyatlar falsafasi (Etika) Reja

Axloqiy tamoyillar va me’yorlar. Umuminsoniy axloq prinsiplari muayyan ijtimoiy munosabatlarga muvofiq, moddiy va ma’naviy hayot jarayonida kishilar ijtimoiy turmushining, axloqiy munosabatlarining talablarini birmuncha umumlashgan holda aks ettiradigan axloqiy ong shakllari sifatida vujudga kelgan qonun-qoidalar hisoblanadi.
Umuminsoniy axloq tamoyillari deb insonning ma’naviy mohiyatiga, burchiga, hayotning mazmuniga va kishilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning tabiatiga taalluqli bo‘lgan umumiy talablarni aks ettiradigan, insonlar faoliyatining umumiy yo‘nalishini ko‘rsatib beradigan va muayyan xulq-atvor normalariga asos bo‘lib xizmat qiladigan qonun-qoidalarga aytiladi. Umuminsoniy axloq tamoyillariga quyidagilar kiradi: insonparvarlik, o‘zaro yordam, ishonch, hamjihatlik, tinchliksevarlik, vatanparvarlik, adolatlilik, odamiylik, qonuniylik va h.k.
Insonparvarlik tamoyili – odamlarga mehr-muhabbat bilan qarash, ularning haq- huquqlarini xurmat qilish, baxt-saodati, har tomonlama kamol topishi hamda ijtimoiy hayotda inson uchun qulay shart-sharoitla yaratib berish haqida g‘amxo‘rlik qilishni ifodalovchi tuyg‘ular, qarashlar majmuidir.
Insonparvarlik axloqiy tamoyil sifatida kishilarning xulqini bir-biriga xurmat va g‘amxo‘rlik, insonning kuch-qudratiga ishonch ruhida tartibga solib boradigan xatti- harakatlarni bildiradi.
Insonparvarlik tamoyili o‘zining huquqiy ifodasini «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” (1948 yil 10 dekabr), “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” (1992 yil 8 dekabr) kabi hujjatlarda topgan.
“Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”da: “Hamma odamlar o‘z qadr-qimmati hamda huquqlarida erkin va teng bo‘lib tug‘iladilar. Ularga aql va vijdon ato qilingan. Binobarin bir-birlariga nisbatan birodarlarcha ruhda munosabatda bo‘lishlari kerak” (1- modda).
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida: “YAshash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir”(24-modda).
O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlatni barpo etishning ma’naviy negizlaridan birini insonparvarlik tashkil etadi. “Insonparvarlik – bu o‘zbek xalqi ruxiyatining ajralmas fazilatidir. SHafqatsizlik va zo‘ravonlik uning tabiatiga yotdir”, - deb yozgan edi I.A.Karimov “O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura” asarida. Insonparvarlik o‘zbek xalqining barcha hayot jabhalariga kirib ketgan bo‘lib, uning qonun-qoidalari axloqiy huquqiy munosabatlarni qamrab olgan holda ularni tartibga solib turuvchi, boshqaruvchi vosita hisoblanadi.
Hozirgi kunda insonni, uning haq-huquqlarini himoya qilish eng dolzarb masalalardandir. Bu ayni vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi barcha idoralarning faoliyatini tubdan qayta qurishni insoniylashtirishni taqozo etmoqda. Bu ish 2 xil yo‘nalishda olib borilishi kerak: 1) Huquqni muhofaza qilish xodimlarining butun faoliyatini insoniylashtirish, 2) har bir xodimning faoliyatini insoniylashtirish. Insoniylashtirish – insonparvarlikning amaldagi ifodasidir.
Vatanparvarlik tamoyili – «Vatanni sevmoq iymondandir”, - degan edilar payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom. Vatanni sevish vatanparvarlikning negizini tashkil etadi. I.A.Karimov: «.... Vatanga sodiqlik, vatanparvarlik o‘zining qudratli ildizlari bilan o‘z oilasining, avlod-ajdodlarining nomus-origa, chuqur ehtiromiga, insonning shaxsiy vijdoniga, burchga va o‘z so‘ziga sodiqlikka borib taqaladi.” «Vatan tuyg‘usi: “Vatan xissi - shu Vatanning egasi bo‘lmish xalqni bilishdan, uning qadriga etishdan, nimalarga qodir bo‘lganligini tan olishdan, buyukligini e’tirof etishdan boshlanadi” deyiladi. Vatan tuyg‘usi – ajdodlarimizning Vatan deya, uning ozodligi va mustaqilligi yo‘lida jon fido qilganliklarini, jabr-sitam, zulm-istibdodga uchraganliklarini yod etish, mustaqil, ozod va obod Vatanimizga yuksak e’tiqod bilan yashash, unga hamisha sadoqatli bo‘lishdir.
Axloq normalari deb bir xildagi ish-amallarga joriy qiladigan umumiy buyruqlar va taqiqlar orqali kishilar xatti-harakatini tartibga soluvchi axloq-odob talablarining shakliga aytiladi. Axloq normalari ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi:

  1. axloqiy munosabatlarning tarkibiy qismi shaklida mavjud bo‘ladi,

  2. axloqiy ong shakllarida mavjud bo‘ladi.

Axloq normalarining birinchi shakli ko‘pchilik kishilarning bir xildagi xatti-harakatlari tufayli kelib chiqqan va keyinchalik barcha uchun bajarilishi shart qoidalar tusini olgan normalardir. Ikkinchi xil ko‘rinishdagi axloqiy norma inson ongida o‘z aksini topgan muayyan qoida sifatida namoyon bo‘ladi (masalan, «o‘ldirma”, “o‘g‘irlama” va h.k.). YA’ni buyruq moyillik xususiyati ko‘zga tashlanadi.
Demak axloq tamoyillari – umumlashgan axloqiy tushunchalar bo‘lsa, axloqiy normalar ularni muayyanlashtirishga xizmat qiladi, ya’ni axloqiy tamoyillarga rioya qilish uchun qanday axloqiy xislatlar zarurligini, bunda kishi irodasi qay tarzda namoyon bo‘lishi kerakligini ko‘rsatadi.
Axloq normalari nafaqat elementar axloqiy ong, balki shu bilan birga, kishilar-ni harakatga undovchi motiv hamdir. Ular ma’naviy va amaliy xodisalarning sintezi sifatida nima qilish mumkinu, nima mumkin emasligini, u yoki bu sharoitda qanday harakat qilish okragu, nimadan o‘zimizning tiyishimiz lozimligini ko‘rsatgan holda xulqimizni yo‘lga soladi, ya’ni mumkin va nomumkinlik me’yorini belgilab beradi.
Tibbiyot xodimlarining kasb axloqiy normalariga quyidagilar kiradi: xushmuo-malalik va odoblilik, oddiylik va kamtarlik, halollik va rostgo‘ylik, ochiq ko‘ngillik va dangallik, saxiylik va muruvatlilik, o‘zaro hurmat, samimiylik, sipolik va h.k.
Xushmuomalalik – o‘zga kishilarga bo‘lgan ichki hurmatning tashqi ko‘rinishi. Uning 10 ta belgisi bor: insof, aql, ilm, oliyjanoblik, ko‘rkam fe’l, yaxshilik, sabr, shukr, muloyimlilik.
Xushmuomalalik –ko‘ngildagi ardoqli fikrlarni, eng noyob xis-tuyg‘ularni, eng ezgu niyatlarni odamlar bilan baham ko‘rish, osoyishtalik, vazminlik, xotirjamlik bilan ish tutish demakdir.
Odoblilik – yaxshi tarbiy ko‘rganlikning namoyon bo‘lishi, o‘zini tuta bilish, hukm chiqarishda shoshilmaslik, kishilarning orqasidan g‘iybat qilmaslik, o‘zgalar fikrini tinglay bilish, shirinso‘zlik.
Halollik – har bir insonning o‘z kuchi bilan mehnat qilishi, shuning evaziga topgan mol-mulki, obro‘si, jamiyatda tutgan o‘rni, xulqining to‘g‘riligi. Rostgo‘ylik xalollikning bir ko‘rinishi bo‘lib, haqiqatni gapirish, o‘zining ham, o‘zgalarning ham qadr-qimmatini to‘g‘ri baholash, yaxshini yaxshi, yomonni yomon deb ochiqchasiga aytishdir.
Hayolilik – bu uyalish, xijolat tortish, o‘zini har xil nojo‘ya xatti-harakatlardan tiya olish demakdir.
“Hayo imondandir. Hayoli, odoli bo‘lmoq har vaqt xayrli ishlarga sabab bo‘ladi”(xadislardan).
“Vafosizda hayo yo‘q, hayosizda vafo yo‘q. Hayosiz inson – imonsizdir, imonsiz esa inson emasdir” (Navoiy).
“Insonda doimo turadigan husn va latofat hayo ila iffatdir Hayosiz yuz jonsiz jasad kabidir” (Ibn Sino).
Sabr –qanoat – hayot qiyinchiliklarini chidam bilan engishdir.
Kamtarlik – kishining o‘zini tabiiy holda, qanday bo‘lsa shundayligicha hamma bilan teng tutishdir.
“Kuchli odamlar hamisha oddiydirlar” (L.Tolstoy).
“Kamtarlikning etishmasligi, aqlning etishmasligidandir” (A.Pop).
“Hamma narsada, hatto kamtarlikda ham me’yorni bilish kerak” (A.Frans).

Download 120,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish