Aralash ta’lim (Vlended learning) kunduzgi ta’lim va masofaviy ta’limning elementlari kombinatsiyasi hisoblanib, u an’anaviy metodika va yangi texnologiyalarni integratsiyalashuviga imkon yaratiladi. Bu tizimda o‘qituvchi ta’lim markazida qoladi hamda internet imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanadi. Aralash ta’limda ta’limning kunduzgi shaklidagi an’anaviy usul hamda masofali ta’limning turli texnologiyalaridan foydalanish mumkin. Xorij amaliyotida Blended Learning - aralash ta’limning 6 ta modeli belgilangan : Face to Face Driver modeli, Flipped classroom modeli, Flex modeli, Online Lab modeli, Selfbrender modeli, Online Driver modeli.
Aralash ta’limda ta’lim oluvchi dastlab darsda o‘qituvchidan yangi bilimlarni o‘rganadi, o‘qishdan keyin uy vazifasini elektron ta’lim resurslari yordamida bajarib, o‘z bilimlarini oshiradi va mustahkamlaydi. O‘qituvchilar fan bo‘yicha laboratoriya ishlari, seminar mashg‘uloti nazorat savollari, keys savollarini yoki biror bir mavzuni mustaqil o‘rganish uchun talabalarga vazifa qilib berishlari mumkin. Moodle LMS tizimi esa o‘z navbatida, ta’lim oluvchilar bilimini nazorat qilishga mo’ljallangan nazorat savollari bilan boyitilgan bo‘lib, talabaning bilim olish surati va sifatini nazorat qilib boradi. Oliy ta’lim muassasalarda fanlar ma’ruzalarini o‘qitish jarayonida “Blended learning”-aralash ta’lim texnologiyasining “Flipped classroom” modelidan foydalanish samarali natijalarni beradi deb hisoblaymiz.
Flipped classroom - o‘rganish strategiyasi. Sinfni "ag‘darish" odatiy modeliga o‘tishdir, ya’ni, uning yordamida talabalar yangi bilimlarga ega bo‘ladilar. Bunda talabalar yangi o‘tiladigan mavzuni darsdan oldin mustaqil o‘qiydilar, so‘ngra dars vaqtida shu mavzuga oid munozaralar, muammolarni echish usullarini muhokama qiladiki, bu ularga yangi bilimlarni yangilash va o‘rganishga yordam beradi.
“Flipped classroom” modeli jihozlangan sinf modeli sifatida ham tanilgan bo‘lib, an’anaviy sinfdan ikki jihatdan farq qiladi: birinchidan, u standart ma’ruzalarni faol va talabalarga yo‘naltirilgan o‘quv faoliyati bilan almashtiradi. Ikkinchidan, talabalarga darsdan tashqari mustaqil bilim olishlari uchun video ma’ruzalarni tomosha qilish yoki qisqa audiolarni tinglash orqali yangi tushunchalarni o‘rganish imkoniyatini beradi.
McNally va boshqalar “flipped classroom”ni tashkil etuvchi to‘rtta elementni sanab o‘tadi:
a) talabalarga darsdan oldin tarkibni o‘rganishga yordam beradigan manbalar (masalan, yozib olingan onlayn videolar),
b)talabalarni darsga tayyorlashga yordam beradigan strategiyalar (masalan, viktorina, munozara savollari),
v) talabalarni baholash mexanizmi - tushunish (masalan, so‘rovnoma) va
d) talabalarga yo‘naltirilgan ta’limni o‘rganishga qaratilgan sinf faoliyati .
Lo va Hew larning ta’kidlashicha, “flipped classroom” modeli tushunib olishi uchun o‘quv videolarini to‘xtatib qo‘yishi yoki takrorlashlari mumkin. Tarkibni allaqachon bilgan talabalar vaqtni uchun qo‘llashlari mumkin. Ko‘p guruhli ma’ruza mashg‘uloti o‘rniga o‘qituvchilar, yakka tartibda, talabalarning birgalikda ish olib borishganlarida yordam berishlari mumkin. O‘qituvchi tomonidan ushbu sinf modelining samaradorligini tekshirish uchun “Flipped classroom” modeli o‘rganilmoqda. Masalan, Mason, G. S., Shuman, T. R. va Cook, K. E muhandislik kursidagi jihozlangan sinf va an’anaviy sinf samaradorligini taqqosladi.
«Flipped classroom» modelini joriy etishda muhim qadamlar:
qadam: Muayyan auditoriya yoki talabalarga kursdoshlar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi aloqani o‘z ichiga olgan amaliy ta’limdan qanday foyda olishlari haqida o‘ylaymiz. Bu erda biz uchun eng muhimi dars vaqtidan qanday foydalanish kerakligidir. Material jalb qilinishi va bahsga duchor bo‘lishi, o‘qituvchining shaxsiy
Do'stlaringiz bilan baham: |