Tulki va echki



Download 65,5 Kb.
Sana07.03.2021
Hajmi65,5 Kb.
#61152
Bog'liq
Ezop masallari


Ezop masallari

TULKI VA ECHKI

Baxtsiz tasodif tufayli bir Tulki o‘raga tushib ketibdi. U hech o‘radan chiqishning ilojini qilolmabdi. Bir payt tepadan Echki o‘tib qolibdi. U Tulkidan pastda nima qilayotganini so‘rabdi.

— Ey, hali eshitmadingmi? — debdi Tulki. — Yaqinda qurg‘oqchilik bo‘larmish, shuning uchun men bu yerga suv borligiga ishonch hosil qilish uchun tushdim. Balki sen ham tusharsan?

Echkiga bu maslahat ma’qul kelib, pastga sakrabdi. Ammo Tulki tezlik bilan uning orqasiga chiqib, oyoqlarini uning uzun shoxlariga qo‘yibdi-da, o‘radan chiqib olibdi.

— Xayr, do‘stim, — debdi Tulki, — keyingi safar esingda tursin: Hech qachon o‘zi mushkul ahvolda qolganning maslahatiga quloq solma.

BALIQCHI VA BALIQCHA

Baliqchi kun bo‘yi baliq tutishga harakat qilib faqat kichkinagina Baliqchani tutibdi.

— Yolvoraman, meni qo‘yib yubor, — debdi Baliqcha. — Men hozir yeyishing uchun judayam kichkinalik qilaman. Agar hozir meni daryoga qo‘yib yuborsang, men tezda o‘saman, keyin sen mendan ajoyib¬ taom tayyorlaysan.

— Yo‘q, yo‘q, Baliqcham, — debdi Baliqchi, — men seni hozir yeyman, bundan keyin seni tutolmasligim mumkin.

Qissadan hissa: Kelajakdagi nasiya katta narsadan ko‘ra, qo‘lingdagi naqd kichik narsa afzal.

SICHQONLAR KENGASHI

Mushukning doimiy xavf solishidan tushkunlikka tushgan sichqonlar muammolarini hal qilish uchun kengash chaqirishibdi. Ular birin-ketin bildirilgan rejalarni tahlil qilib, ularni rad eta berishibdi. Oxiri bir yosh Sichqon mushukning bo‘yniga qo‘ng‘iroq osib qo‘yishni taklif qilibdi.

— Qanday ajoyib fikr, — deb qichqi¬rishibdi ular, — bu Mushuk kelganda qochish uchun juda yaxshi ogohlantirish!

Ular bu taklifni zavq-shavq va olqish¬lar bilan qabul qilishibdi. Shunda keksa bir Cichqon o‘rnidan turib:

— Bu rostdan ham juda yaxshi maslahat va, shubhasiz, bizning muammomizni hal qiladi, — debdi. — Biroq Mushukning bo‘yniga qaysi birimiz qo‘ng‘iroqni ilamiz?!

Qissadan hissa: Taklif qilish bosh¬qa, uni bajarish boshqa.

IKKI DO‘ST VA AYIQ

Ikki do‘st o‘rmonda aylanib yurganlarida to‘satdan ayiqqa duch kelib qolishibdi. Ulardan birinchisi shoshib daraxtga chiqib olibdi va ayiqning changalidan qutulib qolibdi. Ikkinchisi esa, hech narsa qo‘lidan kelmasligini bilib, o‘zini o‘lganga solib yotib olibdi.

Ayiq yerda yotgan kishining oldiga kelib, qulog‘ini hidlabdi. Hatto uni turtib ham ko‘ribdi. Kishini o‘lgan deb o‘ylab, unga tegmasdan ketib qolibdi.

Ayiq ketgach, haligi kishining do‘sti daraxtdan tushib kelib:

— Do‘stim, ayiq qulog‘ingga nima deb shivirladi? — deb so‘rabdi.

— U menga: qiyinchilik paytida tashlab ketadigan do‘st bilan sayohatga chiqishni yaxshilab o‘ylab ko‘rmabsan-da, dedi, xolos, — deb javob beribdi do‘sti.

Qissadan hissa: Do‘stlik qiyinchilikda sinaladi.

TOVUQ BILAN TULKI

Baland daraxt shoxiga qo‘nib, qag‘-qag‘lab yotgan Tovuqning tovushi butun o‘rmonga taralib, ochlikdan sillasi qurigan Tulkining e’tiborini tortibdi. Tovuqning baland shoxda turganini ko‘rgan Tulki uni hiyla bilan pastga tushirib, yemoqchi bo‘libdi.

— Kechirasan, qadrdonim Tovuq, — deb gap boshlabdi u, — sen yirtqichlar bilan qushlar, umuman, o‘rmonimizdagi barcha jonzotlar o‘rtasida tuzilgan tinchlik bitimi haqida hali eshitmadingmi? Bundan keyin biz bir-birimizni ovlamaymiz, aldamaymiz va o‘g‘irlamaymiz, balki tinchlikda, hamjihatlikda yashaymiz. Pastga tush, bu haqda yaxshilab gaplashib olamiz.

Tulkining mug‘ombirligini yaxshi bilgan Tovuq hech narsa demay, xuddi bir narsaga tikilgandek yo‘lga qarab turaveribdi.

— Nimaga buncha tikilib qolding? — deb so‘rabdi Tulki.

— Men bir to‘da itlarni ko‘rayapman, — debdi Tovuq, — adashmasam, ular biz tomonga kelishayapti, janob Tulki.

— Shunaqami, unda men ketishim kerak, — debdi Tulki.

— Iltimos, janob Tulki, ketmay turing, — debdi Tovuq, — men endi tushmoqchi bo‘lib turuvdim. Keling, itlarni kutib turamiz, ular kelgandan so‘ng tinchlik bitimini birga muhokama qilamiz.

— Yo‘q, yo‘q, — debdi Tulki, — men ketishim kerak, itlar hali tinchlik bitimi haqida eshitmagan bo‘lishlari mumkin.

Qissadan hissa: To‘satdan taklif qilingan do‘stlikdan ehtiyot bo‘ling.

KO‘RSHAPALAK, QUSHLAR VA YIRTQICHLAR

Qushlar bilan yirtqichlar o‘rtasida katta nizo chiqibdi. Ikkala tomon ham o‘ziga qo‘shin yig‘a boshlabdi. Ko‘rshapalak qaysi tarafga qo‘shilishni bilmay, ikkilanib qolibdi. U turgan shox oldidan o‘tib ketayotgan qushlar:

— Yur, bizlar bilan, — deyishibdi.

Ammo Ko‘rshapalak:

— Men yirtqichman, — debdi.

Keyinroq ini tagidan o‘tib ketayotgan yirtqichlar tepaga qarab shunday deyishibdi:

— Yur, bizga qo‘shil.

Lekin u: — Men qushman, — debdi.

Xayriyatki, oxirgi lahzalarda tinchlik o‘rnatilibdi, hech qanday urush bo‘lmabdi. Shunda Ko‘rshapalak qushlarning oldiga borib ulardan o‘zini xursandchiliklariga sherik qilishlarini so‘rabdi. Ammo hamma qushlar undan yuz o‘girib, uchib ketishibdi. Shundan keyin¬ Ko‘rshapalak yirtqichlarning oldiga boribdi. Biroq tezda u yerdan ham chekinishga majbur bo‘libdi, zero, yirt¬qichlar uni burda-burda qilishga shay turardilar.

Shunda Ko‘rshapalak o‘ziga shunday dedi:

— Fazilati bo‘lmaganning do‘sti ham bo‘lmas ekan.

QAFASDAGI QUSH VA KO‘RSHAPALAK

Sayroqi Qushni qafasga qamab oyna tashqarisiga osib qo‘yishgandi. U faqat tunda, hamma qushlar uyquga ketgandagina sayrardi. Bir kuni kechasi Ko‘rshapalak kelib qafas panjarasiga chirmashib olibdi. U Qushdan nega kun bo‘yi tinch o‘tirib, kechasi sayrashini so‘rabdi.

— Bunday qilishimning o‘ziga xos sababi bor, — debdi Qush. — Bir kuni kunduzi sayrayotsam ovchi ovozimga maftun bo‘lib qoldi va to‘rini qo‘yib meni tutib oldi. Shundan beri faqat tunlari sayrayman.

Ko‘rshapalak shunday debdi:

— Lekin hozir qafasdaligingda bunday qilishing foydasiz-ku. Agar buni sen qo‘lga tushishingdan oldin qilganingda edi, hozir ozod yurgan bo‘larding.

Qissadan hissa: Falokatdan keyin¬ qilinadigan ehtiyotkorlik foydasizdir.

MUSHUK — KELINCHAK

Kunlardan bir kuni Olimp xudolari tirik mavjudotlarning tabiatini o‘zgartirish mumkin yoki mumkin emasligi ustida tortishib qolishibdi.

Yupiter:


— O‘zgartirsa bo‘ladi, — debdi. Ammo Venera bunga qarshi chiqibdi. Muammoni hal qilish maqsadida Yupiter mushukni qiz bolaga aylantirib qo‘yibdi va uni yosh bir yigitga turmushga beribdi. Risoladagidek to‘y bo‘libdi, kelin-kuyov to‘y bazmida o‘tirishibdi.

— Qara, — debdi Yupiter Veneraga, — kelin o‘zini qanday munosib tutayapti. Kim ham uni kecha mushuk edi, deb ayta oladi? Shubhasiz, uning tabiati o‘zgardi.

— Bir oz kut, — debdi Venera va to‘yxonaga sichqonni qo‘yib yuboribdi. Buni ko‘rgan Kelin joyidan sakrab turibdi va sichqon ustiga o‘zini otibdi.

— Ana, ko‘rdingmi? — debdi Venera.

Qissadan hissa: Qon bilan kirgan — jon bilan chiqadi.

ITLAR VA TULKI

Sher terisini topib olgan itlar uni tishlari bilan bo‘laklarga bo‘la boshlashibdi. Buni ko‘rgan Tulki shunday debdi:

— Agar bu Sher tirik bo‘lganda edi, sizlar uning panjasi tishlaringizdan qanchalar kuchli ekanligiga amin bo‘lar edingiz.

Qissadan hissa: Yotgan odamni tepish oson.

BAQA VA BUQA

— Ota, — debdi kichkina Baqa ko‘lmakda turgan katta Baqaga, — men shunaqangi bir qo‘rqinchli maxluqni ko‘rdimki! U tog‘dek ulkan edi. Uning boshida shoxi, uzun dumi, tuyoqlari bor edi.

— Bolam, — debdi qari Baqa, — bu bor-yo‘g‘i chorvador Oqyigitning Buqasi, biroq sen aytgandek katta emas. Bo‘yi mendan ozgina baland bo‘lishi mumkin. Men ham o‘zimni shunaqa katta qilib ko‘rsatishim mumkin. Mana, qarab tur. Shunday deb katta Baqa havoni yutib o‘z ichiga puflabdi, puflabdi.

— U shunaqa kattamidi? — deb so‘rabdi u o‘g‘lidan.

— Ancha kattaroq edi, — deb takrorlabdi yosh Baqa.

Qari Baqa yana o‘z ichiga puflabdi va Baqachadan: — Buqa shunchalik kattamidi? — deb so‘rabdi.

— Kattaroq edi, dada, kattaroq, — deb javob beribdi Baqacha. Shunday qilib Baqa chuqur nafas olib, ichiga puflayveribdi, shishgandan shishib ketaveribdi.

— Ishonchim komilki, Buqa bundan katta bo‘lgan emas, — debdi bir mahal shishib ketgan Baqa va shu payt paq etib yorilib ketibdi.

Qissadan hissa: Ortiqcha chiranish belni sindiradi.

ECHKI VA PODACHI

Podachi adashib qolgan Echkini podaga qaytarib kelish uchun rosa qidiribdi. U hushtak chalibdi, surnay chalibdi. Ammo bularning foydasi bo‘lmabdi: orqada qolib ketgan Echki bu tovushlarga ahamiyat bermabdi. Oxiri, podachi unga tosh otibdi, Echkining shoxi sinibdi. Shunda podachi Echkidan bu haqda xo‘jayiniga aytmaslikni iltimos qilibdi.

Echki shunday deb javob beribdi:

— Ey, esi yo‘q odam, men indamaganim bilan shoxlarim hammasini aytib qo‘yadi-ku!

Qissadan hissa: Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi.

QUYONLAR VA TULKILAR

Quyonlar burgutlar bilan urush boshlashibdi. Urush chog‘ida ular tulkilardan yordam so‘rashibdi.

Shunda tulkilar ularga bunday deb javob berishibdi:

— Agar biz sizlarning kimligingizni, kimlar bilan urushayotganingizni bilmaganimizda edi, sizlarga bajonidil yordam bergan bo‘lardik...

Qissadan hissa: Biror narsaga rozilik bildirishdan avval uning oqibatini o‘yla.

EMAN VA O‘TINCHI

O‘tinchi Emanni qulatib, uni sarjinlabdi. Tanasini bo‘laklash uchun Emanning o‘z shoxlaridan pona yasabdi.

Eman xo‘rsinib, shunday debdi:

— Men ildizimga tushayotgan boltaning zarbiga chidayman, ammo o‘z shoxlarimdan qilingan pona bilan bo‘laklarga bo‘linishimga chidol¬mayman.

Qissadan hissa: Eng chidash qiyin bo‘lgan narsa — o‘zimizdan kelib chiqqan kulfatdir.

TULKI BILAN MUSHUK

Tulki Mushukka o‘zining dushmandan qochish uchun qo‘llaydigan hiylalari haqida maqtanayotgan edi.

— Menda dushmandan qochishning yuz xil usuli to‘la hiylaqopim bor, — dedi u.

Menda faqat bittagina, — dedi Mushuk. — Lekin men shuning o‘zi bilan ham hamma narsaning uddasidan chiqaman.

Shu payt ular o‘zlari tomon kelayotgan bir to‘da tozining ovozini eshitib qolishibdi. Mushuk darrov daraxtga chiqib butoqlar orasiga yashirinib olibdi.

— Bu men bilgan usul. Sen nima qilmoqchisan? — debdi Mushuk.

Tulki avval birinchi yo‘lni o‘ylabdi, keyin boshqasini. Shunday qilib to u o‘ylab bo‘lguncha tozilar yetib kelib uni ushlab olishibdi-yu, ovchilar uni o‘ldirishibdi.

Buni kuzatib turgan Mushuk shunday debdi:

— Bitta xavfsiz, ammo sinalgan yo‘l yuzta ishonib bo‘lmaydigan usuldan afzalroqdir.

Feruza To‘xlieva tarjimasi

YOVVOYI ECHKILAR BILAN CHO'PON

Cho'pon echkilarini yaylovga qo'yib yubordi. Bir payt qarasa, echkilari yovvoyi echkilar bilan o'tlashib yuribdi: xursand bo'ldi-yu kech kirgach, hammasini o'zining g'origa qamadi. Ertasiga havo buzuqligi tufayli echkilarni odatdagidek yaylovga olib chiqolmadi: g'ordayoq boqishiga to'g'ri keldi. Cho'pon o'zining echkilariga nomi-gagina — o'lmagunday yem solgani holda, qo'lga o'rgatib olish niyatida yovvoyi echkilarga mo'l-ko’l qilib to'kdi. Ertasi, havo yurishib ketgach, echkilar tog'ga qarab ura qochdilar. Cho'pon ularni yaxshilikni bilmaydigan nonko'rlar, deya koyishga tushdi: «Axir men sizlarni o'zimning echkilarimdan-da yaxshiroq boqmadimmi?» Yovvoyi echkilar aytdilar: «Shuning uchun ham sendan nariroq yurishimiz ma'qul ko'rindi-da. Bizlar kechagina senga yo’liqqandik, sen esa bizni o'zingning eski echkilaringdan-da yaxshiroq boqding. Demak, ertaga yana yangilar kelib qo'shilsa, unda ularni bizlardan afzalroq ko'rarkansan-da?!»

Alqissa, yangi do'stlarni eskilardan afzal tutuvchilar bilan do'stlashishga shoshilmang, zero yana yangi do'stlar orttirganda siz ham eskilardan bo'lib qolasiz.

KIYIK BILAN TOKZOR

Ovchilar ta'qibidan qochgan kiyik tokzorga yashirindi. Ovchilar payqamay o'tib ketishgach, endi xavfdan qutuldim, deb xayolladi-yu tok barglarini mo'tab yeyishga tutindi. Ittifoqo shu payt ortiga o'girilgan ovchi kiyikni payqab qoldi: darhol o'q uzib, jonivorni yarador qildi. O'limi yaqinlashganini sezgan kiyik afsus-nadomatda ingrandi: «Qilmish qidirmish: tok meni qutqargandi, men esa uni nobud qilishga qasdlandim».

Aiqissa, kimki o'ziga yaxshiiik qilganlarga yomonlik sog'insa, u albatta Xudoning qahriga yo'liqqay.

BO'RI BILAN LAYLAK

Bo'rining bo'g'ziga suyak tiqilib qoldi-yu joni ko'ziga ko'rinib, yordam istab yugurgilab qoldi. Baxtini qarangki, laylakka duch keldi: suyakni chiqarib tashlasang, mukofotlayman, deya va'dalar berib yordam so'radi. Laylak tumshug'i-yu boshini bo'rining bo'g'zigacha tiqib, arang suyakni chiqarib oldi-da, va'da qilingan mukofotni talab qildi. Bo'ri bunga javoban dedi: «Ha, azizim, bo'rining og'zidan boshing omon chiqqani kammi, yana mukofot deysan-a?!»

Alqissa, ayrim badfe'l kishilar yomonlik qilmaganlarining o'ziniyoq yaxshilik qilganga yo'yadilar.

ESHAK BILAN BAQALAR

Ustiga o'tin ortilgan eshak botqoqdan o'tayotgandi, toyib ketib yiqildi. Eshak o'rnidan turishga harchand urinmasin — bo'lmadi: oh-voh qilib faryod cheka boshladi. Botqoqda yashovchi baqalar uning holini ko'rib dedilar: «Birodar, botqoqqa endigina yiqilganing holda shunchalar nola chekasan, bizga o'xshab umring shu yerda o'tganida nima qilarding?!»

Alqissa, ayrim kishilar kichkinagina qiyinchilik oldida ham esankirab, ruhan cho'kib qoladilar, holbuki, boshqalar bundan o'n chandon og'ir mashaqqatlarni-da sabr-la yengadilar.

USTIGA TUZ YUKLANGAN ESHAK

Ustiga tuz ortilgan eshak daryo kechuvidan o'tayotib toyib ketdi — suvga yiqildi: tuz suvda erib ketib, yuk ancha yengillashdi, eshak benihoya sevindi. Keyingi gal o'sha joydan o'tayotib, eshak: «Suvga yiqilsam yukim yengillaydi, keyin turib ketaveraman», deb o'yladi-da, atayin yiqildi. Ittifoqo, bu gal eshakka yuvg'ich ortilgan edi: yuvg'ich suvni shimib olib, yuki og'irlashib ketgan eshak eplanolmay qoldi-yu suvga cho'kib ketdi.

Alqissa, ayrimlar ishlatgan hiyla-nayrang ularning o'z boshiga yetarkan.

BURGUT, ZAG'CHA VA CHO'PON

Yuksak qoyadan shiddat bilan qo'zg'algan burgut suruvdagi qo'zichoqni ildi-yu ketdi. Zag'cha buni kuzatib turgandi, hasaddan ichi kuyib, o'zining ham shunday qilgisi kelib qoldi. Zag'cha jon-jahdi bilan chinqirganicha borib qo'chqorga tashlandi: panjalari qalin junga o'ralashib qoldi-yu, uchishga ham, qochishga ham imkoni bo'lmay qoldi. Uning jon xalfida pitirlayotganini ko'rgan cho'pon gap nimadaligini fahmladi-da, darhol tutib oldi: qanotlarini qirqib, o'zini ermak uchun bolalariga eltdi. Bolalari chuvillashib: «Bu qanday qush?» - deya so'raganlarida, cho'pon aytdi: «Men-ku buning zag'chaligini bilaman-a, biroq uning o'zi o'zini burgut hisoblaydi-da?!»

Alqissa, o'zingdan zo'rroqlar bilan bellashaman, deb chiranganing bilan hech ish chiqarolmaysan, kulgi bo'lganing qoladi, xolos.

Konfutsiy saboqlari

BEBAHO SAXOVAT

Qadim zamonda sodda, rahmdil bir dehqon bo‘lgan ekan.

Bir kuni u yer haydayotgan chog‘ omochi qandaydir qattiq narsaga tekkanligini sezibdi. Dehqon darhol ketmonini qo‘lga olib yer kavlashga tushibdi, nihoyat bir bo‘lak toshga o‘xshash narsani qazib olibdi. Topildiqni qo‘liga olib quyosh nuri ostida uni tomosha qilarkan, dehqon birdan hayratlanib ketibdi. Chunki ilkidagi oddiy tosh emas, balki bir bo‘lak sayqal berilmagan nefrit toshi ekan.

Dehqon topildiqni hokimga berish lozim deya qarorga keladiyu o‘z viloyatining hokimi Zi Xan janoblarining oldiga tashrif buyuribdi. U nefrit toshini qanday qilib topib olganligini Zi Xan janoblariga aytib beribdi.

"Siz bu viloyatning hokimisiz, iltimos, bu nefrit toshini o‘zingizda saqlab qo‘ying!" debdi hurmat bilan.

Zi Xan qo‘l silkibdi:

"Yo‘q, men qanday qilib bu bebaho toshni o‘zimda saqlab qolaman? Garchand egasi yo‘q buyum bo‘lsa ham, siz o‘zingizda olib qoling!"

"Garchand egasi yo‘q bo‘lsa ham, barchasini menga berib yubormoqdasiz, lekin men ham buni sizga taqdim etishni ma’qul ko‘raman, iltimos, buni albatta o‘zingizda saqlab qoling!" debdi dehqon norizo.

Zi Xan janoblari samimiy kulibdi.

"Bilasizmi, sizningcha bu bir bo‘lak qimmatbaho nefrit toshi hisoblanadi, menimcha esa, sizning bu toshingizni o‘zimda saqlab qolmasamgina haqiqatan ham qimmatbaho hisoblanadi".

Sodda dehqon Zi Xan janoblarining gapini tushunmabdi. Keyinchalik Zi Xan janoblarining harakatlari xalq orasida ovoza bo‘lib, odamlar orasida rivoyatga aylanib ketgan ekan.

Bu voqeaga asoslanib Sun davlatining qariyalari tez-tez yoshlarga pand-nasihat qiladigan bo‘lishibdi.

Konfutsiy esa o‘z shogirdlariga quyidagicha o‘git bergan:

"Zi Xan mutloq qimmatbaho ziynat buyumlarni bilmaydigan nodon bo‘lmagan. Masala shundaki, u o‘zining saxovatini qadrlagan. Har qanday buyum faqatgina uni qadrlagan odamning nazarida bahoga ega, agar oltin tangalar bilan shirinlikni olib yosh bolaga tanlash imkoniyati berilsa, yosh bola albatta shirinlikni olib, oltin tangalardan voz kechadi. Agar nefrit toshi bilan oltin tangalarni olib dehqonga tanlash imkoniyati berilsa, dehqon osonlik bilan oltin tangalarni tanlaydi, xulq-atvori, axloqiy xususiyatlari yuqori bo‘lgan odamdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, nefrit toshlar ham, oltin tangalar ham, barcha-barchasi uning oldiga qo‘yilsa, u baribir xulq-atvor, axloqiy fazilatlarni tanlaydi".

UZOQ UMR SIRI

Qadim zamonda Yan imperatori uzoq umr ko‘rish sirini biladigan odam to‘g‘risida eshitib qolibdi. Xizmatkorlarga o‘sha odamni topib kelishni buyuribdi.

Xizmatkori ko‘p qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazib o‘sha yashovchan kimsaning manzilini topibdi. Baxtga qarshi bu odam allaqachon o‘lgan ekan.

Yan imperatori qattiq g‘azablanibdi. Bu vazifani bajarishga yuborilgan xizmatkorni chaqirtirib, shunday muhim ishni kechiktirgani uchun uni qatl etishga mahkum etibdi.

Yan imperatorining qoshidagi bir mulozim imperatorga debdi:

"Olampanoh, jahlingiz chiqmasin! O‘lim, bu hamma odamlarning taqdirida bor, o‘sha odam uzoq umr ko‘rish sirini biladigan kishi deb hisoblardik. Lekin hatto o‘zining hayotini ham saqlab qolmabdi-ku? Bu usul isbot qilinmagan, bunday sir qabul qilina olmaydi hamda buning hech qanday achinadigan joyi yo‘q".

"Bu gapda jon bor!" debdi Yan podshohi va o‘sha xizmatkorga belgilangan jazoni rad etibdi.

Bu voqeaga ko‘pgina odamlar turli xil fikrlarni bildirishgan.

Sizi ismli bir odam yoshligidan uzoq umr ko‘rishning sirli usulini o‘rganishni xohlagan ekan. O‘sha xizmatkor izlagan odam hayotdan ko‘z yumganini eshitib rosa afsus chekibdi.

Yana bir Futsi ismli odam Sizining voqeasini eshitib, Sizidan battar nafratlanibdi, norozi bo‘lib debdi:

"Sizi qanday qilib bu haqda orzu qilishi mumkin?! U dastavval odamlardan uzoq umr ko‘rishning sirli usulini o‘rganmoqchi edi, hatto buni o‘rgangan odam ham uzoq umr ko‘rolmabdi-ku? Shunday deb nomlanadigan sirli usulning qanday qimmati bor? O‘rganish kerak bo‘lgan haqiqiy ilm to‘g‘risida hech narsa bilmas ekan, bunday ahmoqlikning oqibati haqiqatan ham achinarli bo‘ladi!"

Konfutsiy bu voqea to‘g‘risida eshitganidan so‘ng o‘z fikrini quyidagicha izohlagan:

"Futsining gaplarida haqiqat bordek, ammo dunyodagi odamlarning orasida ko‘pgina farqli tomonlar bor! Masalan bir turdagi odamlar biror-bir qobiliyatni egallasalar hamki, uni amaliyotda qo‘llay olmaydilar. Boshqa bir turdagi odamlar asl nazariyotni bilmasalar ham uni amaliyotda muvaffaqiyatli qo‘llay oladilar. Shuning uchun o‘sha uzoq umr kechirib, o‘lmaydigan sirli usulni biladigan odamni tanqid qilib bo‘lmaydi. O‘sha odam o‘sha sirni bilsa ham, lekin hech o‘zining tanasida sinab ko‘rmagan bo‘lishi mumkin!"

KONFUTSIYNING MUM TISHLASHI

Bir kuni Konfutsiy uzoq sayohatga chiqqan ekan, yo‘lda bir to‘da bolalarning yig‘ilib turganligini ko‘ribdi.

Oldilariga borib qarasa, ikkita bola allanarsa haqida bahslashayotgan, boshqalari esa atroflarini o‘rab olib tomosha qilishayotgan ekan.

Birinchi bola:

"Quyoshning bizga eng yaqin payti, bu — tush paytidir" debdi.

Ikkinchi bola esa:

"Quyoshning bizga eng yaqin payti bu ertalabdir" debdi.

Raqib bola tag‘in qarshilik ko‘rsatibdi

"Noto‘g‘ri, umuman bunday bo‘lishi mumkin emas!"

"Seniki noto‘g‘ri, baribir meniki to‘g‘ri" deya bo‘sh kelmabdi ikkinchi bola.

Konfutsiy ulardan so‘rabdi:

"Sizlar nima haqda bahslashmoqdasizlar?"

Bolalar Konfutsiyni ko‘rib, o‘qimishli odam deb hisoblab, ikkalasi ham qo‘lidan tortib, undan kimning fikri to‘g‘ri ekanligini haqqoniy aniqlab berishni so‘rabdilar.

Konfutsiy ularga qarab shirin so‘z bilan:

"Sizlar har biringiz o‘z fikringizni so‘zlang-chi, nima haqda bahslashmoqdasizlar?" debdi.

Birinchi bola shoshilib debdi:

"Mening fikrimcha, quyosh endi chiqqanida bizga eng yaqin payti bo‘ladi, uning nazarida esa, tushga kelibgina quyoshning bizga eng yaqin payti bo‘lar emish".

Konfutsiy kulibdi:

"Unda har biringizning qarashlaringiz nimaga asoslangan?"

Bir bola:

"Gap shundaki, quyosh har kuni ertalab xuddi ochilgan soyabon kabi katta bo‘lib ko‘rinadi, lekin tushga kelib esa tuvak kabi kichkina bo‘lib ko‘rinadi. Odatda biz biror bir narsaga qarasak, qanchalik yaqin bo‘lsa, shuncha katta bo‘lib ko‘rinadi, qancha uzoq bo‘lsa shunchalik kichkina bo‘lib ko‘rinadi, nahotki isbotlab bo‘lmaydigan masala bo‘lsa?" debdi.

Raqib bola ham bo‘sh kelmay e’tiroz bildiribdi:

"Uning gapi noto‘g‘ri. Quyosh endi chiqqan paytida biz uncha ham issiqlikni his qilmaymiz, lekin tushga kelib, bizning hissiyotimiz boshqacha bo‘ladi, shu darajada issiq bo‘lishi mumkinki, hatto terlab ketamiz. O‘ylab ko‘ring, qo‘limizni olovning yoniga yaqinlashtirsak, issiq bo‘ladi, olovdan uzoqlashtirsak sovuqligini his qilamiz, bu haqiqat emasmi?"

Konfutsiy qunt bilan eshitibdi, lekin har qaysisi o‘zining fikrida turib olganligini ko‘rib, qanday yechim topishni bilmay qolibdi. Yosh bolalar Konfutsiyning mum tishlagan holatini ko‘rib kulib yuborishgan ekan.

KONFUTSIYNING HAYOT VA O‘LIM HAQIDAGI MULOHAZALARI

Bir kuni Konfutsiy o‘zining shogirdlari bilan Vey podshohligiga qarab yo‘l olibdi. Bir bug‘doy ekilgan dalaga kelib, oq sochli, boshini egib, belini bukib moshoq terayotgan qariyani ko‘rishibdi.

Bu qariyaning ismi Lin Ley bo‘lib, yoshi yuzga yaqinlashib qolgan ekan. Ko‘pchilik uni tanir, quvnoq, irodali odam sifatida bilar ekan. Bir asr yashab qo‘ygan, oilasiz, yolg‘iz bo‘lsa ham, juda quvnoq yashar ekan. Qariya juda ham mehnatkash ekan, odatda savat olib hosil yig‘ilgan dalalardagi moshoqlarni terib olarkan, ayrim paytlari yo‘lda ketaturib qo‘shiq bastalar ekan.

Konfutsiy yonidagi shogirdlariga debdi:

"Anavi oqsoch qariyani ko‘rdinglarmi? U deyarli bir asrni yashab qo‘ygan, dunyodagi ishlar haqida, odamlar hayoti borasida juda ko‘p narsalarni biladi, kim uning oldiga borib undan maslahat so‘ramoqchi?"

Zi Gan Lyu degan shogirdi oldga chiqibdi:

"Men boraman, menda unga juda ko‘plab savollar bor".

Zi Gan qariyaning oldiga borib, uning savatidagi moshoqlarga qarab so‘rabdi:

"Sizning yoshingiz shunchalik ulug‘, nima uchun bunday azoblanasiz? Men haqiqatan ham tushunmayman, chindan sizga qayg‘uraman, siz hali ham tinmay mehnat qilasiz, qo‘shiq kuylaysiz, shu haqda nima deb o‘ylaysiz?"

Qariya hech narsa eshitmagandek boshini egib, ham xirgoyi qilar, ham diqqatini bir yerga to‘plab bug‘doy boshoqlarini terardi.

Qariya oldinda ketardi. Zi Gan qariya uni e’tiborga olmayotganini ko‘rib, uning orqasidan yuraveribdi, qariya nihoyat uning savoliga savol bilan javob beribdi:

"O‘zingda nima yaxshi-yu, men haqimda qayg‘uryapsan?"

Zi Gan yana so‘rabdi:

"Men o‘ylashimcha, siz yosh bo‘lgan paytingizda aniq hech qanday muvaffaqiyatga erishmagansiz, hozir esa hayotingiz og‘ir. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, yoshingiz shunchalik ulug‘, umringiz borgan sari tugab bormoqda, yoningizda qarindoshlaringiz yo‘q, yolg‘iz hayot kechirasiz, yana mashaqqat bilan mehnat qilib o‘zingizni boqishingiz kerak, nahot bu narsa odamning rahmini keltirmaydi?"

Lin Ley javob beribdi:

"Men yosh bo‘lgan paytimda hech qanday tayyorgarligim yo‘q edi, sababi mana shu bo‘lsa kerak. Men endigina oson va uzoq umr kechirmoqdaman. O‘lgandan so‘ng, boshqa yaxshiroq dunyoga borsam kerak!" deb javob beribdi.

Zi Gan qariyaning so‘zlarini Konfutsiyga yetkazibdi, ustozi chuqur xo‘rsinib:



"Qariyaning fikrlarining hammasi ham to‘g‘ri emas. Hayotda baxt ham, qayg‘u ham bo‘ladi. Bor kuchni o‘qishga, mehnat qilishga sarflash kerak, o‘shandagina umrning oxirida xotirjam, tinch o‘ladi. Bu odam hozir hayotning yagona to‘g‘ri yo‘lidadir".
Download 65,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish