Go‘sht (tirik vaznda)
|
mingt
|
841,8
|
1061,2
|
1139,4
|
1208,6
|
1287,9
|
1367,7
|
162,5
|
Sut
|
mingt
|
3632,5
|
4554,9
|
4855,6
|
5097,4
|
5426,3
|
5779.0
|
159,1
|
Tuxum
|
mln.
dona
|
1254,4
|
1966,7
|
2128,1
|
2220,4
|
2429,0
|
2715,9
|
216,5
|
Jun
|
toirna
|
15849,0
|
20081,0
|
21436,0
|
22483
|
23779
|
24980
|
157,6
|
Karakul terisi
|
ming
dona
|
747,6
|
688,8
|
726,6
|
781,0
|
896,8
|
897,9
|
120,1
|
Pilla
|
mingt
|
16,5
|
16,2
|
20,2
|
21,5
|
23,5
|
24,0
|
145,5
|
Keyingi 5 yilda zoovetpunktlar orqali pullik xizmat ko‘rsatish 6 barovarga osliib, 2009 yilning o‘zida 6 mlrd. 300 mln so‘mni tashkil etdi.
Shu davr ichida sigir va tanalami sun’iy urug‘lantirish 10 barobarga oshib, 1 mln. boshni tashkil etdi.
Chorvachilik o‘simlikchilik bilan chambarchas bog‘liq, chunki tarmoq faoliyatining samarasi ozuqa bazasining holati bilan belgilanadi. Chorvachilikda dalachilik (don chiqindilari, somon), sabzavotchilik (nostandart sabzavotlar, barglar, poya), qayta ishlash sanoatida (sheluxa, kepak, kunjara, shrot) kabilardan foydalaniladi. Olz navbatida, chorvachilik, o‘simlikchilikni, organik o‘g‘itlar bilan ta’minlab, tuproq unumdorligini oshirishga yordam beradi.
Chorvachilikdagi asosiy xususiyat shundaki, beriladigan ozuqalaming bir qismidangina chorva mollari mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalanadilar, ozuqaning qolgan qismi ulami saqlash uchun sarflanadi, qo‘shimcha ozuqa bilan aniqlanadi. Shu bois, chorvachilikdan samarali foydalanish uchun balanslashtirilgan ratsional ozuqa zarur.
Chorvachilik o‘simlikchilik bilan solishtirilganda, kamida tabiiy-iqlim sharoitiga kam darajada bog‘liqligi bilan farqlanadi. Shuning uchun chorvachilikda yil bo‘yi asosiy va aylanma ishlab chiqarish mablag‘lardan, mehnat resurslaridan bir tekisda foydalaniladi va yil davomida mahsulot realizatsiyasidan foyda kelib turadi.
Chorvachilik sutchilik va go‘sht chorvachiligi, parrandachilik, cho‘chqachilik, qo‘ychilik, baliqchilik, asalarichilik, yilqichilik, mo‘ynali hayvonlar va boshqa tarmoqlami qamrab oladi.
Chorvachilik mamlakatimiz hududida har yoqqa tarqalib ketgan. Tabiat va iqtisodiy sharoitlaming turli-tumanligi har turli chorva mollari tarkibida va nisbatida har xil turlami farqlash imkonini beradi.
Chorvachilik tizimini tanlab olishga qishloq xo‘jaligi korxonasining joylashgan o‘mi, ozuqa ekinlarining tarkibi va nisbati, ishchi kuchi bilan ta’minlanganlik, ishlami mexanizatsiyalash darajasi, chorvachilik mahsuloti bozorlarining ahvoli kabi qator omillar ta’sir qiladi.
Chorvachilik tarmoqlarining rivojlanishi va joylashishi aholini chorvachilik mahsulotlariga talabini qondirish, ishlab chiqarish resurslaridan, ayniqsa, ozuqalar va mehnatdan oqilona foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.
Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish butun mamlakat mintaqalari bo‘yicha intensifikatsiya, hayvonlar mahsuldorligini oshirish asosida rivojlanishi kerak.
Chorvachilikning yetakchi tarmog‘i chorva mollari tarmog‘idir. Uning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati eng awal mahsulotlaming yuqori to‘yimliligi xossalari bilan belgilanadi. Bu mahsulotlar orasida ozuqaliligi yuqoriligi bilan sut birinchi o‘rinda turadi. U yangi holicha ham, qayta ishlanib ham keng qo‘llaniladi. Yirik shoxli qoramol va qo‘y go‘shti mazalilik sifati bo‘yicha eng qimmatli hisoblanadi. Bu tarmoqdan, shuningdek, qimmatbaho charm va qo‘ychilik xom-ashyosi olinadi.
Chorvachilik tarmoq sifatida qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarining rivojlanishida ham muhim rol o‘ynaydi. 0‘simlikchilikda u qimmatli organik o‘g‘it - go‘ng. Yirik shoxli qoramol o‘stirishning boshqa turdagi hayvonlar bilan solishtirilganda yuqori samaradorHgi mahsulot ozuqasiga yuqori haq tolanishi, arzon o‘simlik ozuqalari va qayta ishlash sanoati chiqindilarini iste’mol qilishi bilan izohlanadi.
Chorvachilik tarmoqlarida yetishtirilayotgan mahsulotlar darajasi va samaradorligi
Chorvachilikni joylashtirishda mehnat resurslarining mavjudiligi, fermani mexanizatsiya bilan ta’minlash kabilar ham hisobga olinadi. Sutchilikka ixtisoslashgan chorvachilik bu sohaning eng sermehnat tarmoqlaridan hisoblanadi va nisbatan ko‘p mehnat sarfi talab qiladi.
Sigirlami sog‘ib olish uchun mehnat sarfi yiliga bir bosh sigirga 40-50 kishi/soat, ya’ni sigirlarga xizmat qilishdagi umumiy mehnat sarfining 32% gacha tashkil etadi. Bu sohada mehnat sarfini faqat taraqqiy etgan texnologiyani joriy etish bilangina pasaytirish mumkin.
Sut ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradoriigi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan aniqlanadi: 0‘rtacha bir yilda bir sigirdan sut sog‘ib olish, 11 sut uchun qilingan ozuqa sarfi, 11 sut tannarxi, 11 sut va ishlab chiqarishning yillik hajmi hisobiga sof foyda va rentabellik.
Qishloq xo‘jaligi va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda realizatsiyasi moddiy-pul resurslari va jonli mehnat sarflari (mehnatga haq to‘lash shaklida hisobga olinadigan) bilan bog‘liq. Bu xarajatlaming yig‘indisi ishlab chiqarish xarajatlari degan nom bilan yuritiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlari individual (alohida tashkilotlar) va ijtimoiy (mamlakat miqyosida, umuman, jamiyat) ga bo‘linadi. Ishlab chiqarishning ijtimoiy sarfi ustama qiymat bilan mahsulot (tovar) qiymatini tashkil etadi. Ular mahsulot (tovar) narxining iqtisodiy asoslari hisoblanadi.
Mahsulot tannarxi deyilganda mahsulot ishlab chiqarish uchun pul shaklida qilingan hamma xarajatlar (ishlab chiqarish xarajatlari) va xarajatlarga qo‘shilgan ustama qiymatning bir qismi (ish haqiga, ijtimoiy ehtiyojlar uchun ustama) tushuniladi. Tannarxlaming quyidagi turlari mavjud: individual, ijtimoiyga oid, ishlab chiqarishga oid, to‘liq (tijorat), rejali, haqiqiy, mahsulot birligiga, hamma mahsulotga.
Ishlab chiqarish tannarxiga ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar, ijtimoiy ehtiyojlarga va yerga soliq to‘lovlari kiradi.
To‘liq (tijorat) tannarx - bu realizatsiya qilingan mahsulot tannarxi. U ishlab chiqarish tannarxi va mahsulot realizatsiyasiga qilingan sarflardan iborat.
Ishlab chiqarish sarflari va mahsulot tannaxxidagi xarajatlar o‘z tarkibi, iqtisodiy vazifasi va ishlab chiqarishdagi roliga ko‘ra bir xil emas. Hisob- kitob va hisobotlami yuritishni soddalashtirish uchun xarajatlar klassifikatsiyalanadi.
Xarajatlar klassifikatsiyasi ulami elementlar va moddalar bo‘yicha bo‘lishni ko‘zda tutadi. Xarajatlaming iqtisodiy elementlari - bu xarajatlaming eng past, dastlabki hisobga olish shakli. Ular turlicha tarkibiy qismlarga, masalan, urug‘lik va ekish materiallari, ozuqa, yoqilg‘i-moylash materiallari kabilarga ajralmaydi. Mahsulot tannarxini hisoblashda (klassifikatsiyalanganda) xarajat elementlari xarajat moddalariga qo‘shiladi, masalan, o‘simliklami, hayvonlami himoyalash vositalari, asosiy vositalami saqlash uchun xarajatlar va b.
Xarajatlaming ayrim moddalari bir xil elementlardan iborat, shu bois ular o‘z nomlari bilan xarajat elementlaridan farqlanmaydi. Masalan, ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar bilan mehnatga haq toiash, ozuqa, urug‘lik va ekish materiallari, mineral va organik o‘g‘itlar. Bu - xarajatlaming oddiy moddalari. Undan tashqari, xarajatlaming kompleks bandlari ham mavjud. U bir xil bo‘lmagan elementlardan tashkil topgan. Ularga asosiy vositalami saqlash uchun qilingan chiqimlar, ishlar, xizmatlar, ishlab chiqarish va boshqarishm tashkil etish uchun xarajatlar kiradi.
Xarajatlar mahsulot tannarxiga qo‘shilish xususiyatiga ko‘ra bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) va bilvositaga bo‘linadi. Bevosita xarajatlar mahsulot tannarxiga to‘liq, qayta taqsimlashlarsiz (ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar bilan mehnatga haq to‘lash, urug‘lik va ekish materiallari, ozuqa) o‘tkaziladi. Bilvosita xarajatlar esa mahsulot tannarxiga qo‘shilishidan oldin mahsulotlaming turli xillari orasida qayta taqsimlanadi. Masalan, “Ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish” bo‘yicha xarajatlar moddasida umumishlab chiqarish va umumxo'jalik sarflari o'simlik- chilikda - urug‘lik va ekish materiallaridan, chorvachilikda - ozuqa, mahsulotlami qayta ishlashda xom-ashyo, materiallami istisno qilganda, xarajatlaming hamma moddalariga bevosita proportsional taqsimlanadi.
Ishlab chiqarishdagi ahamiyati bo‘yicha xarajatlar asosiy va qoplamaga bo‘linadi. Qoplamaga umumishlab chiqarish va umumxo'jalik sarflari, asosiyga esa qolgan hamma xarajatlar kiradi.
Bitta tarmoqdagi turli xil mahsulotlaming tannarxi xarajatlaming bir xil turdagi moddalaridan iborat bo’ladi.
Chorvachilikdagi mahsulotlar tannarxi xarajatlaming quyidagi moddalaridan jamlanadi:
Ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar bilan mehnatga haq to‘lash
Umg‘lik va ekish materiallari
Mineral va organik o‘g‘itlar
0‘simliklami himoya qilish vositalari
Asosiy vositalami saqlashga xarajatlar
Ishlar va xizmatlar
Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish bo‘yicha xarajatlar
Va boshqalar
Chorvachilik mahsuloti tamarxiga xarajatlarning quyidagi moddalari kiradi:
Ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar bilan mehnatga haq to‘lash
Ozuqa
0‘simliklami himoya qilish vositalari
Asosiy vositalami saqlash uchun xarajatlar
Ishlar va xizmatlar
Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish bo‘yicha xarajatlar
Chorva mollarining halok bo‘lishidan yo‘qotishlar
Va boshqalar
Yordamchi sanoat ishlab chiqarishi mahsulotlarining tannarxi xarajatlarning quyidagi moddalaridan iborat:
Ijtimoiy ehtiyojlarga chegirma bilan mehnatga haq to‘lash
Xom-ashyolar va materiallar
Asosiy vositalami saqlashga xarajatlar
Ishlar va xizmatlar
Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish bo‘yicha xarajatlar
Va boshqalar
Qayta ishlash sanoati tashkilotlarida mahsulot tannarxi xarajatlarning quyidagi moddlaridan iborat:
Xom-ashyo va materiallar
Qaytadigan chiqitlar
Tashqaridagi tashkilotlaming ishlab chiqarish xarakteridagi xarid mahsulotlari, yarim fabrikatlar va xizmatlari
Texnologik maqsadlarga yoqilg‘i va energiya
Ishlab chiqarishdagi ishchilar mehnatiga haq to‘lash
Ishlab chiqarishdagi ishchilaming qo‘shimcha ish haqlari
Ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar
Ishlab chiqarishga tayyorgarlik va uni o‘zlashtirish chiqimlari
Uskunalami saqlash va ekspluatatsiyasi chiqimlari
Umumishlab chiqarish xarajatlari
Umumxo‘jalik xarajatlari
Brakdanyo‘qotishlar
Ishlab chiqarishdan tashqari xarajatlar
t sut va nasi olishdagi 1 bosh buzoqning tannarxini hisoblash uchun sutchilikka yo‘naltirilgan asosiy poda bo‘yicha hamma xarajatlardan go‘nglarni tozalashga ketgan xarajatni hisoblash kerak. Qolgan xarajatlami sutga (90%) va buzoqga (10%) nisbat beriladi. Shundan keyin 1 t sut va 1 bosh buzoq tannarxi hisoblab chiqiladi.
Misol. Xo‘jalikda sog‘in sigirlaming asosiy podasiga qilingan sarflar 4291 ming so‘mni, shu jumladan, go‘ngni tozalash xarajatlari 40 ming so‘mni tashkil etdi. 1379.3 t sut yetishtirilib, 421 bosh buzoq olindi. Mahsulotlaming tannarxini hisoblash kerak bo‘ladi.
Hamma xarajatlardan go‘ngni yig‘ish uchun ketgan xarajatni ajratib olamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |