Avtosempler yordamida namunalar partiyasini kiritish
Namunalar partiyasini kiritish uchun oldin namunalarni qaysi ketma-ketlikda kiritish jadvalini to’ldirish kerak. Buning uchun mavjud jadvalni o’zgartirish yoki yangi jadval tuzish lozim. Namunalar partiyasi kiritish (Batch Run) oynasini uch xil yo’l bilan ochish mumkin.1. Asosiy oynaning (1-rasm) asboblar panelidagi «Open» piktogrammaning strelkasini bosib Batch Run amalni tanlash orqali; 2. «New» piktogrammaning strelkasini bosib Batch Run amalni tanlash orqali; 3. Asosiy oynaning “B” (Batch Run) tugmasini bosish orqali. Qaysi usul bilan bo’lishidan qat’iy nazar namunalar partiyasi kiritishning yangi oynasini ishga tushiring. Quyida namunalar partiyasini kiritish oynasida (15-rasm) namunalar ketma-ketligining jadvali keltirilgan.
13-rasm. Namunalar partiyasini kiritish oynasi
Oynaning yuqori qismi to’rtta blokka ajratilgan, quyi qismi esa namunalar ketma-ketligi jadvalini o’z ichiga oladi. Eng chapdagi blokda tanlangan namuna qatorining holati aks etadi (uchburchak strelka bilan belgilangan qator). Ushbu blokda o’lchash usuli, o’lchanayotgan element, namunaning nomeri va o’rni va hozir analiz qilinayotgan replika haqidagi ma’lumotlar aks etadi. Shuningdek ushbu blokda namunaning optik zichligi (Abs), konsentrasiyasi (Conc) va OSO (RSD) ham aks etadi. Jadvalning boshqa qatorini tanlash uchun zarur qatorning qarshisidagi kulrang to’rtburchakni bosing.
«Signal» deb atalgan keyingi blokda o’lchanayotgan namuna optik zichligining kesimi aks etadi (optik zichlik vaqtning funksiyasi sifatida). «Concentration Calibration» deb atalgan uchinchi blokda darajalash chizig’i (optik zichlik konsentrasiyaning funksiyasi sifatida). Oxirgi «Log» blok namunani kiritish jurnalini (boshlanish, tanaffuslar va tugash) aks ettiradi. Har bir blokning yuqori chap burchagidagi kattalashtirish piktogrammasini bosish orqali oxirgi uch blokdan istalganini kattalashtirigan ko’rinishda ochish mumkin.
Namunalar ketma-ketligi yozilgan jadval ustunlarining nomlari:
NN: Qatorning nomeri.
Type:Namunaning turi (CSTD = darajalash standarti, S =namuna).
Rep: Replikalar soni.
Rack: Namunalar joylashtiriladigan massiv.
Cup: Massivda namuna joylashtirilgan yacheyka.
Name: Namunaning nomi.
Weight: Yacheykadagi namunaning massasi.
Volume: Yacheykadagi namunaning hajmi.
Dilution:Avtosempler namunani ko’rsatilgan suyultirish koeffisiyentiga muvofiq suyultiradi.
Abs: Namunaning optik zichligi (alanga atomizatori va simob-gidrid
generator uchun).
Conc: Namunaning konsentrasiyasi. Ushbu ustundagi barcha qiymatlar faqat standart namunalarga tegishli. Agar operator bilmasdan tasodifan «Conc» ustunining maydoniga noma’lum namuna uchun qiymat kiritsa, buni dastur standart deb hisoblaydi.
Cal Conc: Optik zichlikning qiymati bo’yicha hisoblangan konsentrasiya (alanga atomizatori va simob-gidrid generator uchun).
Unit: Konsentrasiyaning o’lchov birligi (g/L, mg/L, μg/L, ppb).
Jadvalning kataklaridagi analiz qilinmagan ya’ni o’lchanmagan namunaga tegishli ma’lumotlarni kursorni tegishli katakka qo’yib uni ikki marta bosish orqali o’zgartirish mumkin. O’lchangan namunaga tegishli ma’lumotlarni o’zgartirish mumkin emas.
Standart namunalar yordamida darajalash chizig’ini olish uchun «Add Calibrations» (13-rasm) tugmani bosing. Bu vaqtda monitorda «Insert Calibration» (graduirovkani kiriting) oyna paydo bo’ladi.
«Add Samples» (namunalarni qo’shing) va «Add Calibrations» (darajalashni qo’shing) tugmalari.
Darajalash uchun standart eritmalarni kiritish oynasida darajalash turini (Cal. Type:) tanlash mumkin: Darajalashning ikkita turi bor «Standard» yoki «Bulk Standard». «Standard» turda darajalash bitta standartning optik zichligi bo’yicha, ya’ni bitta nuqta bo’yicha quriladi. «Bulk Standard» turda darajalash esa bitta standart eritmani suyultirish orqali tayyorlangan bir nechta standart eritmalarni o’lchash natijalariga ko’ra quriladi. Oynada standartning konsentrasiyasini «Std Conc» (standartning konsentrasiyasi), oxirgi konsentrasiyani «End Conc» (oxirgi konsentrasiya) va o’lchanadigan standartlarning sonini «Number» kiritish uchun yozish katakchalari mavjud. Boshlang’ich konsentrasiya (ya’ni blank) «Start Conc» doim 0 ga teng va u ishlatiladigan standartlar soniga kirmaydi. Darajalash chizig’ini qurishda ishlatilayotgan standart eritmalarni oynaning yuqori o’ng burchagidagi to’kilayotgan ro’yxatdan tanlash mumkin.
14-rasm. Darajalash uchun standart eritmalarni kiritish oynasi.
Oynaning «Measurement» (O’lchash) blokida konsentrasiyaning birligi va replikalar sonini ko’rsatish mumkin. Oynaning pastki qismida grafit pechda analiz qilish uchun zarur bo’lgan namunaning hajmini ko’rsatish uchun «Volume» (Hajm) bloki mavjud. Std Vol, Mod1 Vol, Mod2 Vol, Mod3 Vol va Total Vol.
Namunalar partiyasini kiritishda birinchi namunalar darajalash chizig’ini qurish uchun ishlatiladigan standart eritmalar bo’lishi kerak. Yuqorida aytilganidek «Conc» ustunida qiymatga ega bo’lgan qator standart sifatida qabul qilinadi. Standart eritmalarning o’lchangan konsentrasiyalari «Cal Conc» yoki «PH Conc» ustunlarida aks ettiriladi. Bu konsentrasiyalar har bir standart uchun optik zichlikning qiymatidan foydalanib darajalash chizig’i bo’yicha aniqlangan konsentrasiyalar bo’ladi. Agar darajalash chizig’i nuqtalarning ustidan o’tsa, bu holda standartlarning «PH Conc» qiymatlari, operator tomonidan kiritilgan «Conc» qiymatlari bilan bir xil bo’ladi. Standart namunalardan keyin jadvalda konsentrasiyasi noma’lum bo’lgan namunalar keladi (13-rasmga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: |