21- rasm. Kompozitsion markaz:
a - old yukori qismda, urg’u - bosh kiyimga;
b - lifda, urg’u - bo’yin qismida,
c - kostyum o’rta qismida, urg’u - belda.
Markazda bo’lish qonuni - bo’rttirib ko’rsatiladigan qismning nisbatan markaziy joyda bo’lishi vа boshqa hamma jixatlari teng bo’lgan holda, shu qismni asosiy kompozitsion markaz qilib ko’rsatishidir.
Sifat qonuni - xususiyati yoki bir guruh xususiyatlari jixatidan ko’proq bo’lgan qisм устун б/либ turishidir. Rasmiy xarakterda bo’lgan har kanday turli bezaklarning har xil aktivligidan va sifatidan foydalanish asosiy qismni bir butundan ajratib ko’rsatish usullaridan biri bo’ladi.
Ma`no omili qonuni - bir butunning ma`nosi bor bezakli qismi rasmiy xarakterdagi bezakli qismlardan ustun turishidir.
3.2. KOMPOZITSION QOIDALAR
Ikki o’lchamli va uch o’lchamli tasvirning yasalishini tashkil etuvchi asosiy qoidalar yoki doimiy qonuniyatlarga kiradi:
1. Proportsiyalar, qismlar va butun organizm uyg’unligi qonunini o’rgatuvchi tabiiy shakllar ko’pligi, odam gavdasi tuzilishi plastikasidan kelib chiquvchi simmetriya qoidalari;
2. Muvozanat qoidalari - turli massali tasvir qaramaqqarshi tomonlarining qo’shilishi;
3. Kompozitsiyaning plastik echimida statika va dinamika (tinchlik va harakat) qoidalari;
4. Ritm qoidalari - katta va kichik shakllar, harakat va tinchlik, kontrast va pasaytirilgan, yorug’lik va soyaning to’g’ri navbatlashuvi;
5. Turli kompozitsion echimlarga qo’llanuvchi istiqbol qoidalari - illyuzor istiqbol, to’g’ri burchakли (ortogonal), havo;
6. Oltin kesilish va order arxitekturada qismga ajratish qonuniyati sifatida;
7. Masshtab natural kattalikka nisbatan kichraytirish yoki kattalashtirish yo’li sifatida;
8. Ansamblda uslubiy birlik - bir necha san`at turlarining qo’shilishi;
9. Boshqa barcha yo’nalishlarga nisbatan o’qlar doimiylar sifatida vertikallar va gorizontallar.
Aytilgan qoidalar bo’yicha haykallar, rassomchilik, me`morchilik asarlari va rasmlar yaratiladi - faqatgina tasvirlash vositalarigina o’zgaradi.
Kompozitsiyaning eng asosiy qonuniyati deb yaxlitlikni hisoblash kerak. Syujet jihatdan kompozitsiya qanchalik murakkab bo’lmasin, unda qancha figuralar bo’lmasin, ular masshtabi qanday bo’lmasin, kartina o’zida alohida tasviriy dunyoni aks etarkanmi. Bu dunyo qanchalik yaxlitroq, monolitroq bo’lsa, shunchalik uning ma`noviy va plastik echimini tomoshabin yaqqolroq qabul qiladi. SHuning uchun rassom ijodi, uning kompozitsion g’oyasi qanchalik o’ziga xos bo’lmasin, kompozitsiyaning ob`ektiv vositasi yaxlitlik - uning qonuniyatlaridan muhimidir.
Yuqoridagilardan xulosalar chiqarishga harakat qilamiz.
Kompozitsiya konstruktiv - plastik echimining ob`ektiv qonuniyatlari deb:
1) rassomchilik maydoni cheklanish chegaralari, kompozitsiya doiralarini;
2) rasmda fazoviy chegaralar va syujet ta`sir joylarini;
3) yaxlitlik;
4) komponentlar o’lchami mosligi, ya`ni ritm va plastika;
5) ko’rish markazining topilishini hisoblash kerak.
Rasmning tuzilishida asarni hosil qiluvchi barcha elementlari kompozitsiya tasviriy tuzilishi rasm g’oyaviy mazmuniga zid bo’lmasligi, u ma`no jihati va ifodaliligi bo’yicha qolishmasligi, tasviriy markaz ruhiy markaz bilan mos kelishi uchun asosiy kompozitsion g’oyaga bo’ysunishi kerak.
Kompozitsiyani shunday hal etish mumkinki, u yaxshi tuzilgan bo’ladi: odamlar harakatlariga mos holatda olingan bo’ladi, ular birqbiri bilan bog’liq bo’ladi, biroq tasviriy tuzilish uning mazmuni, g’oyasiga hamohang bo’lmasligi mumkin. Bu hol rasmning tomoshabinni jalb etuvchi eng chiroyli qismi tomoshabi e`tiborini eng kam tortish kerak bo’lgan joyda joylashtirganda yuz berishi mumkin.
qandaydir yorug’lik ta`siri yoki juda chiroyli dog’, rassomchilikning eng ifodali texnikasi negadir, qaysi bir tasodif tufayli, o’ylanmaganligi sababli g’oyaviy markazdan birdan chetga chiqqan va shunday qilib, kompozitsiya ikki juda muhim tarkibiy qismlari mazmun va shakl o’rtasida o’zilish hosil bo’ldi. Xuddi shuning o’zi rasmda ham bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |