ESLATMA: Hamma namunalar ketma-ketlikka navbat bilan joylashtirilgan. Shuning uchun noma’lum namunani qo’shgandan keyin standart namunani undan oldinga qo’yish mumkin emas.
Shunday qilib, agar noma’lum namunadan keyin standart kelsa, yangi ma’lumotlar asosida yangi darajalash chizig’i quriladi. Bu holda noma’lum konsentrasiyalarni hisoblash uchun oldingi darajalash chizig’i ishlatilmaydi. Shuning uchun namunalar partiyasini o’lchash uchun kiritish jadvalini rejalashtirish juda muhim. Darajalash chizig’ini qurish uchun ishlatiladigan hamma standart eritmalar jadvalga birinchi kiritilishi kerak, keyin esa noma’lum namunalar kiritiladi.
Agar namunalar partiyasini kiritishdan oldin avtosempler to’g’ri sozlangan bo’lsa, namunalar partiyasini o’lchashni boshlash uchun asboblar panelidagi tugmani bosish kifoya.
«Start Batch» (Atomizatorga namuna kiritishni boshlash), «Pause Batch» (Pauza, tanaffus) va «Stop Batch» (namuna kiritishni to’xtatish) tugmalari.
Har bir o’lchash uchun namuna yoki standartni atomizatorga qanday yuborish (qo’yish, o’tkazish) ya’ni purkash yoki to’kish yo’llarining qaysi biri orqali yuborishni dastur operatorga aytadi. Masalan, alanga bilan atomlash ishlatilganda va «Sample 1» nomli namunani o’lchash navbati kelganda (13-rasmga qarang) quyidagi axborot paydo bo’ladi.
15-rasm. Yo’l ko’rsatish, nima qilish kerakligini aytib turish oynasi
Birinchi namunani o’lchash tugagandan keyin kiritish jadvalining ushbu namunaga tegishli qatoridagi namunaning turi ko’rsatilgan yozuvning yoniga «>>» simvol qo’yish bilan belgilanadi (masalan, CSTD >>). Agar jadvalda ko’rsatilgan ba’zi namunalar o’lchangan bo’lmasa, namunaning turi ko’rsatilgan yozuvning yonida «*» simvol paydo bo’ladi (masalan, CSTD *). Agar atomizatorga namunalarni kiritish bajarilayotgan vaqtda biror namunani kiritish yoki chiqarib tashlash zarurati paydo bo’lsa, pauza va kiritishni to’xtatish tugmalarini bosing. Keyin namunani ro’yxatga ya’ni jadvalga qo’shish uchun «Add Samples» (namunalarni qo’shing) piktogrammaning “S” tugmasini yoki darajalash uchun zarur bo’lgan standart eritmani qo’shish uchun «Add Calibrations» (darajalashni qo’shing) “C” tugmani bosing. Bu tugmalarning har biri matn yozish qatorlariga ega bo’lgan oynalarni ochadi. Bu qatorlarga yangi namuna yoki standart eritma haqida muhim ma’lumotlar kiritiladi. Namunani jadvaldan (13-rasm) chiqarib tashlash uchun namuna yozilgan qatorni ajrating (belgilang). Keyin «Add Samples» tugmaning strelkasini bosing va «Delete Sample» amalni tanlang. Qo’shish yoki chiqarib tashlash ishlari bajarilgandan keyin ishni davom ettirish uchun «Start Batch» yoki «Pause Batch» tugmani bosing.
Do'stlaringiz bilan baham: |