6-amaliy Mavzu: Ijodkorlik va intellektual sifatlarning barkamol shaxsni shakllantirishda tutgan o’rni 1



Download 49,08 Kb.
bet1/10
Sana22.06.2022
Hajmi49,08 Kb.
#690492
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6.1.-Amal mash (1)


6-amaliy Mavzu:Ijodkorlik va intellektual sifatlarning barkamol shaxsni shakllantirishda tutgan o’rni


11.Shaxs tushunchasini tasniflang.


2. 2. Ekstrovert va introvert toifali shaxslarni tasniflang va ularning ijodkorlik va intellektual sifatlarlariga ajratib ko’rsating.

3. Mobil va rigid toifali shaxslar tasniflang va ularning ijodkorlik va intellektual sifatlarlarini ajratib ko’rsating.


4. Ijodkorlik va uning rivojlanish jarayoni bosqichlari mazmunini yoritib bering.


5. Ijodning asosiy parametrlari va ularning mazmunini yoritib bering.


6.Oquvchilarning ijodkorlik va intellektual sifatlarlarini mazmunini yoritib bering.


7. “SHaxs”, “inson”, “barkamol shaxs” tushunchalarni qiyosiy tahlil qiling.


8. Barkamol shaxsni shakllantirish mezonlari va uning mazmunini yoritib bering.


9. Milliy ta’lim-tarbiya tarixida barkamol shaxs tarbiyasi tajribalari boyicha 2 ta alloma qarashlarini taxlil qilib bering.


10. Texnologiya fanining barkamol shaxsni shakllantirishdagi imkoniyatlarini tasniflab bering.




Shaxs-alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam. U oʻzida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Shaxs ijtimoiy-gumanitar fanlarda oʻz yoʻnalishi, tadqiqot obʼyekti va maqsadi nuqtai nazaridan turlicha talqin etiladi. U oʻta murakkab, ziddiyatli, qaramaqarshi, oʻzini oʻzi inkor etadigan mavjudot sifatida, biologik, fiziologik, ijtimoiy, maʼnaviy, ruhiy, axloqiy va estetik aqlidrok, tafakkur obʼyekti sifatida, hatto, falsafiy va mantiqiy, yashash huquqi va hayot mantigʻi jihatidan tadqiqot manbaiga aylanishi mumkin.
Shahrining shakllanish omillari koʻp va xilmaxiddir. Mas, genetik (nasliy), biologiktabiiy, madaniy, ijtimoiy hayot tajribasi, oʻz turdoshlari bilan munosabatlar va boshqalar shahrining genetik jihati uning nasliy asosi, ajdodlaridan yetib kelgan fizionomiya, feʼlatvor bilan, biofiziologik jihati esa yashash uchun quvvat olish, ovqatlanish, jinsiy aloqaga kirishish va nasl qoldirish singari individual ehtiyoj bilan belgilanadi.
Shaxs, mohiyatiga koʻra, madaniylashgan, ong, aql orqali faoliyatini boshqarish imkoniyatiga ega boʻlgan, ijtimoiytarixiy anʼana, turmush tarzi va tajribaga asoslangan muayyan avlodlar vakili. Shaxs fenomeni inson olamining butun murakkabliklarini oʻzida mujassam etadi. Uni har tomonlama oʻrganish maqsadida turli davrlarda tadqiqot olib borilgan. Ayniqsa, sharqda u yuksak axloqiymaʼnaviy meʼyorlar orqali tushunilgan va oliy xilqat, bebaho qadriyat deb hisoblangan. Inson shaxs sifatida komillikka intiladi, hayot mazmunini boyitadi, shu asosda kishilik jamiyatining goʻzal va farovon boʻlishiga ehtiyoj sezadi.
Shahrining hayot tarzi bevosita jamiyat hayotiga daxldor va hayot neʼmatlaridan toʻla foydalanishga haqli. Shaxs tushunchasi inson tushunchasining yuksak koʻrinishi, oliy maqomidir. Har qanday odam tabiiy mavjudligi, yashash huquqi va hayot qadriyatiga ega boʻlgan jonzotdir. Biroq u hamma vaqt ham toʻlaqonli shaxs boʻlib yetilmasligi mumkin.
Psixologlarning fikricha, (G.Asmolov, P.Shixerev, V.A.Yadov, P.Nadirashvili va boshqalar) ijtimoiy ustanovkalarni o‘zgartirish uchun shu ustanovkaning sababi bo‘lgan vaziyat yoki faoliyatning maqsadi va motivini o‘zgartirish shartdir. Shu narsa shaxsning aktiv ongli faoliyatida sodir bo‘ladi.
Shunday qilib, shaxs ijtimoiylashuv jarayonida turli ustanovkalarini ro‘yobga chiqarish sharoitida faollik ko‘rsatadi. Shunday faollikning natijalarini biz uning ijtimoiy-psixologik sifatlarida ko‘ramiz. 
Ya’ni, aktiv birgalikdagi faoliyat, o‘zaro muloqot jarayonida shaxsning ijtimoiy-psixologik fazilatlari shakllanadi.
Shuning uchun ham barcha sifatlar faoliyatda namoyon bo‘ladigan hamda muloqotda ko‘rinadigan sifatlar guruhiga bo‘linadi. Masalan, tashqi muhit bilan faol munosabat perseptiv himoya sifatlari, ya’ni o‘ziga xavf soluvchi yoki solishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy ta’sirlardan himoya qiluvchi xususiyatlar shakllanadi. Bu sifatlarni ba’zi mualliflar perseptiv qobiliyatlar (V.A.Labunskaya) deb atasalar, 
boshqalari “ijtimoiy ta’sirlarga hissiy javob berish qobiliyati” (A.Bodalev), 
“kuzatuvchanlik, ziyraqlik”(Y.U.Jukov) va hokazo deb atashgan. Boshqa sifatlar 
“muloqotda namoyon bo‘luvchi sifatlar”dir. Ular turli ijtimoiy kutishlar tizimi bilan 
bog‘liq bo‘lib, shaxsning turli sharoitlarda to‘g‘ri muloqotga kirishish imkoniyatini 
beradi. Bundan tashqari, har bir shaxsda o‘ziga xos tarzda dunyoni, odamlarni 
idrok qilish va tushunish qobiliyati borki, ular muloqot jarayonida kamroq 
xatolarga yo‘l qo‘yishini ta’minlaydi. Masalan, bosiqlik, mulohazalilik o‘zgalarning ichki dunyosini gaplari, hatti-arakatlariga qarab bilish qobiliyati va boshqalar shular jumlasidandir. Shu fazilatlarni qanchalik namoyon etaolishiga 
qarab shaxs tiplari farqlanadi. .

Download 49,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish