5–9 sinflar toshkent 2010



Download 0.91 Mb.
bet13/15
Sana11.01.2017
Hajmi0.91 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15


Ma’naviyat asoslari bo‘limi





  • mustaqillik mohiyati va ma’naviy qadriyatlarni bilish, sharhlash;

  • madaniyatning ahamiyatini va ekologik ong tushunchasini anglash ;

  • bilimdonlik va vatanparvarlik – ma’naviy barkamollik mezoni ekanligini anglash;

  • milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ajrata bilish, ularning mohiyatini anglash;

  • sharq va g‘arb mutafakkirlarining ma’naviy qarashlarini tahlil eta olish;

  • ma’naviy-axloqiy fazilatlarni qadrlash;

  • milliy bayramlar, urf-odat va an’analar mazmunini tushunish.

  • ma’naviy-axloqiy fazilatlarni qadrlash;

  • oila, oilaviy qadriyatlarni anglash.


Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari ta’limining maqsad va vazifalari
Ushbu fanning asosiy maqsadi mustaqil taraqqiyot va jahonshumul mafkuraviy jarayonlar sharoitida milliy g‘oya va mafkurani o‘quvchilar qalbi va ongiga singdirish orqali ularda e’tiqod, dunyoqarash, tafakkur va insoniy fazilatlarni shakllantirishdan iborat.«Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari» fanining asosiy maqsadlaridan biri Prezident I.Karimov tomonidan belgilab berilgan g‘oya yurtimizda ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishga xizmat qiladigan yaxlit va izchil ta’limotni yoshlarimiz qalbi va ongiga singdirishdan iboratdir.

Mazkur fan milliy g‘oyaning asosiy tushuncha va tamoyillari, uning tarixiy negizlari, ilmiy, falsafiy, dunyoviy ildizlari, o‘ziga xos namoyon bo‘lish qonuniyatlari va xususiyatlari to‘g‘risida bilim beradi.



Davlat ta’lim standartlari ushbu fan yuzasidan o‘quvchi shaxsi va egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning belgilangan ma’lum me’yori, ilmiy asoslangan bilimlar hajmi bo‘lib, ta’lim tizimida barcha fanlar uchun bir xil emas. Shuningdek «Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari» fanida milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalariga ishonch va e’tiqodni shakllantirish hamda shu g‘oyalarni singdirishga qo‘yilgan talablar esa Davlat ta’lim standartining mazmunini belgilaydi.
«Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari» fani asosan:

  • yosh avlodni milliy g‘oya ruhida tarbiyalash;

  • ma’naviy-ruhiy kamol toptirish;

  • g‘oyaviy tarbiyalash va immunitetni shakllantirish;

  • ma’naviy-mafkuraviy e’tiqodni shakllantirish;

  • ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning mohiyatini anglab yetish;

  • vatanparvarlik va milliy iftixor tuyg‘usini, g‘ururni shakllantirish;

  • yosh avlodda insoniy fazilatlarni tarkib tortirish;

  • ilmiy, falsafiy va dunyoviy bilim berish kabi muhim vazifalarni amalga oshiradi.


O‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan zaruriy talablar


Milliy istiqlol g‘oyasi va va ma’naviyat asoslari fanining o‘qitilishini to‘g‘ri tashkil qilish va bu borada ta’lim-tarbiyaning an’anaviy hamda zamonaviy usullaridan to‘g‘ri foydalanish muhim ahamiyatga egadir. Shuningdek o‘quvchilarning bilim samaradorligini yanada oshirish uchun quyidagi asosiy talablarga amal qilish maqsadga muvofiqdir.

7-sinf

Bilim:

  • mafkura, milliy mafkura haqidagi tushunchalarni bilish;

  • g‘oyalarning jamiyat rivojlanishidagi o‘rni haqida bilish;

  • O‘zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari haqida bilish;

  • Ma’naviyatning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini bilish;

  • milliy iftixor tuyg‘usi haqida bilish;

  • bilimdonlik va tarbiyalilik – ma’naviy barkamollik ekanini bilish;

  • bunyodkor va vayronkor g‘oyalar haqida tushunchalarga ega bo‘lish;

  • madaniyat tushunchasini bilish;

  • madaniyat mezonlari haqidagi tushunchalarga ega bo‘lish;

  • “ommaviy madaniyat” – tushunchasini bilish;

  • Huquqiy madaniyat shaxs madaniyatining ajralmas qismi ekanligini bilish;

  • milliy qadriyatlarimizning umumbashariy qadriyatlar bilan uyg‘unligini bilish;

  • bilimdonlik – ma’naviy barkamollik ekanini bilish;

  • shaxs tarbiyasi davlatimiz siyosatining usuvor sohasi ekanligini bilish;

  • inson, tabiat, ekologik madaniyat haqida tushunchalarni bilish;

  • san’at har bir xalq, milatning ma’naviy-ruhiy qiyofasi ekanligini bilish;

  • insoniy fazilatlardan: insonparvarlik, mehr-muruvvat, xulq-odob, do‘stlik, o‘rtoqlik, kamtarlik, manmanlik, do‘stga vafo, muloqot haqidagi tushunchalarni bilish;

  • inson ma’naviyatining shakllanishida oila muhim o‘rin tutishini bilish.

Ko‘nikma:

    • “ommaviy madaniyat”ning insoniyat rivojiga salbiy ta’sirini anglash;

    • so‘zlashuv madaniyati, kiyinish madaniyati, aloqa vositalaridan foydalanish madaniyati, axborot tanlash va unga egalik qilish va undan foydalanish madaniyati tushunchalarini anglash;

    • tasviriy san’at darslarida milliy ma’naviyatimizni aks ettiruvchi rasmlarni chizishga harakat qilish;

    • o‘z burchini anglash va o‘zgalar huquqlarini hurmat qilish;

    • milliy qadriyatlarimiz va urf odatlarimizga zid bo‘lgan bayram va odatlarning salbiy oqibatlarini anglash;

  • insonparvarlik – oliy fazilat belgisi ekanligini anglash;

  • mehr-muruvvat – yuksak fazilat ekanligini anglash;

Malaka:

    • Bunyodkor va vayronkor g‘oyalarga nisbatan o‘z munosabatini bildira olish;

    • muomala madaniyatiga ega bo‘lish;

    • kichiklarga izzatda, kattalarga hurmatta bo‘la olish;

    • axloq-odob qoidalariga rioya qilish;

    • milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizga zid bo‘lgan bayramlar, odatlarni qabul qilmaslik.

    • mavzular bo‘yicha baxs munozaralarda faol ishtirok etish;

    • darslikda berilgan savollar va topshiriqlarni bajarish;

    • qo‘shimcha manbalardan foydalanish;

    • o‘z fikrlarini boshqa fan (tarix, geografiya va b.)lar bilan bog‘lagan holda bayon qila olish.


8-sinf

Bilim:


    • Milliy mafkura tushunchasini bilish;

    • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12 –moddasini mazmunini tushunish;

    • milliy mafkuramizning bosh g‘oyasini bilish;

    • Vatan ravnaqi mamlakatning hamma sohalari bo‘yicha rivojlanish va yuksalish ekanligini bilish;

    • yurt tinchligi – barqaror taraqqiyot garovi ekanligini bilish;

    • xalq farovonligi – erkinlik, tadbirkorlik va tashabbuskorlik ekanligini bilish;

    • komil inson har tomonlama yetuk inson ekanligini bilish;

    • ijtimoiy hamkorlik – manfaatlar mushtarakligidan hosil bo‘luvchi umummilliy maqsad ekanligini bilish;

    • millatlararo hamjihatlik yagona maqsad yo‘lida mehnat qilayotgan turli millat va elat vakillari ahilligining ma’naviy asosi ekanligini bilish;

    • dinlararo bag‘rikenglik (tolerantlik) xilma-xil din va mazhab egalarining bir-birining e’tiqodini o‘zaro hurmat qilishi ekanligini bilish;

    • milliy g‘oya va milliy mafkuraning o‘zida nimalarni mujassam ettirishini bilish;

    • milliy mafkura qanday talablarga javob berishini tushunish;

    • mustaqillik beqiyos ma’naviy imkoniyatlar ekanligini anglash;

    • mamlakatimizning ichki va tashqi siyosati, iqtisodiy-ijtimoiy yangilanish jarayonlarning manbai ma’naviyat ekanligini bilish;

    • yurtimizdagi moddiy va ma’naviy jarayonlarning o‘zaro bog‘liq holda rivojlanayotgani haqidagi ma’lumotlarni bilish;

    • davlatimizning ijtimoiy himoya sohasidagi siyosatini anglash;

    • oila sog‘lom ekan – jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqaror ekanligini bilish;

    • mamlakatimizda nishonlanadigan bayramlarning ma’nviy mohiyatini bilish;

    • til – ma’naviyat ko‘zgusi ekanligini bilish.

Ko‘nikma:

    • Milliy mafkura o‘zligimizni, muqaddas an’analarimizni anglash tuyg‘ularini, xalqimizning ko‘p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun quyilgan oliy maqsad va vazifalarni qamrab olishini anglash;

    • milliy mafkuraning har qanday millatchilik va shunga o‘xshagan unsurlardan xoli ekanligini anglash;

    • milliy mafkuraning el yurtni buyuk maqsadlarni amalga oshirish yo‘lidagi birlashuvining vositasi ekanligini anglash;

    • milliy urf-odatlarimiz va ularning zamirida mujassam bo‘lgan mehr-oqibat, insonni ulug‘lash, tinch va osoyishta hayot, do‘stlik va totuvlikni qadrlash tushunchalarini anglash;

    • insonning eng asosiy huquqlaridan biri – tinch yashash huquqini davlat tomonidan ta’minlanayotganligini anglash;

    • urushlar doimo taraqqiyotni orqaga surishini anglash;

    • komil inson g‘oyasi va milliy g‘oyaning o‘zaro uyg‘unligini tushunish;

    • o‘tmishsiz kelajak, hamkorliksiz taraqqiyot bo‘lmasligini anglash;

    • millatlararo totuvlik umumbashariy qadriyat ekanligini anglash;

    • barcha dinlar ezgulik g‘oyalariga asoslanishini tushunish;

    • inson qadri – ulug‘, xotirasi boqiy ekanligini anglash

Malaka:


    • Urf odatlar va milliy qadriyatlarni hurmat qilish;

    • o‘rgangan bilimlari asosida shaxsiy namuna ko‘rsatish;

    • g‘oyaga qarshi g‘oya, fikrga qarshi fikr jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish;

    • mavzular bo‘yicha bahs-munozaralarda faol ishtirok etish;

    • darslikda berilgan savol, topshiriqlarni bajara olish;

    • qo‘shimcha manbalardan foydalanish;

    • oilaviy qadriyatlar va an’analarni saqlash;

    • axborotni qabul qilish va undan to‘g‘ri foydalana olish;

    • o‘z fikrlarini boshqa fan (tarix, geografiya va b.)lar bilan bog‘lagan holda bayon qila olish.


9-sinf

Bilim:



  • mafkuraviy poligon haqidagi tushunchani bilish;

  • g‘oyaviy bo‘shliq mavjud joyda sog‘lom e’tiqod va dunyoqarash bo‘lmasligini bilish;

  • “mafkuraviy poligon” yadroviy poligondan ham kuchli ekanligini bilish;

  • “mafkuraviy immunitet” insonning turli g‘oyaviy ta’sirlarga qarshi kurashi ekanligini bilish;

  • terrorizm – tinchlik va taraqqiyotga tahdid soluvchi kuch ekanligini bilish;

  • taraqqiyotning o‘zbek modeli va uning besh tamoyili hamda yetti ustuvor yo‘nalishini bilish;

  • taraqqiyotni isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini bilish;

  • til–ma’naviyat ko‘zgusi, millatning ruhi, o‘zligini namoyon qiluvchi, ko‘hna tariximiz ekanligini bilish;

  • komillik, insonparvarlik, mukammallik, insonning eng go‘zal fazilati ekanligini bilish;

  • burch, mas’uliyat, ota-onalik burchi, farzandlik mas’uliyati haqida bilish;

  • oila – ma’naviy tarbiya maskani, jamiyatning asosiy negizi ekanligini bilish;

  • ijtimoiy munosabatlar haqida bilish.


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa