6-ma’ruza. Shisha, shisha buyumlar va sitallar va asosiy xossalari


Shishaning tuzilishi va asosiy xossalari



Download 40,5 Kb.
bet2/4
Sana24.06.2022
Hajmi40,5 Kb.
#698862
1   2   3   4
Bog'liq
SHISHA, SHISHA BUYUMLAR VA SITALLAR VA ASOSIY XOSSALARI.

4.3. Shishaning tuzilishi va asosiy xossalari
Shisha to‘g‘ri fazoviy panjara strukturasiga ega bo‘lmaganligi
sababli xossalari barcha nuqtalarda bir xil emas. Bundan tashqari
shishaning muayyan erish harorati bo‘lmaydi.
Shishada kechadigan pishirish va toblash jarayonlarini o‘rganish
uning tarkibida mikrokristall hosilalar – kristallitlar hosil bo‘lishini
ko‘rsatadi. Shishaning bu holati uning «mikrogeterogenligi» deyiladi.
Kristallitlik nazariyasi asosida xossalari mukammallashgan, mo‘rtligi
kam shishalar – sitallar yaratiladi. Shishaning o‘ziga xos strukturasi
uning shaffofligini, mo‘rtligini, atmosfera muhitiga, olovga chidamligini, harorat o‘zgarishiga ta’sirchanligini belgilaydi.
Nazariy mustahkamligi. Deraza oynalarining cho‘zilishdagi
mustahkamligi 6500–8000 MPa bo‘ladi. Shisha strukturasida
mikrodefektlar bo‘lganligi sababli haqiqiy mustahkamligi 30–90
MPa bo‘ladi. Shishaning siqilishdagi mustahkamligi 700–1000
MPa, ba’zi hollarda 1200 MPani tashkil etadi.
Nur o‘tkazuvchanligi. Deraza oynalarining nur o‘tkazuvchanligi
90–92%, profillanganniki 84–86%, shishabloklarniki 80–85%.
Shisha nurni qaytarish xususiyatiga ega bo‘lgani uchun va faqat
2% nurni o‘zi yutgani sababli nur o‘tkazuvchanligi, asosan, nurning
oynaga tushish burchagiga bog‘liq bo‘ladi. Deraza oynalari infraqizil
55
nurlarni yaxshi, ultrabinafsha nurlarni esa yomon o‘tkazadi. Shisha
zich material (2,5–2,6 g/sm3) bo‘lgani uchun tovushni yaxshi
o‘tkazadi. Shu sababli binolarga tovush deraza oynalari orqali kirib,
binoning ekspluatatsiya holatini yomonlashtiradi. Òovushni izolatsiyalash deraza oynalarining qalinligi va ular orasidagi masofaga
bog‘liq bo‘ladi.
Shishaning issiqlikka munosabati. Deraza oynalarining
100 °C haroratdagi issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti 0,4–
0,82 W/(m °C), ko‘pikshishaniki 0,045–0,058 W/(m °C).
Òarkibidagi ishqoriy oksidlar ko‘p bo‘lgan shisha issiqlikni kam
o‘tkazadi. Xona haroratida shishaning issiqlik sig‘imi 0,63–1,05
KJ/kg °C. Shishaning issiqlik sig‘imi va issiqlikdan termik kengayishi
uning kimyoviy tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Qurilish shishasining
haroratdan chiziqli kengayish koeffitsiyenti (9.10-6-15.10-6) °C-1
ning eng kichik ko‘rsatkichi (0,58·10-6) °C–1 tashkil etadi.
Shishaning issiqqa bardoshliligi haroratdan chiziqli kengayish
koeffitsiyentiga, shisha xomashyosining kimyoviy tarkibiga bog‘liq.
Qurilish shishasining issiqqa chidamliligi 120 °C. Shisha tarkibiga
kremniy, bor va sh.k. qo‘shib issiqdan chiziqli kengayish
koeffitsiyenti, ya’ni issiqqa bardoshliligi oshiriladi.

Download 40,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish