6-MA’RUZA. SHISHA, SHISHA BUYUMLAR VA SITALLAR VA ASOSIY XOSSALARI.
Shisha va shisha tayyorlash jarayoni antik Misr, Mesopotamiya,
Gretsiya va Rimda eramizdan avvalgi 30–40-asrlarda ma’lum
bo‘lgan. Keyinchalik Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlariga
shisha tayyorlash texnologiyasi turli hududlardan kirib kelgan.
O‘zbekistonda mustaqillik tufayli shisha va shisha buyumlar ishlab
chiqaruvchi zavodlar ko‘paymoqda. Bunga 1996-yilda ishga
tushirilgan Chirchiq va Quvasoy shisha zavodlari misol bo‘la oladi.
Ularda bir tomonlama nur o‘tkazuvchi, shishapaket, rangli va uch
qatlamli shishalar ishlab chiqariladi.
Shisha va shisha buyumlar quyidagi jihatlari bilan klasslarga
bo‘linadi: kimyoviy tarkibiga ko‘ra: oksidli (silikatli, kvarsli, boratli,
fosfatli va sh.k.); kislorodsiz (galogenli, nitratli va sh.k.); ishlatilish
sohasiga ko‘ra; qurilish, me’morchilik, texnik va shisha tolalar.
4.2. Shisha ishlab chiqarish
Shisha ishlab chiqarishda asosiy xomashyo sifatida kvars qumi,
ohaktosh, soda va natriy sulfati ishlatiladi. Shisha qorishmasini
pishirish haroratini pasaytirish uchun soda va natriy sulfati qo‘shiladi.
Agar kvars qumi va sodadan iborat qorishmadan shisha olinsa, nim
shaffof suvda eruvchan shisha bo‘ladi (Na2SiO3). Qorishma tarkibiga
ohaktosh yoki dolomitni kiritish shishaning suvda erimasligini
ta’minlaydi. Silikatli shisha 1500 °C haroratda maxsus shisha eritish
xumdonlarida olinadi. Massa harorati 800–900 °C ga yetganda
silikatlar hosil bo‘lish jarayoni boshlanadi. Harorat 1150–1200 °C
bo‘lganda massa shaffoflashadi, lekin tarkibida havo pufakchalari
bo‘ladi. Shisha massasidagi havo aralashmalari 1500 °C da chiqib
ketadi va shisha qiyomiga yetadi. Massaning qoliplash harorati
200–300 °C atrofida bo‘lib, quyuqligi kimyoviy tarkibiga bog‘liq.
54
SiO
2, Al2O3, ZrO2 massani quyuqlashtirsa, Na2O, CaO, Li2O
aksincha, suyuqlashtiradi. Silikat shishaning oksid tarkibi, % massa
bo‘yicha:
SiO
2-64-73; Al2O3-0,5-7,2; K2O-0-5; Na2O-10–15; CaO-2,5–
26,5; MgO-0–4; Fe2O3-0–0,4; SO3-0–0,5; B2O3-0-5.
Shisha massasiga kaolin, dala shpati (Al2O3) kiritilishi uning
mustahkamligini, termik va kimyoviy chidamliligini oshiradi. Shisha
xomashyosi tarkibiga B2O3 qo‘shilsa, uning shishalanishi tezlashadi
va kristallanishi kamayadi. ZnO shishaning haroratdan chiziqli
kengayish koeffitsiyentini kamaytiradi va termik chidamliligini
oshiradi. PbO optik shisha va xrustall tayyorlashda ishlatiladi.
Shisha olish «qayiq» usulida bo‘lib, cheksiz shisha tasmasini
tortish demakdir. Shisha qalinligi tortish tezligi bilan boshqariladi.
Vitrina va ko‘zgu oynalari silliqlanadi va shaffoflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |