Nikoh va oila. Nikoh tushunchasi erkak va ayol kishi o`rtasidagi munosabatlarning jamiyat tomonidan saktsiyalanadigan va tartibga solinadigan, ularning bir-biriga va farzandlariga nisbatan huquq va majburiyatlarini belgilab beradigan shaklini anglatadi. Oila – nikohga yoki qon-qorindoshlik munosabatlarga negizlangan kichik guruh bo`lib, uning a`zolari maishiy hayotining umumiyligi, o`z-aro axloqiy mas`uliyat va o`z-aro yordam bilan bog`langan. Oilaning yuridik asosi erkak va ayol o`rtasidagi nikoh munosabatlarning jamiyatda mavjud bo`lgan qonunlarga mos ravishda rasmiylashtirilishidir. oilaning axloqiy-diniy negizlari cherkov obro`siga tayanadi.
Oila – jamiyatning birlamchi, elementar bo`g`ini, u er va xotin, ota-ona va farzandlar o`rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi, oila barqaror ijtimoiy jamoa sifatida namoyon bo`ladi. oila bir qator funktsiyalarni bajaradi:
reproduktiv (odamni dunyoga keltirish, farzandning tug`ilishi, odamzod naslini davom ettirish);
tarbiyaviy (farzandlarni tarbiyalash, ularning ijtimoiylashuvi, ularga an`analarni, mehnat ko`nikmalarini etkazib berish);
xo`jalik-maishiy (uy mehnatining turlari, uni tashkillashtirish va oila a`zolari o`rtasida taqsimlash);
rekreativ (bo`sh vaqti va dam olishni tashkillashtirish);
psixologik himoya (o`z-aro hurmat, er-xotinlik va ota-onalik bo`rch, o`z-aro yordam).
Oila – murakkab hodisa, u o`z ichiga nafaqat jinslar o`rtasidagi tabiiy munosabatlarni, balki er va xotini, ota-ona va farzandlar o`rtasidagi iqtisodiy va axloqiy aloqalarni ham qamrab oladi. Har bir insonning ijtimoiy va shaxsiy muammolarini echishda yordam beradigan o`z qarashlarini va tuyg`ularini ifodalashga, qo`llab-quvvatlash topishga, kengashishga, qiziqish bildirishga, qayg`udash bo`lishga imkoniyat beradigan dilkosh muloqatga ehtiyoji mavjuddir. Muhabbatga asoslangan nikohda, oilada samimiylik, ishonch, o`z-aro hurmatga to`la alohida atmosfera yaratiladi.
Erkak va ayolning o`rtasidagi munosabatlarning ixtiyoriyligi va teng huquqliligi barcha joyda, ayniqsa oilada bo`lishi kerak. Nikoh iqtisodiy muhtojlikning ham, ota- onaning majburlashining ham natijasi bo`lmasligi kerak. Idealda nikoh muhabbatga asoslanishi zarur.
Muhabbat o`z yo`liga, lekin oilaviy munosabatlar omillarining biri maishiy hayotdir. Maishat deganda keng ma`noda hayotning ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lmagan sohalari tushuniladi, ya`ni kishi ishlab chiqarish va ijtimoiy faoliyatdan tashqarida bo`ladigan sharoitlar. Maishat faqat uydagi fayz, qo`layliklardangina iborat emas va oilaviy munosabatlar bilan cheklanib qolmaydi. Maishat – bu kishilarning kundalik hayotining rang-barang shakllari: ular kaerda va qanday ovqatlanadi, kiyinadi, qanday hordiq chiqaradi, kun tartibi, urf-odat va an`analari, bir biri bilan muloqati qanday va h.k.
Nikoh-oila munosabatlari tarixiy jihatdan o`zgarib turadi.
Nikoh-oila munosabatlarining tarixiy shakllari
Do'stlaringiz bilan baham: |