Xavfsizlik texnikasi
Kukun va pastalar ularning materiali hamda donadorlik nomeri yozib qo’yilgan tegishli idishlarda saqlanadi. Surkov materiallari ham shunday idishlarda saqlanishi kerak. Ishqalagichlarni zarblardan asrash lozim, ular tegishli javonlarda saqlanadi va berkitib qo’yiladi. Ishqalovchining ish o’rni yaxshi yoritilishi darkor.
Ishqalagichlar puxta o’rnatilishi kerak, aks holda tushib ke-tib, ishchini shikastlashi mumkin. Quruqlayin o’lchamiga yetkazish jarayonida ko’plab mayda metall va abraziv changlari ajraladi, shuning uchun ishqalovchining ish o’rni yaxshi ishlaydigan ventilyatsiya bilan jihozlanishi, ishchilar himoya ko’zoynaklari taqib olishlari zarur.
Pastalar tarkibida kislotalar ham bo’ladi, shu boisdan pastalarni qo’l bilan olish, ishqalagich sirtiga qo’lni tekkizish, qo’l bplan artish yaramaydi.
Aylanuvchi ishqalagichlar bilan ishlaganda kirshmlariing tugmasini qadab olish kerak. Qo’l ishqalagichga tegib ketmasligi uchun detalь aylanayotgan diskka sal-pal bosiladi.
Mexanizatsiyalashtirilgai asbobni ishlatayotganda tegishli xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |