2. Kechki animatsion shou-dasturlar yaratish texnologiyasi.
. Turizmdagi bu hodisa kurortlar servisi va ajoyib intererlar o‘rtasidagi tengsiz raqobat natijasida tug‘ilgan. Xizmat ko‘rstaishda animatsiya formulasi paydo bo‘ldi.
Turistik industriyada animatsiya yo‘nalishlaridan biri – turistlarning mehmonxonalar va dam olish markazlari (kurortlar)da dam olish animatsiyasidir. U yerda animatorlar turistlar bilan doimiy ravishda ishlaydilar. Bu xodimlarning asosiy vazifasi odamlarni zerikishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Ko‘pincha bunday xodimlar «allinclusive” tipidagi klublarda uchraydi. Turistlar uchun tashkil etilgan sport musobaqalarida yoki baliq ovida ko‘rishlari mumkin. Oqshomda esa o‘sha animatorlar turistlar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan rang-barang shou tashkil qiladilar. Animatorlar formasi sifatida yorqin futbolkalar mavjud. Futbolkada animator ismi sharifi yozilgan, tilini biladigan mamlakat bayrog‘i tasviri tushirilgan katrochka bor.
Odatda, yangi mavsum avvalida animatorlar shefi jamoa hamkorligida butun mavsum uchun animatsion dasturlar ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Har bir kun, hafta tadbirlar jadvali (soatma-soat) aniq tuziladi. Va ularni o‘tkazish bo‘yicha jamoa har bir a’zosiga ma’lum vazifa yuklanadi. Animatsiya dasturi shunday tayyorlanadiki, ko‘ngilyozar va sport elementlari o‘z shakliga ko‘ra xilma-xil bo‘lsin, turistlar qiziqishlariga mos kelsin, o‘tkaziladigan tadbirlar ko‘proq ishtirokchilarni qamrab olsin.
Oqshom shoulari ikki haftada bir marta takrorlangani ma’qul, bunda mehmonlarning otelda ikki hafta turishi uchun kelganlari hisobga olingan. Ssenariy, musiqa, chiroq, xoreografiya, liboslar – hammasi jamoa rahbari va a’zolari tomonidan puxta o‘ylanadi va tashkil qilinadi. Ko‘pincha rahbarning o‘zi ham shou-dasturda ishtirok etadi. Tushlik paytida va kechki ovqat oldidan animatorlar mehmonlarni restoran eshigida kutib olishadi, yoqimli ishtaha tilashadi. Yangi kelgan mehmonlar bilan tanishishadi, bugun birga ko‘ngilxushlik qilgan kishilar bilan gurunglashishadi, stol atrofiga o‘tirishib, suhbat uzilib qolishiga yo‘l qo‘ymaslikka intilishadi. Mehmonlarning ko‘ngillarini yozadi va tushlikdan keyin o‘yin-kulgi va ko‘ngil ochar shouda ishtirok etishga taklif qilishadi. Kechki shouda band bo‘ladigan animatorlar kechki spektaklni repetitsiya qiladilar.
Spektaklda band bo‘lmagan barcha animatorlar kechki shou va ko‘ngilochar dasturlarni tayyorlashda ishtirok etishadi: dekoratsiya, liboslar, boshqa rekvizitlar tayyorlashadi, kiyinishda ularga ko‘maklashishadi va h.k.
Qo‘yida ikki hafta dam olishga mo‘ljallangan turistlarning dam olishning taxminiy dasturi keltirildi.
5.1-Jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |