Qadriyatlarning mavjudlik shakllari, ularning belgilari va xususiyatlari. O`zining rivojlanish tarixi davomida insoniyat tomonidan umumbashariy yoki universal qadriyatlar ishlab chiqildi, ular ko`p avlodlar va asrlar davomida o`z ma`nosini o`zgartirmadi va ahamiyatini kamaytirmadi. Bular haqiqat, go`zallik, yaxshilik, erkinlik, adolat va boshqalar kabi qadriyatlardir. Inson hayotidagi ushbu va boshqa ko`plab qadriyatlar motivatsion-ehtiyojiy soha bilan bog`liq va insonning hayot faoliyatidagi muhim tartibga soluvchi omil hisoblanadi.
Qadriyatlar psixologik tushunishda ikki ma`noda ifodalanishi mumkin: 1) ob`ektiv ravishda mavjud bo`lgan g`oyalar, narsalar, hodisalar, harakatlar, mahsulotlarning xususiyatlari (ham moddiy, ham ma`naviy) shaklida; 2) ularning shaxs uchun ahamiyati (qadriyatlar tizimi) sifatida.
Qadriyatlarning mavjud bo`lish shakllari orasida quyidagilar ajralib turadi: ijtimoiy, predmetli va shaxsiy (ular jadvalda batafsil berilgan).
Qadriyatlarning mavjud bo`lish shakllari ( O.V. Suxomlinskaya bo`yicha)
SHakllar
|
Qadriyatlar
|
Ijtimoiy
|
jamoa, guruh, oila, shaxs va jamiyatning real qadriyatlari
|
Predmetli
|
adabiyot, ommaviy axborot vositalari, san`at, submadaniyat va
boshqalar
|
Shaxsiy
|
ehtiyojlar, motivlar, istaklar, ideallar, e`tiqodlar va boshqalar.
|
M. Rokichning tadqiqotlari qadriyatlar va qadriyaviy mo`ljallarni o`rganishda alohida ahamiyatga ega. U qadriyatlar deganda biron bir ob`ekt yoki vaziyatga hech qanday aloqasi yo`q, faqat xatti-harakatlarning turlari va ustuvor maqsadlar to`g`risida inson e`tiqodlarining ifodasi bo`lgan ijobiy yoki salbiy g`oyalarni (mavhum g`oyalarni) tushungan. Tadqiqotchining fikriga ko`ra, barcha qadriyatlar quyidagi belgilarga ega:
(muhim va motivatsiyalaydigan) qadriyatlarning umumiy soni uncha katta emas;
odamlarning barcha qadriyatlari bir-biriga o`xshash (faqat ularning ahamiyati darajasi farqlanadi);
barcha qadriyatlar tizimlarni tashkil qiladi;
madaniyat, jamiyat va ijtimoiy institutlar qadriyatlar manbaidir;
qadriyatlar turli xil fanlar tomonidan o`rganiladigan ko`plab hodisalarga ta`sir qiladi.
Bundan tashqari, M. Rokich insonning qadriyaviy mo`ljallarining ko`plab omillarga, masalan, uning daromadi, jinsi, yoshi, irqi, millati, ma`lumot va tarbiya darajasi, diniy yo`nalishi, siyosiy e`tiqodi va boshqalarga bevosita bog`liqligini aniqladi.
Qadriyatlarning ba`zi bir belgilari S.Shvarts va V.Biliski tomonidan taklif etilgan, xususan:
qadriyatlar tushunchasi ostida yoki tushuncha, yoki e`tiqod tushuniladi;
ular individning xulq-atvorining xohlangan yakuniy holatiga yoki uning xulq- atvoriga taalluqlidir;
ular vaziyatdan yuqori turish xarakteriga ega;
tanlash, shuningdek inson xulq-atvori va xatti-harakatini baholashni rahbarlikka oladi;
ular ahamiyati bo`yicha tartiblashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |