Animatsion dastur reklamasi. Animatsion dasturning samaradorligi ko‘p jihatdan reklama kompaniyasining to‘g‘ri tashkil etilishiga bog‘liq bo‘ladi. Ma’lumki, reklama tovarlarni iste’molchilik xususiyatlari va xizmat turlarini ularga talabni oshirshi maqsadida iste’molchilarga yetkazish hisoblanadi. Shunday bo‘ladiki, animatsion dasturlar juda past darajada reklama qilinadi. Hatto ushbu dastur bor turistik korxonalarda ham.
Animatsion dasturni reklama qilish – bu shunday vositaki, iste’molchida ularga qiziqish uyg‘otish maqsadida mazmuni, xususiyatlari, jozibadorligi haqida ma’lumot beriladi, iste’molchilar reklama qilingan tovarni sotib olish bilan animatsion dastur ishtirokchisiga aylanadi. Animatsion dasturlar reklamasini ishlab chiqishga kirisha turib quyidagilarga amal qilish zarur bo‘ladi:
dastur realizatsiyasi, reklama materiallari narxlari va boshqalardan olinadigan foydaga ko‘ra o‘z moliyaviy imkoniyatlari hisobga olingan holda reklamaga moliyaviy harajatlarni baholash;
potensial iste’molchilarni aniqlash va ularni demografik (yoshi, jinsi), etnik belgilari, ijtimoiy maqomi, daromad darajasi va boshqalari bo‘yicha ta’rifini tuzish;
raqobatchilarni aniqlash, o‘z dasturlarining ustunligini aniqlash va unga reklamada e’tiborni tortish;
reklamani tarqatish kanallari va usullarini aniqlash.
O‘z firma stilini ishlab chiqish juda muhim, qaysikim taklif qilinayotgan animatsion dasturlar sifatining kafolati sifatida qabul qilinadi. O‘z firma stilini ishlab chiqish chog‘ida quyidagilarni hisobga olish zarur bo‘ladi:
faoliyatning asosiy yo‘nalishi;
ishlab chiqiladigan dasturlarning mo‘ljallangan bozor sigmentlari;
asosiy reklama vositalari;
ishlab chiqilayotgan dasturlarning xususiyatlari yoki ustunligi.
1. Animatsiya dasturlarini tayyorlash va rivojlantirish xususiyatlari.
Insoniyat yashab kelayotgan barcha davrlar uchun butun dunyo bo’ylab ommaviy bayramlar, turli xil tadbirlar, teatrlashtirilgan festivallar xarakterlanadi bo’lib hisoblanadi. Bunday ommaviy bayramlar vakolatli va professional tashkilotlar tomonidan davlat manfaatlari va xalq kayfiyatidan kelib chiqqan holda tashkillashtirlishi maqsadga muvofiq.
Bugungi kunda, siyosiy, madaniy, badiiy, estetik, animatsion ko’rinishdagi turli bayramlarsiz holda hayotimizni tasavvur qilishimiz mumkin emas.
Bayram - aholining faol, ijodiy ishtirokida bo’lib o’tadigan muayyan kasblar bo'yicha hurmatli va mashhur shaxslar, mashhur voqealar, sanalar, yubileylarga bag'ishlangan marosimlardir.
Bayramni tayyorlash ulkan javobgarlikni qabul qilish, har bir dastur bo’yicha individual yondashish, nafaqat dalillar, balki ularning munosabati, mafkuraviy ishonch, tuyg'ular, fuqarolik pozitsiyasi jihatlarini aks ettirish demakdir. Shuning uchun, ommaviy tadbirlarni tashkil etishda maxsus rahbarlar, direktorlar, mutaxassislar, ekspertlar, animatorlar bilan muomala bo’lish, ular bilan kelishgan holda faoliyat olib borish lozim.
Ommaviy bayramlarda bir vaqtning o’zida bir necha badiiy harakatlar amalga oshiriladi hamda chiqishlar namoyish etiladi. Namoyish vaqtida har bir ishtirokchi o’zi hohlagan ob’yektga diqqatini qaratishi mumkin bo’ladi.
Ommaviy bayramlar dramaturgiyasining asosiy vazifalaridan biri - tomoshabinlarga bayramning asosiy g'oyalarini aniq tushuntirib berishni talab etadi.
Ommaviy bayramlarning dramaturgiyasi bir qator holatlar bilan bog'liq:
Do'stlaringiz bilan baham: |