5–9 sinflar toshkent 2010



Download 0.91 Mb.
bet11/15
Sana11.01.2017
Hajmi0.91 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15



8- sinf


(34 soat, haftasiga 1 soat)

1-dars: Kirish (1 soat).


O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi. Davlat va huquq asoslari fanining o‘ziga xos xususiyatlari, uning boshqa fanlar bilan o‘zaro munosabati.
I bob. Jamiyat va davlat (6 soat)
2- dars: Jamiyat (1 soat).

Jamiyat haqida tushuncha. Inson va jamiyat.


3-dars: Davlat (1 soat).

Davlat tushunchasi. Davlat belgilari.


4-dars: Davlat funksiyalari (1 soat).

Davlat funksiyasi tushunchasi. Davlatning ichki va tashqi funksiyalari.


5-dars: Davlatning boshqaruv shakllari (1 soat).

Davlat boshqaruvi. Monarxiya va respublika boshqaruvidagi davlatlar, ularning belgilari.


6-dars: Davlat tuzilishi shakllari (1 soat).

Davlat tuzilishi shakllari va tushunchasi, ularning belgilari.


7- dars: Siyosiy tartibot (rejim) (1 soat).

Siyosiy tartibot (rejim) tushunchasi. Demokratik va g‘ayridemokratik rejim.


8-dars: 1- Nazorat ishi (1 soat).
II bob. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati (4 soat).
9- dars: Huquqiy davlat (1 soat).

Huquqiy davlat tushunchasi. Huquqiy davlat belgilari.


10- dars: O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslari (1 soat).

Fuqarolik jamiyati tushunchasi. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish asoslari.


11-dars: Huquqiy madaniyat (1 soat).

Huquqiy madaniyat tushunchasi. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish. Huquqiy islohotlar.


III bob. O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatining asoslari (5 soat).
12-dars: O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati tizimi (1 soat).

Davlat hokimiyati tizimi tushunchasi. Hokimiyat bo‘linishi tamoyillari.


13-dars: O‘zbekiston Respublikasida qonun chiqaruvchi organlar (1 soat).

O‘zbekiston Respublikasining Oliy majlisi.

Oliy majlis Qonunchilik palatasi va Senatining vazifalari.

14-dars: Davlat boshlig‘i (1 soat).

Prezident – davlat boshlig‘i. Prezident vakolatlari.


15- dars: 2-Nazorat ishi (1 soat).
16- dars: O‘zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organlari (1 soat).

Ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimi. Ularning vazifalari.


17- dars: Huquqni muhofaza qiluvchi organlar (1 soat).

Huquqni muhofaza qiluvchi organ va idoralar, ularning vakolatlari.


18-dars: O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi (1 soat).

Sud hokimiyati tushunchasi. Sud hokimiyati tizimi.


IV bob. Axloq va huquq (5 soat).
19-dars: Axloq va huquq asoslari (1 soat).

Axloq me’yorlari va ularning jamiyat hayotidagi o‘rni. Huquqning vujudga kelishi. Huquqning funksiyasi.


20-dars: Huquqiy normalar (1 soat).

Huquqiy norma tushunchasi. Huquqiy normalar.


21-dars: Huquq sohalari (1 soat).

Huquq sohasi tushunchasi. Milliy huquq tizimi.


22-dars: Huquqiy munosabatlar va ularning tuzilishi (1 soat).

Huquqiy munosabat tushunchasi. Huquqiy munosabatlarning subyektlari va obyektlari. Huquqiy munosabatlarning mazmuni.


23- dars: O‘zbekistonning huquq manbalari (1 soat).

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tuzilishi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va qonunosti hujjatlari. Xalqaro huquq normalari.


24- dars: 3-Nazorat ishi (1 soat).
V bob. Huquqbuzarlik va yuridik javobgarlik (3 soat).
25- dars: Huquqbuzarlik (1 soat).

Huquqbuzarlik tushunchasi. Huquqbuzarlik obyektlari. Huquqbuzarlik turlari.



26- dars: Yuridik javobgarlik (1 soat).

Yuridik javobgarlik tushunchasi. Yuridik javobgarlik turlari.


27- dars: Huquqiy tartibot va qonunchilik (1 soat).

Qonun ustuvorligi tushunchasi. Huquqiy ong, huquqiy tartibot.


VI bob. Voyaga yetmaganlarning huquq va burchlari (3 soat).

28- dars: Voyaga yetmaganlarning huquqiy maqomi (1 soat).

Voyaga yetmaganlik tushunchasi. Voyaga yetmaganlarning huquq va muomala layoqati.


29-dars: Oila qonunchiligida voyaga yetmaganlarning huquq va majburiyatlari (1 soat).

Oilada bolaning huquqiy holati. Voyaga yetmaganlarning majburiyatlari.


30- dars: Mehnat qonunchiligida voyaga yetmaganlarning huquqlari (1 soat).

Mehnatga oid huquqiy munosabatlarda voyaga yetmaganlarning huquqlari. Voyaga yetmaganlarning mehnatiga haq to‘lash, ularning ish va dam olish vaqti.


31- dars: 4- Nazorat ishi (1 soat).
32-dars: Takrorlash (1 soat).
33-dars: Umumlashtiruvchi dars (2 soat).
9-sinf

(34 soat, haftasiga 1 soat)
I bo‘lim. Konstitutsiya asosiy qonun (6 soat).
1-mavzu: Konstitutsiyaviy huquq (1 soat).

Konstitutsiyaviy huquq sohasi. Uning boshqa huquq sohalari bilan o‘zaro bog‘liqligi. Konstitutsiyaviy huquq manbalari.


2-mavzu: Konstitutsiyaning yaratilish omillari (1 soat).

Konstitutsiyani qabul qilish zarurati. Konstitutsiyaning belgilari.


3-mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o‘ziga xos xususiyatlari (1 soat).

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o‘ziga xos tuzilishi. Muqaddima. Konstitutsiyada mustahkamlangan umuminsoniy qadriyatlar. Konstitutsiya va milliy manfaatlar ustuvorligi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi.


4-mavzu: Konstitutsiyaning asosiy prinsiplari (1 soat).

Davlat suvereniteti. Xalq hokimiyatchiligi. Konstitutsiya va qonunning ustunligi.


5-mavzu: Tashqi siyosat (1 soat).

Davlatning tashqi siyosiy faoliyati. O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy prinsiplari.


6-mavzu: O‘rganilgan mavzularni takrorlash: “Konstitutsiya-davlatning asosiy qonuni” (1 soat).
1-Nazorat ishi (1 soat).
II bo‘lim. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari. (8 soat)
7-mavzu: Inson va fuqarolar huquqlariga oid umumiy qoidalar (1 soat).

Inson va davlatning o‘zaro bog‘liqligi. Inson huquqlariga oid manbalar. Fuqarolarning qonun oldida tengligi. Huquq va erkinliklar daxlsizligi.


8-mavzu: O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi (1 soat).

Fuqarolik. Fuqarolikka qabul qilish asoslari va uni to‘xtatish shartlari. Fuqaro va davlat. O‘zbekiston fuqarosining huquqiy maqomi.


9-mavzu: Shaxsiy huquq va erkinliklar (2 soat)

Yashash huquqi tushunchasi. Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi. Qadr-qimmat va shaxsiy hayotga tajovuzdan himoyalanish huquqi. Yashash joyini erkin tanlash huquqi. Turar joy dahlsizligi. Vijdon erkinligi.


10-mavzu: Siyosiy huquqlar (1 soat).

Siyosiy huquq tushunchasi. Fuqarolarning saylov huquqi. Siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari va jamoat birlashmalariga uyushish huquqi. Yig‘ilishlar va namoyishlar o‘tkazish erkinligi.


11-mavzu: Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar (1 soat).

Ijtimoiy va iqtisodiy huquqlar tushunchasi. Mulkdor bo‘lish huquqi. Mehnat qilish va erkin kasb tanlash huquqi. Ijtimoiy ta’minot olish huquqi.



12-mavzu: Inson huquq va erkinliklarining kafolatlari (1 soat).

Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari tushunchasi. Konstitutsiya va qonunlarda inson huquq va erkinliklari kafolatlanishi.


13-mavzu: Fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlari (1 soat).

Konstitutsiyaviy burch va majburiyat tushunchasi. Huquq va burchlar birligi.


14-mavzu: O‘rganilgan mavzularni takrorlash: “Inson va fuqarolarning huquq, burch va majburiyatlari” (1 soat).
2- Nazorat ishi (1 soat).
III bo‘lim. Jamiyat va shaxs ( 12 soat).

15-mavzu: Jamoat birlashmalari va ommaviy axborot vositalari faoliyati (1 soat).

Jamoat birlashmalari tushunchasi. Siyosiy partiyalar. Ommaviy axborot vositalari.


16-mavzu: Oila va jamiyat (1 soat).

Oila davlat va jamiyat himoyasida. Ota-onalar va farzandlarning huquq va burchlari.


17-mavzu: Ma’muriy-hududiy tuzilish tushunchasi (2 soat).

O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi shakllari. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar, qishloqlar, ovullar, ularning hududiy tuzilishi va o‘ziga xos xususiyatlari.



18-mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Davlat hokimiyatining tashkil etilishi (1 soat).


O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati tizimi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi. Oliy Majlis palatalarining shakllanish tartibi.
19-mavzu: O‘zbekiston Respublikasining saylov tizimi (1 soat).

O‘zbekiston Respublikasida saylov tizimi. Saylovlarning davlatda demokratik munosabatlarni rivojlantirishdagi ahamiyati. Saylovga oid demokratik prinsiplar. Referendum va uni o‘tkazish tartibi.


20-mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti (1 soat).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning vakolatlari


3- Nazorat ishi (1 soat).
21-mavzu: O‘zbekiston Respublikasinig ijro etuvchi hokimiyat organlari (1 soat).

Vazirlar Mahkamasining asosiy vakolatlari. Hokimlar va ularning vakolatlari.


22-mavzu: O‘zbekiston Respublikasining sud tizimi (1 soat).

O‘zbekiston Respublikasining sud tizimi. Sudlar faoliyatining asosiy prinsiplari.


23-mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Prokuratura organlari (1 soat).

O‘zbekiston Respublikasi Prokuratura organlarining vazifalari. Prokuratura organlarining tuzilishi.
24-mavzu: O‘zbekiston Respublikasida moliya va kredit (1 soat).

Huquq va iqtisodiyotning o‘zaro bog‘liqligi. O‘zbekiston respublikasining moliya va pul-kredit tizimi. Soliqlar. Davlat budjeti


25-mavzu: Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari (1 soat).

Mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, ularning vakolatlari.


26 –mavzu: O‘rganilgan mavzularni takrorlash: “Jamiyat va shaxs” (1 soat).
4- Nazorat ishi (1 soat).
Yakuniy takrorlash (2 soat).

Iqtisodiy bilim asoslari fanidan

Davlat ta’lim standarti


O‘quvchilar iqtisodiy bilim asoslariga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart:

  • asosiy iqtisodiy qonuniyatlar, tushuncha va atamalarni bilish, ularning mohiyatini tushunish;

  • marketing, talab va taklif haqida bilimga ega bo‘lish;

  • tadbirkorlik va raqobat haqida fikr yurita olish;

  • mehnat munosabatlari va ish haqida tushunchaga ega bo‘lish;

  • soliq tizimi haqida tasavvurga ega bo‘lish;

  • mulk va mulkiy munosabatlarni bilish;

  • pul, narx, moliya, davlat budjeti va bank faoliyati haqida ma’lumotga ega bo‘lish;

  • marketing va menejment faoliyatini bilish;

  • oila xo‘jaligini yuritishning umumiy qoidalarini, oila budjetini shakllantirishda foyda, chiqim va ularning manbalarini bilish;

  • bozor sharoitida (shahar va qishloq sharoitidagi) oilalarning iqtisodiy aloqalarini taqqoslay olish;

  • iste’mol tovarlari reklamasi tahlilini bilish;

  • tadbirkorlik turlarini (ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy) bilish;

  • Prezident asarlarini bilish, ularda ilgari surilgan g‘oyalar asosida mushohada yurita olish;

  • O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish tamoyillarini bilish;

  • O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dastlabki tushunchalarini bilish;

  • bozor va uning turlarini bilish;

  • ijtimoiy foydali va unumli mehnat ko‘nikmalariga ega bo‘lish.


IQTISODIY TA’LIMning MAQSAD va vazifalari
Iqtisodiy ta’limning asosiy maqsadi o‘quvchini iqtisodiy faoliyat subyektti sifatida qaralgan holda o‘quvchilarning kelajakdagi hayotiy qobiliyatlarini oshirish va buning uchun iqtisodiyotning tuzilishini o‘rganish, undagi o‘zining o‘rnini his etish, zamonaviy iqtisodiy xulq-atvor normalarini, iqtisodiy madaniyatni egallash, zamonaviy iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, mehnat vositalariga va natijalariga tejamkorlik munosabatini tarbiyalashdan iboratdir.

Iqtisodiy ta’lim yana quyidagi maqsadlarga erishishga ham imkoniyat yaratadi:

  • Milliy mustaqillik g‘oyalarini targ‘ib etish;

  • xalqimizning iqtisodiy merosini o‘rgatish;

  • vatanparvarlik, milliy g‘ururni tarkib toptirish, rivojlantirish;

  • iqtisodiyot ilmi rivojiga hissa qo‘shgan qomusiy olimlarimiz ilmiy merosidan o‘quvchilarni xabardor qilish;

  • o‘quvchilarda bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, yangi iqtisodiy madaniyat, yangicha iqtisodiy fikrlash va tafakkurni shakllantirish;

  • Respublikamizning iqtisodiy salohiyati, Prezident asarlari, qator farmon, qonun va qarorlarda o‘z aksini topgan iqtisodiy siyosat asoslari, xukumatimiz tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar, O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tish tamoyillari bilan tanishtirish;

  • o‘quvchilarning iqtisodiy savodxonligini oshirish, zamonaviy iqtisodiy nazariya va tadbirkorlik asoslarini singdirish;

  • o‘quvchilarga yangi vujudga kelgan iqtisodiy shart-sharoitlar asosida yashash va faoliyat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan amaliy iqtisodiy bilim va malakalarni shakllantirish;

  • o‘quvchilarda jamiyat taraqqiyotida bo‘layotgan o‘zgarishlarning iqtisodiy mohiyatini anglash, tahlil qilish, ular haqida fikr yuritish va o‘z munosabatini bildirish ko‘nikmalarini tarkib toptirish;

  • iqtisodiyot bilan bog‘liq bo‘lgan muayyan hayotiy vaziyatlarda eng maqbul yechim topa bilish ko‘nikmalarini hosil qilish.


Iqtisodiy bilim asoslari fanidan o‘quvchilar egallashlari zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar

8-sinf

Bilimlar:

  • iqtisodiy resurslarning ehtiyojlarga nisbatan cheklanganligi muammosi, imkoniyatlar ichidan birini yoki bir nechtasini tanlashga olib kelishini tushunib yetish;

  • ishlab chiqarish va uning omillarini tavsiflash;

  • har qanday iqtisodiy ho‘jalik yuritish tizimida “Nima ishlab chiqarish kerak?”, “qanday ishlab chiqarish kerak”, “Kim uchun ishlab chiqarish kerak” degan savollarga javob berish lozimligini tushunib yetish;

  • bozor iqtisodiyotining asosiy ustunlari: erkin iqtisodiy faoliyat, xususiy mulk, erkin narx, foyda olishga bo‘lgan intilish, monopoliyani rad etish va raqobatning mohiyatini bilish;

  • tovar va tovar ho‘jaligini bilish;

  • bozor tushunchasini keng ma’noda tushunish va bozor turlarini bilish;

  • iste’molchilar huquqlarini bilish va ularni himoya qilishda turli jamoat tashkilotlari, kasaba uyushmalarining rolini bilish;

  • mulkiy munosabatlarning iqtisodiyotdagi rolini anglab yetish;

  • O‘zbekistonda xususiylashtirish jarayonining o‘ziga xos tomonlarini bilish;

  • O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish tamoyillarini bilish;

  • O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dastlabki tushunchalarini bilish;

  • bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatning mohiyati va ahamiyatini tushunish va turlarini bilish;

  • asosiy ekologik muammolarni bilish va ularning kelib chiqish sabablari va oqibatlarini tushuntira olish;

  • zamonaviy pullar—plastik kartochkalar.

  • soliqning mohiyatini turlarini bilish;

  • soliq qonunchiligidan habardor bo‘lish;

  • to‘g‘ri va egri soliq haqidagi bilimlarga ega bo‘lish;

  • mahalliy va umumdavlat soliqlari haqidagi bilimlarga ega bo‘lish;

  • jismoniy va yuridik shaxs haqidagi bilimlarga ega bo‘lish;

  • soliqqa tortishning asosiy tamoyillari haqidagi bilimlarga ega bo‘lish;

  • soliq subyektti, soliq obyekti, soliq stavkasi haqidagi bilimlarga ega bo‘lish;

  • soliq to‘lovchining huquq va majburiyatlari haqidagi bilimlarga ega bo‘lish;

  • Prezident Islom Karimovning “Jahon moliyaviy iqtisodiy-inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari” kitobidagi g‘oyalarni tushunish.


Ko‘nikmalar:

  • iqtisodiy tizimlarni bilish, ularning ijobiy, salbiy tomonlarini sanash va o‘zaro taqqoslay olish;

  • Respublikamizda qishloq xo‘jaligida, moliya-kredit sohasida, tashqi iqtisodiy faoliyatda va ijtimoiy sohalarda olib borilayotgan islohotlarni va mustaqillik davrida erishilgan yutuqlarini sanab ko‘rsatish;

  • iste’molchilarning daromad manbalari, xarajatlarini bilish va bozorda o‘zini iste’molchi sifatida tutishning oddiy amaliy ko‘nikmalarini egallash;

  • turli xil mulk shakllarini bir-biridan farqlash;

  • ishlab chiqarishning umumiy, o‘zgaruvchan, o‘zgarmas xarajatlarini bir-biridan farqlay olish, yalpi daromad va foydani topa bilish;

  • bozorlarning monopollashish darajasiga qarab farqlay va taqqoslay olish;

  • ma’lum shartlar asosida ayirboshlashni amaliyotda tashkil qila olish;

  • talab va taklifga ta’sir etuvchi omillarni aniqlay bilish;

  • soliqlar va ularning turlarini ajrata olish;

  • soliqqa tortish tamoyillarini bir-biridan ajrata olish;

  • soliq munosabatining subetklari va obektlarini ajrata olish;

  • jismoniy va yuridik shaxs haqida ma’lumotga ega bo‘lish.


Malakalar:

  • tanlovning muqobil qiymatini aniqlay olish va uni tanlov natijasini baholashda qo‘llay olish;

  • talab va taklifning o‘zaro nisbati asosida tovar narxining shakllanish mexanizmini bilish va uni bozorda tovar narxining o‘zgarish sabablarini tushuntirishda qo‘llay olish;

  • tanlov natijasiga ko‘ra muqobil qiymatni aniqlash;

  • ishlab chiqarish imkoniyatlarini aniqlay bilish;

  • talab va taklif egri chiziqlarini chizish va ular asosida muvozanat narxini topa bilish;

  • oila xarajatlari va daromadlari miqdorini aniqlash va budjetini tuzish;

  • mahsulot tannarxi, ishlab chiqarish narxi, chakana va ulgurji narxlarni aniqlay bilish;

  • soliq to‘lovchining huquq va majburiyatlariga oid amaliy vaziyatlarni bajara olish;

  • soliqlarning mamlakat hayotida muhimligini iqtisodiy jihatdan isbotlay bera olish.


Iqtisodiy bilim asoslari fanidan o‘quvchilar egallashlari zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar

9-sinf

Bilimlar:

- tadbirkorlikning asosiy tashkiliy – huquqiy shakllarini bilish;



  • tadbirkorlik bilan shug‘ullanishning huquqiy asoslari haqida ma’lumotga ega bo‘lish;

  • menejment va marketing tushunchalarining mohiyatini tushunish;

  • tadbirkorlik faoliyatini yuritishning tashkiliy va moliyaviy yo‘l –yo‘riqlari bilan tanishish;

  • aksiyadorlar jamiyati haqida tushunchaga ega bo‘lish;

  • aksiyaning nominal va bozor narxini bilish;

  • firma ochish haqidagi ma’lumotlarni bilish;

  • yalpi daromad, foyda va zarar haqida tushunchaga ega bo‘lish;

  • Davlatning iqtisodiyotdagi o‘rni va vazifalarini bilish;

  • Davlat budjeti, uning daromad qismi manbalari va xarajat qismi tarkibini bilish;

  • soliqlar, ularning turlarini bilish va iqtisodiyotdagi rolini tushunish;

  • daromad solig‘i, daromad solig‘i stavkasi, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, qo‘shilgan qiymat va aksiz soliqlari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • soliq haqidagi mutafakkirlar qarashlarini bilish;

  • xom ashyo va energiya tanqisligi sabablarini bilish;

  • iqtisodiy rivojlanishning notekisligi haqidagi tushunchalarni bilish;

  • bank tizimi, Markaziy bank va tijorat banklarining vazi­falarini bilish;

  • Davlatning iqtisodiy (budjeti-soliq va pul-kredit) siyosati haqida ma’lumotga ega bo‘lish;

  • iqtisodiy o‘sish va aholi turmush tushunchalarining mohiyatini bilish;

  • O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish;

  • ishsizlik va inflyatsiyaning mohiyati, sabablari va oqibatlarini bilish;

  • tashqi savdoga qo‘yiladigan to‘siqlar haqida ma’lumotga ega bo‘lish;

  • valyuta kursi va unga ta’sir etuvchi omillarni bilish;

  • jahon iqtisodiyoti muammolaridan voqif bo‘lish;

  • iqtisodiyot ilmi tarixiga oid asosiy faktlarni va uning taraqqiyotiga hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz va iqtisodchi olimlar haqida ma’lumotga ega bo‘lish;

  • Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobidagi iqtisodiy bilimlarga oid konseptual g‘oyalarni, “Jahon moliyaviy iqtisodiy-inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari” kitobidagi g‘oyalarni tushunish.


Ko‘nikmalar:

  • eng sodda iqtisodiy qaror qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

  • bozorda iste’molchi, xaridor sifatida o‘zini tutishning boshlang‘ich amaliy ko‘nikmalarini egallash;

  • oilada ro‘zg‘or yuritish va tejamkor bo‘lishning boshlang‘ich amaliy ko‘nikmalarini egallash;

  • firma mablag‘larini turlarga ajrata olish;

  • firma iqtisodiy faoliyatini samaradorligini baholay olish;

  • aksiyalarni ajratish;

  • asosiy ekologik muammolarni bilish, ularning kelib chiqish sabablari va oqibatlarini iqtisodiy nuqtai nazardan tushuntira olish;

  • tadbirkorlik bilan shug‘ullanishning boshlang‘ich ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

  • mamlakat iqtisodiyotining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini bilish va turli mamlakatlarning ko‘rsatkichlarini o‘zaro taqqoslay olish;

  • xalqaro savdo va ixtisoslashuvning afzalliklarini va kamchiliklarini sanay olish;

  • soliqlar, ularning turlarini bilish va iqtisodiyotdagi rolini aniqlay olish;

  • daromad solig‘i, daromad solig‘i stavkasi, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, qo‘shilgan qiymat va aksiz soliqlarini farqlay olish va ularni hisoblay olish;

  • soliqqa tortuvchi daromadlarni hisoblay olish.

Malakalar:

  • tadbirkorlikda ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish;

  • har bir tadbirkorlik faoliyati turining afzallik va kamchiliklarini sanash;

  • firma hujjatlarini to‘g‘ri ishlatish;

  • firmani bankrotlikka olib keluvchi omillarni sanash;

  • yalpi daromad, foyda va zarar, sof foydani hisoblab chiqarish;

  • soliq to‘lovchining huquq va majburiyatlariga oid amaliy vaziyatlarni bajara olish;

  • soliqlarning mamlakat hayotida muhimligini iqtisodiy jihatdan isbotlab bera olish.


Iqtisodiy bilim asoslari fanidan o‘quv dasturi

Uqtirish xati

1999 yili Iqtisodiy bilim asoslari fanidan umumta’lim maktablari uchun Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari kabul qilin. O‘tgan davr ichida ta’limning keyingi akademik litsey, kasb –hunar kolleji va oliy o‘quv yurtlarida ham iqtisodiy yo‘nalishdagi fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari yaratildi.

Iqtisodiy bilim asoslari fani o‘quv dasturi bu fanning oldiga qo‘yilagan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktablari bitiruvchilarining ta’lim tayyorgarlik darajasi va o‘qitish mazmuniga qo‘yilgan, davlat ta’lim standartlari sharhlarida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni e’tiborga olgan holda tuzilgan. Iqtisodiy bilim asoslari fanining o‘ziga xos hususyatalaridan biri shuki, tushunchalar oddiydan - murakkablikka qarab uzviylik va uzluksizlik tamoyili asosida takrorlanib boradi hamda o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlaydi.

Dastur quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan boblardan tashkil topgan:

Zamonaviy iqtisodiyot, uning rivojlanish qonuniyatlari va tamoyillari.

Iqtisodiy qonunlar va tamoyillarni amaliyotda qo‘llay olish.



VIII-sinf: “Iqtisodiyotga kirish”, “Bozor”, “Oila va uy xo‘jaliklari iqtisodiyoti”, “Talab va taklif”, “Raqobat va bozor iqtisodiyoti”, “Soliq tizimi”.

IX-sinf: “Tadbirkorlik”, “Davlat va iqtisodiyot”, “Iqtisodiy o‘sish”, “Soliq turlari”, “Inflyatsiya va ishsizlik”, “Jahon iqtisodiyoti”.
Dastur 68 soatga mo‘ljallab tuzilgan bo‘lib, 8-9-sinflarda haftasiga 1 soatdan o‘qitiladi.

Mashg‘ulotlarni olib borishda an’anaviy dars, amaliy mashg‘ulotlar, noan’anaviy dars shakllaridan foydalanish, bahslar o‘tkazish, O‘zbekiston qonunlari, Prezident asarlarini o‘rganish va ular ustida ishlash, o‘qitishning texnik sirlarini, kompyuter, informatsion texnologiyalarni qo‘llash, korxona, bank, birja, bozor, ko‘rgazma markazlari kabi qator muassasalarga ekskursiya tashkil qilish usullaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.


8- sinf “Iqtisodiy bilim asoslari”

(34 soat)

1. Iqtisodiyotga kirish (6 soat)

1- mavzu. Iqtisodiyot bilan tanishuv. Iqtisodiyot fanining tarixi. Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fani. Iqtisodiyotning asosiy qismlari. Iqtisodiyot – xo‘jalik tizimi sifatida. Iqtisodiyotga oid sharqona tarixiy qarashlar. Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot.

2-mavzu: Cheklanganlik muammosi. Ehtiyoj. Moddiy ehtiyojlar. Ma’naviy ehtiyojlar. Shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlar. Mehnat qilishga bo‘lgan ehtiyoj. Ehtiyojlarning yuksalib borishi. Ehtiyojlarning cheksizligi. Resurslarning cheklanganligi. Iqtisodiyotning asosiy muammosi.

3-mavzu: Tanlov va uning muqobil qiymati. Tanlov zaruriyati. Muqobil qiymat. Murosali tanlov.

4-mavzu: Ishlab chiqarish va uning omillari. Resurslar. Tabiiy resurslar. Kapital resurslar. Mehnat resurslari. Ishlab chiqarish. Mahsulot. Iqtisodiy ne’mat va uning tovar va xizmat ko‘rinishlari. Ishlab chiqarishning moddiy va nomoddiy sohalari. Ishlab chiqarish omillari. Tabiiy omil. Kapital omili. Mehnat omili. Tadbirkorlik omili.

5-mavzu: Mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv. Mehnat unumdorligi. Fan va texnika taraqqiyoti. Mehnat taqsimoti. Ixtisoslashuv. Soha va tarmoqlar. Xududiy ixtisoslashuv.

6-mavzu: Iqtisodiy tizimlar. Har qanday iqtisodiy xo‘jalik tizimi oldida turgan uchta savol: “Nima ishlab chiqarish kerak, qanday ishlab chiqarish kerak”? “Kim uchun ishlab chiqarish kerak?” Iqtisodiy tizim. Iqtisodiy tizim turlari. An’anaviy iqtisodiyot. Markazlashgan rejali iqtisodiyot va uning muammolari. Bozor iqtisodiyoti va uning asosiy xususiyatlari. Aralash iqtisodiyot.

2. Bozor (4 soat)

7-mavzu: Ayirboshlash va pul. Natural xo‘jalik. Ayirboshlash. Tovar tushunchasi. Tovar xo‘jaligi. Pul. Qadimda pul. Tanga va qog‘oz pullar. Tovar-pul almashuvi. Pulning vazifalari. Turli mamlakat pullari. Zamonaviy pullar.

8-mavzu: Bozor va uning turlari. Bozor. Sotuvchi va xaridor. Ular orasidagi oldi - sotdi munosabatlari. Bozorning vazifalari. Bozorning turlari. Xalq iste’moli tovarlari bozori, ishlab chiqarish vositalari bozori, mehnat bozori, moliya bozori, intellektual tovarlar bozori. Sharqona bozor xususiyatlari.

9-mavzu: Bozorlar va narxlar. Narx. Bozorda narxning shakllanish mexanizmi. Narxlarning vazifalari.

10-mavzu: Bozor qatnashchilari. Bozor ishtirokchilari: ishlab chiqaruvchi, iste’molchi va davlat. Ular orasida bozor sharoitidagi tovar-pul munosabatlari. Bozor infratuzilmalari.



3. Oila va uy xo‘jaliklari iqtisodiyoti (6 soat)

11-mavzu: Iste’molchilarning daromadlari va xarajat turlari. Iste’molchi. Iste’molchi daromadlari. Ish haqi. Oylik maosh. Ishbay ish haqi. Vaqtbay ish haqi. Iste’molchi xarajatlari. Oila budjeti. Majburiy xarajatlar. Erkin xarajatlar. Engel qonuni.

12-mavzu: Mulk va xususiylashtirish. Mulk tushunchasi. Mulkning paydo bo‘lish tarixi. Mulk va undan foydalanish bo‘yicha sharq allomalarining qarashlari. Mulk obyekti: yer va ekin maydonlari, tabiiy boyliklar, inson qo‘li bilan yaratilgan iqtisodiy ne’matlar, pul mablag‘lari, ma’naviy ozuqalar, intellektual va ma’lumot manbalari, ishchi kuchi. Mulk subyektti: alohida olingan shaxs, oila, odamlar jamoasi, davlat tashkilotlari. Mulk shakllari. Xususiy mulk. Jamoa mulki. Davlat mulki. Mulkning iqtisodiy hayotdagi o‘rni. Hozirgi zamondagi mulk munosabatlaridagi o‘zgarishlar. Xususiylashtirish. O‘zbekistonda xususiylashtirish jarayoni.

13-mavzu: Daromad va boylik Daromad va boylik. Inson kapitali. Moddiy kapital. Boylik. Omonat. Tadbirkorlik foydasi. Real va nominal daromad.

14-mavzu: Jamg‘arish va sug‘urta. Jamg‘arma. Jamg‘arish usullari. Sug‘urta.

15-mavzu: Iqtisodiy qaror qabul qilish. Iqtisodiy qaror. Iqtisodiy qaror qabul qilish bosqichlari. Qarorning qadr qimmati va nafi.

16-mavzu: Iste’molchilarning huquqlari. Iste’molchi huquqlari. Reklama. Tovarning shtrix kodi.

4. Talab va taklif (7 soat)

17-mavzu: Talab va talab qonuni. Talab. Talab miqdori. Talab chizig‘i. Talab qonuni.

18-mavzu: Talabga ta’sir etuvchi boshqa omillar. Normal tovarlar. Past tabaqali tovarlar bir-birining o‘rnini bosuvchi tovarlar. O‘zaro bog‘liq tovarlar. Bir-birining o‘rnini to‘ldiruvchi tovarlar.

19-mavzu: Taklif va taklif qonuni. Taklif. Taklif miqdori. Taklif chizig‘i. Taklif qonuni.

20-mavzu: Taklifga ta’sir etuvchi boshqa omillar. Taklifga ta’sir etuvchi boshqa omillar.

21-mavzu: Tovarning bozor narxi. Muvozanat narx va muvozanat miqdor. To‘yingan va taqchil bozor. Muvozanatlashgan bozor. Qat’iy narxlar.

22-mavzu: Talab va taklif qonunlariga doir amaliy mashg‘ulot.

23-mavzu: Talab va taklif o‘zgarishining bozor narxiga ta’siri. Talab va taklif o‘zgarishining muvozanat narxga ta’siri. Narxlarning muvozanat narx atrofida tebranishi.

5. Raqobat va bozor iqtisodiyoti (4 soat)

24-mavzu: Raqobat. Raqobat. Raqobatning bozordagi o‘rni. Raqobatning turlari.

25-mavzu: Monopoliya va monopollashgan bozorlar. Bozorning monopollashganlik darajasiga qarab turlanishi. Sof raqobat bozori, monopolistik raqobat bozori, oligopoliya, sof monopolistik bozorlar. Tabiiy monopoliya. Davlat — bozor munosabatlari himoyachisi. O‘zbekistonda antimonopol qonunchilik.

26-mavzu: Bozor iqtisodiyoti. Bozor iqtisodiyotining asosiy xususiyatlari. Bozor iqtisodiyotining nochorligi.

27-mavzu: O‘zbekiston bozor iqtisodiyoti sari. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining mohiyati. O‘zbekistonda o‘tish davrining o‘zgachaligi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning–O‘zbekiston modeli. O‘zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga o‘tishining besh tamoyili. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish islohotlari.

VI. Soliq tizimi (3 soat)

28-mavzu: Soliqlar va ularning turlari. Soliq va uning mohiyati. Soliqlar – davlatning asosiy daromad manbai. Soliqlarning turlari. To‘g‘ri va egri soliqlar. Davlat va mahalliy soliqlar. Davlatning boshqa daromad manbalari. Jismoniy shaxs, yuridik shaxs.

29-mavzu: Soliqqa tortish asoslari. Soliq subyekttlari. Soliq to‘lovchilar. Vakolatli organlar. Soliq Kodeksi. Soliqqa tortishning asosiy tamoyillari. Soliq to‘lovining o‘ziga xos xususiyatlari. Soliq obyekti. Soliq stavkasi. Proporsional soliq stavkasi. Regressiv soliq stavkasi. Progressiv soliq stavkasi.

30-mavzu: Soliq to‘lovchilarning huquqlari va majburiyatlari. Soliq to‘lovchilarning huquqlari va majburiyatlari.

Oraliq va yakuniy nazorat darslari (4 soat).



Jami (34 soat).

9- SINF

(34 soat,haftasiga 1 soatdan

1. Tadbirkorlik va ishlab chiqarish (10 soat)

1-mavzu: Tadbirkorlik. Tadbirkorlik va uning asosiy xususiyatlari. Tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi o‘rni. Biznes g‘oya va biznes reja. Tadbirkor va unga xos xususiyatlar. Tadbirkorlik faoliyatining turlari: ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy, vositachilik va sug‘urta faoliyati.



2-mavzu: Firma va uning turlari. Firmalar va ularning turlari. Egasi yakka shaxs bo‘lgan firma, shirkat, sherikchilik asosida tuzilgan firma, mas’uliyati cheklangan va cheklanmagan firmalar. Ularning tashkiliy asoslari va bir biridan farqlari.

3-mavzu: Aksiyadorlar jamiyati. Aksiyadorlar jamiyatining tashkiliy tuzilmasi. Ochiq va yopiq turdagi aksiyadorlar jamiyati. Oddiy va imtiyozli aksiyalar. Aksiyaning nominal qiymati, bozor narxi va kursi.

4-mavzu: Firmani ochish. Yakka tartibdagi tadbirkorlik. Firma ochishning tashkiliy yo‘l-yo‘riqlari. Firma nizomi va ta’sis shartnomasi. O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishning huquqiy asoslari.

5-mavzu: Firma mablag‘lari va xarajatlari. Firmaning mablag‘lari. Asosiy va aylanma mablag‘lar. Amortizatsiya va amortizatsiya ajratmasi. Firmaning umumiy xarajatlari. Doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar. Mahsulotning tannarxi, ishlab chiqarish narxi.

6-mavzu: Yalpi daromad, foyda va zarar. Korxona chiqimi. Korxona daromadi. Korxona foydasi va zarari.

7-mavzu: Iqtisodiy faoliyat tahlili. Rentabellik. Firma faoliyatining moliyaviy tahlili. Sof foyda, rentabellik. Bankrotlik. Firmani tugatish. O‘zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida” gi qonuni.

8-mavzu: Firmani boshqarish – menejment. Boshqaruv tushunchasi. Bozor sharoitida boshqaruvning o‘rni. Korxonani boshqaruv jarayonining xususiyatlari. Menejment va uning vazifalari. Menejer. Boshqaruv jarayonining bosqichlari: boshlang‘ich vaziyatning tahlili, boshqarishdan ko‘zlangan maqsadni aniqlash, boshqaruv bilan bog‘liq xatti harakatlarni rejalashtirish, boshqaruvni amalga oshirish, boshqarish jarayonining borishiga oid ma’lumot va axborotlarni to‘plash, qayd qilib borish va qayta ishlash, boshqaruv jarayonini nazorat qilib borish. Menejer va jamoa o‘rtasidagi munosabatlar. Menejerning rahbarlik uslublari.

9-mavzu: Marketing. Marketing tushunchasi. Marketing tamoyillari va maqsadlari. Marketing tashkiliy tuzilmalari. Marketing tadqiqotlari. Bozorni tadqiq qilishda ma’lumotlarning roli. Ma’lumot to‘plash usullari va vositalari. Zamonaviy elektron axborot texnologiyalari. Internet tizimi. Marketingda rejalashtirish va oldindan aytish. Reklamaning ahamiyati va foydasi. Reklama turlari.

10-mavzu: Ishlab chiqarish va ekologiya. Tabiatdagi muvozanat. Ekologiya fani. Ekologik muammolar va ularning kelib chiqish sabablari. Ekologiya va iqtisodiyot orasidagi munosabatlar. Atrof muhitning ifloslanishi. Atrof-muhit ifloslanishini nazorat qilish. Davlat — tabiat himoyachisi. O‘zbekistonda ekologik muammolar. Orol dengizi muammosi. O‘zbekistonda mustaqillik yillarida ekologik muammolarni hal qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar. Atrof muhitni imoya qilish– har bir kishining fuqarolik burchi.



2. Davlat va iqtisodiyot (4 soat)

11-mavzu: Davlatning iqtisodiy vazifalari. Davlatning iqtisodiyotda tutgan o‘rni. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning roli. Davlatning jamiyat oldidagi vazifalari. Davlatning bozor ishtirokchisi sifatidagi iqtisodiy faoliyati

12-mavzu: Davlat budjeti. Davlat xarajatlari. Davlat budjeti. Davlat budjetining daromad va xarajat qismlari. Kamomadli budjet. Davlat qarzi. Davlatning fiskal siyosati.

13-mavzu: Bank tizimi. Banklarning paydo bo‘lish tarixi. Markaziy bank va tijorat banklari. Bank krediti, kredit foizi, foiz stavkasi. Bank zahira normasi. O‘zbekistonning bank tizimi.

14-mavzu: Davlatning iqtisodiy siyosati. Davlatning iqtisodiy siyosati. Budjet soliq siyosati. Davlatning pul–kredit siyosati.

3. Soliq turlari (4 soat)

15-mavzu: Daromad solig‘i. Jismoniy shaxslar. Yuridik va Jismoniy shaxslar daromadi. Yuridik shaxslarning soliqqa tortiluvchi daromadi. Jami daromadlar tarkibi.

16-mavzu: Mol-mulk solig‘i. Mol-mulk solig‘i. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkasi. Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i. Mol-mulk solig‘i stavkasi. Mol-mulk solig‘idan imtiyozlar. Mol-mulk solig‘i obyekti va subyekttlari.

17-mavzu: Yer solig‘i. Yer solig‘i. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkasi. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i. Yer solig‘i stavkasi. Yer solig‘idan imtiyozlar. Yer solig‘i obyekti va subyekttlari.

18-mavzu: Aksiz va qo‘shilgan qiymat solig‘i. Aksiz solig‘i. Aksiz solinadigan tovarlar. Aksiz solig‘i obyekti. Qo‘shilgan qiymat solig‘i.qo‘shilgan qiymat solig‘i obyekti. Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi. qo‘shilgan solig‘i hisoblash formulasi.

4. Iqtisodiy o‘sish (3 soat)

19-mavzu: Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar. Tugal mahsulot. Yalpi ichki mahsulot (YaIM). Yalpi milliy mahsulot (YaMM). Sof ichki mahsulot (SIM). Milliy daromad (MD). Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot (yalpi milliy mahsulot). Real qiymat. Nominal qiymat. Real YaIM. Nominal YaIM.

20-mavzu: Iqtisodiy o‘sish va rivojlanish. Iqtisodiy davr. Eksensiv iqtisodiy o‘sish. Intevsiv iqtisodiy o‘sish. Aholining turmush darajasi. Iqtisodiy farovonlik.

21-mavzu: O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy salohiyati. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy salohiyati: yer maydoni, aholisi, tabiiy resurslari, sanoati, qishloq xo‘jaligi.



5. Inflyatsiya va ishsizlik (4 soat)

22-mavzu: Inflyatsiya va uning turlari. Pul massasi. Pulning aylanish tezligi. Inflyatsiya. Fisher tenglamasi. Pul muomalasi qonuni.

23-mavzu: Inflyatsiya oqibatlari. Inflyatsiya darajalari. Giperinflyatsiya. Infalatsiyaga qarshi choralar.

24-mavzu: Mehnat bozori va ishsizlik. Mehnat bozori. Ishchi kuchi. Ish haqi va uning miqdori. Band, ishsiz va ishchi kuchiga kirmaydiganlar. Ishsizlik va uning turlari. Ishsizlik darajasi va uni hisoblash.

25-mavzu: Ijtimoiy himoya vositalari. Ishsizlik oqibatlari. Mehnat birjalari. Ishsizlik nafaqasi. O‘zbekistonda ishsizlikka qarshi hukumat va ijtimoiy jamg‘armalarning chora tadbirlari.

6. Jahon iqtisodiyoti (5 soat)

26-mavzu: Xalqaro savdo. Jahon bozori va uning ishtirokchilari. Import. Eksport. Savdo balansi. Mutlaq ustunlik nazariyasi. Nisbiy ustunlik nazariyasi. Import. Eksport.

27-mavzu: Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. Tashqi savdoga to‘siqlar. Bojxona boji. Kvota. Tashqi savdo litsenziyasi. Proteksionizm. Tashqi savdoni erkinlashtirish. Xalqaro savdo tashkilotlari.

28-mavzu: Valyuta kursi. Valyuta. Valyuta kurslari. Valyuta kursini aniqlash. Valyuta kursi o‘zgarishi.

29-mavzu: Jahon iqtisodiyoti muammolari. Yer yuzida tinchlikni saqlash. Atrof muhitni ifloslanishi. Xomashyo va energiya tanqisligi. Oziq - ovqat tanqisligi. Ochlik va qashshoqlik.

30-mavzu: Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining kelib chiqish sabablari. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi) oqibatlari. Inqirozning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri. Inqirozni bartaraf etish yo‘llari va choralari



Oraliq va yakuniy nazorat darslari (4 soat)

Jami (34 soat)

Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” turkumiga kiruvchi “Odobnoma”, “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” fanlaridan



Davlat ta’lim standarti

O‘quvchilar odobnoma faniga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart:



  • Vatan ostonadan boshlanishini tushunish;

  • oila kichik Vatan ekanligini bilish;

  • o‘zi yashab turgan diyordagi tarixiy obidalarni, mustaqillik yillarida bunyod etilgan inshoatlarni, hamda muqaddas qadamjolar haqida ma’lumotga ega bo‘lish;

  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlatning Asosiy qonuni ekanligini bilish;

  • Davlat ramzlari haqida bilish;

  • Davlat tili haqida ma’lumotga ega bo‘lish

  • Millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik tushunchalari haqida bilish;

  • Yurtimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlari, oilaviy an’analar haqida bilish;

  • Davlat ramzlariga hurmat va ehtirom ko‘rsatish;

  • boshqa millatlarning tili, qadriyatlarini hurmatlash;

  • axloq-odob qoidalarinin bilish va ularga amal qila olish;

  • salomlashish qoidalarini bilish;

  • ziyorat qilish odobini bilish;

  • yurtimizda ziyoratgohlarni ta’mirlashga katta ahamiyat berilayotganligining mohiyatini anglab yetish;

  • tabiatni asrashda nimalarga ahamiyat berish lozimligini bilish;

  • jamoat joyida, dasturxon atrofida odob saqlay olish;

  • do‘stlik odobini bilish;

  • odobli bolaning xatti-harakatlarni bilish;

  • o‘zidan kichiklarga, ojizlarga mehr muruvvat ko‘rsata olish;

  • halollik, to‘g‘rilik tushunchalarni idrok etish va ularga rioya qilish.

  • ehtiyotkorlik va havfsizlik qoidalarini bilish.

  • musiqa, dastlabki cholg‘u asboblari haqida bilish;

  • musiqa tinglash odobiga ega bo‘lish;

  • qo‘shiqchilik san’atining o‘ziga xosligi, uning inson ruhiyatiga ta’sirini bilish;

  • amaliy san’at turlari (xalq hunarmandchiligi: kulolchilik, milliy kiyimlar, ganch va yog‘och o‘ymakorligi, chilangarlik, zargarlik tushunchalari)ni bir-biridan ajrata olish;

  • ezgu fazilatlar – inson ko‘rki ekanligini anglash.

  • o‘z fikrini odob doirasida, erkin ifodalay olish;

  • muomala madaniyatini shakllantirish;



Odobnoma fanining maqsad va vazifalari
“Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” dasturini amalga oshirishning birinchi bosqichi, boshlang‘ich sinflarda “Odobnoma” fanidir.

“Odobnoma” fanining maqsad va vazifasi yosh avlod qalbiga odob-axloq me’yorlarini singdirishdan iborat.

Odob va axloq fani farzandlarimizda insof, adolat, imon-e’tiqod, vijdon va mehr-muhabbat hislarini tarbiyalashga qaratilgandir.

Bu ishda o‘qituvchiga maktab, oila, mahalla va keng jamoatchilik yaqindan yordam berishi zarur.

Mashg‘ulotlarni innovasion texnologiyalar asosida qiziqarli suhbat, o‘yin, bayram, sayohat, sahnalashtirilgan lavhalar kabi shakl va usullarda, turli-tuman rasm, ertak, hikoya, afsona, rivoyat, maqol va topishmoqlardan, audio, videotasmalar, ibrati hikoyalar, xalq ertaklaridan, hamda o`quvchilar hayotida uchraydigan voqealardan foydalangan holda o‘tish maqsadga muvofiqdir. Odoblilik dastlab ota-onaga mehr, vatan tuyg‘usi, muomala madaniyati, oilaga xos milliy urf-odat va an’analarga rioya qilishda xalqimiz boy pedagogik merosi, ajdodlarimizni pand-nasihatlari va xalq og‘zaki ijodiyoti namunalari bo‘lmish doston, ertak, rivoyat hamda buyuk shaxslar ijodi, hayotidan namunalar keltirish va ular o‘gitlarini o‘rganish orqali murg‘ak qalbni tarbiyalashdir.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Odobnoma”

ta’limining asosiy vazifalari

“Odobnoma” fanining bosh maqsadi va vazifasi -

- yosh avlod qalbi va ongida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish;

- O‘zbekiston kelajagi bo‘lgan yoshlarimizni yuksak axloq va madaniyatni o‘zida mujassam etgan shaxslar qilib tarbiyalash;

- Davlat ta`lim standartlari talablarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish;

- o‘quvchilarda mardlik va vatanparvarlik fazilatlarini shakllantirish, milliy iftixor tuyg‘usini kamol toptirish, ularning har tomonlama yetuk inson bo‘lib yetishishiga xizmat qilishdan iborat

- bolalarda erkin, sog‘lom fikrini rivojlantirish, to`gri dunyoqarashni shakllantirish;

- Tabiatni asrash va e’zozlash, hayvonlarga g‘amxo‘rlik qilish, milliy o‘yinlar, ilm va hunarning xosiyati, odob – inson ko‘rki kabi mavzularda o‘quvchilarni xalqimizga xos bo‘lgan odob-axloq qoidalari bilan tanishtirish.



- o`quvchilar tarbiyasida odob-axloq me’yorlarini, insoniylik fazilatlarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinf o‘quvchilari quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi lozim
Bilim

  • 1- sentyabr Mustaqillik kuni - yurtimizda umumxalq bayrami sifatida nishonlanishini bilish;

  • salomlashish qoidalarini, odobini bilish;

  • odob go`zallik ramzi ekanligini bilish;

  • ziyorat qilish odobini bilish;

  • Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva eng qadimiy saharlarimizdan ekanligini bilish;

  • tabiatni asrashda nimalarga ahamiyat berish lozimligini bilish;

  • milliy o‘yinlarimizning qanday paydo bo‘lganligini bilish;


Ko‘nikma

  • to‘g‘ri salom berish;

  • uy-ro‘zg‘or ishlarini bajarishda ota-onasiga yordam berish;

  • “o‘quv qurollarini saranjom saqlash”;

  • Ota-onasining, kattalarning mehnatini qadrlash;

  • sog‘ligini saqlashga harakat qilish;

  • ziyorat qilish odobliga amal qila olish.


Malakalar

  • salomlashish odobini o‘zlashtirish va unga rioya qilgan holda salomlashish;

  • jamoat joyida, dasturxon atrofida odob saqlay olish;

  • kamtar bo‘lishga odatlanish;

  • shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish;

  • kun tartibini tuzish va unga rioya etish;

  • darslikdagi savol va topshiriqlarni mustaqil ishlash;

  • o‘qigan hikoyalari asosida hulosa chiqarish;

  • odobli bo‘lishga shaxsiy namuna ko‘rsatishga harakat qilish;

  • yolg‘onchilik va chaqimchilik qilmaslik.


2-sinf “Odobnoma”

Bilim:

  • O`zbekiston – buyuk allomalar yurti ekanligini bilish;

  • Kitob o`qish va undan foydalanish madaniyati haqida bilish;

  • Odob salomdan boshlanishini bilish;

  • isrof va tejamkorlik so‘zlarining mazmunini bilish;

  • oila kichik Vatan ekanligini bilish;

  • do‘stlik odobini bilish;

  • odobli bolaning xatti-harakatlarni bilish;

  • “salomlashish – madaniyat” ekanligini bilish;

  • mehnatning turlarini bilish;

  • kasb turlarini farqlay olish;

  • dam olish, sog‘liqni saqlash, bilim olish huquqlari haqida bilish;

  • Vatanimizda nishonlanadigan milliy bayramlar haqida bilish;


Ko‘nikma:

  • odobli bola bo‘lishga harakat qilish;

  • o‘quv qurollarini saranjom saqlash;

  • ota-onasining, kattalarning mehnatini qadrlash;

  • o‘zidan kichiklarga, ojizlarga mehr muruvvat ko‘rsata olish;

  • atrof muhitga va hayvonlarga oqilona munosabatda bo‘lish;

  • salomlashish qoidalariga rioya qilish;

  • sog‘ligini saqlashga rioya qilish;

  • kun tartibini tuza olish;

  • kasb turlarini bir-biridan ajrata olish;

  • halollik, to‘g‘rilik tushunchalarni idrok etish va ularga rioya qilish.

Malaka:

  • darslikda berilgan savollarga mustaqil ravishda to‘g‘ri javob berishga harakat qilish;

  • matnda berilgan voqealarga mustaqil ravishda munosabat bildira olish;

  • o‘z fikrini erkin ifodalay olish;

  • odobli bo‘lishga shaxsiy namuna ko‘rsatishga harakat qilish;

  • yolg‘onchilik va chaqimchilik qilmaslik,

  • o‘zidan kichiklarga yordam berish.

  • Yaxshi va yomon odatlar haqida kichik hikoya tuza olish;

  • Yaxshi o‘qish va na’munali hulqqa ega bo‘lishga harakat qilish.


3-sinf

Bilim:

  • O`zbekiston Respublikasi – mustaqil davlat ekanligini bilish;

  • Vatan ostonadan (oiladan, mahalladan) boshlanishi haqidagi tushunchalarni bilish;

  • o‘zi yashab turgan diyordagi tarixiy obidalarni, mustaqillik yillarida bunyod etilgan inshoatlarni, hamda muqaddas qadamjolar haqida ma’lumotga ega bo‘lish;

  • Yurtimizda yashab ijod etgan allomalar haqida bilish;

  • Inson go`zalligi axloq-odobi bilan ekanligini bilish;

  • xalq maqollari, muqaddas kitoblardagi ibratli so‘zlar va iboralarni bilish;

  • tejamkorlikning barakasi, isrofgarchilikning oqibatlari haqidagi tushunchalarni bilish;

  • bozordagi tartib qoidalarni bilish;

  • ehtiyotkorlik va havfsizlik qoidalarini bilish.


Ko‘nikma:

  • Yurtimizda yashab ijod etgan allomalar haqidagi rivoyatlarni hikoya qilib berish;

  • odob axloq qoidalariga doir amaliy mashqlar bajara olish;

  • halolik, to‘g‘rilik tushunchalarni anglash;

  • ziyorat odobini bilish;

  • odob axloqqa oid maqollarni mazmunini tushunish;

  • jamoat joylarida o‘zini tutish odobiga rioya qilish;

  • kasblar haqida ma‘lumotga ega bo`lish;

  • xakq o‘yinlarini turlarini bilish.
Malaka:

  • Olgan bilimlari asosida mustaqil fikr yurita olish;

  • darslikda berilgan savollarga mustaqil ravishda to‘g‘ri javob berishga harakat qilish;

  • matnda berilgan voqealarga mustaqil ravishda munosabat bildira olish;

  • o‘z fikrini erkin ifodalay olish;

  • odobli bo‘lishga shaxsiy namuna ko‘rsatishga harakat qilish;

  • Yaxshi va yomon odatlar haqida kichik hikoya tuza olish;

  • Halolik, to‘g‘rilik qoidalariga rioya qilish;

  • O‘qigan ertaklar va rivoyatlarga munosabat bildira olish, mazmunini gapirib berish, xulosa chiqarish.


4- sinf

Bilim:

  • O‘zbekiston – madaniy va ma`naviy meroslarga boy o‘lka ekanligini bilish;

  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlatning Asosiy qonuni ekanligini bilish;

  • Davlat ramzlari haqida bilish;

  • Davlat tili haqida ma’lumotga ega bo‘lish

  • Millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik tushunchalari haqida bilish;

  • Yurtimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlari, oilaviy an’analar haqida bilish;

  • musiqa cholg‘u asboblari haqida bilish;

  • qo‘shiqchilik san’atining o‘ziga xosligi, uning inson ruhiyatiga ta’sirini bilish;

  • maktab eng ulug‘ dargoh ekanligini bilish

Ko‘nikma:

  • O‘zbeksiton madaniy va ma’naviy meroslarga boy o‘lka ekanligini anglash;

  • Mustaqillik yillarida tiklangan tarixiy obidalar, yodgorliklar. Farg‘oniy, Marg‘inoniy, “Alpomish” monumenti, “Avesto” monumenti haqida tasavvurga ega bo‘lish;

  • Amaliy san’at turlari (xalq hunarmandchiligi: kulolchilik, milliy kiyimlar, ganch va yog‘och o‘ymakorligi, chilangarlik, zargarlik tushunchalari)ni bir-biridan ajrata olish;

  • Musiqa tinglash odobiga ega bo‘lish;

  • Ezgu fazilatlar – inson ko‘rki ekanligini anglash.

Malaka:

  • Davlat ramzlariga hurmat va ehtirom ko‘rsatish;

  • maktabning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish va uni targ‘ib qila olish;

  • boshqa millatlarning tili, qadriyatlarini hurmatlash;

  • olgan bilimlari asosida mustaqil fikr yurita olish;

  • darslikda berilgan savollarga mustaqil ravishda to‘g‘ri javob berishga harakat qilish;

  • matnda berilgan voqealarga mustaqil ravishda munosabat bildira olish;

  • o‘z fikrini odob doirasida, erkin ifodalay olish;

  • yaxshi va yomon odatlar haqida kichik hikoya tuza olish;

  • ertaklari va rivoyatlarga munosabat bildira olish, mazmunini gapirib berish, xulosa chiqarish;

  • uy vazifalarini o‘z vaqtida bajarish;

  • musiqa tinglash odobiga rioya qilish;

  • bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil qila olish.

Vatan tuyg‘usi” fani bo‘yicha o‘quvchilar quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashi lozim:




  • Vatan tushunchasini bilish;

  • vatanparvarlar jasorati va ular haqidagi tushunchalarga ega bo‘lish;

  • hukumatimizning yoshlar ta’lim-tarbiyasiga qaratilgan e’tibori haqidagi ma’lumotlarga bo‘lish;

  • “Avesto” - xalqimiz tafakkurining mumtoz namunasi ekanligini bilish;

  • Musatqillik so‘znining ma’no-mazmunini bilish;

  • O‘zbekiston dunyodagi eng qadimiy va betakror o‘lkalardan biri ekanligini bilish;

  • Davlatimiz ramzlari – bayroq, gerb, madhiya, O‘zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g‘ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassamlashtirishini bilish.

  • “Ona Vatan”, “Ona tabiat”, “Ona yurt” iboralarining o‘zaro bog‘liqligini anglash;

  • Vatan tuyg‘usi vatanparvarlik fazilatlariga asos bo‘lishini tushunish;

  • millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikengik, vijdon erkinligi tushunchalarini mazmunini bilish;

  • mahalla qadriyatlar – beshigi ekanligini anglash.

  • ma’naviyat so‘zining ma’no-mazmunini bilish;

  • moddiy va ma’naviy merosni ajrata bilish;

  • milliy qadriyatlar – milliy ma’naviyatni shakllantiruvchi mezon ekanligini bilish;

  • “Navro‘z” ezgu urf-odatlarning ifodasi ekanligini bilish;

  • Oila – inson ma’naviyatning beshigi ekanligini bilish;

  • Ta’lim-tarbiyasiz ma’naviy yuksalish bo‘lmasligini bilish;

  • Milliy va ma’naviy qadriyatlarning Vatanimizning yuksalishidagi o‘rnini bilish;

  • sog‘lomlik va komillik tushunchalarini bilish;

  • Qadimiy va shonli tariximiz bir doston bo‘lsa, “Alpomish” ana shu dostonning shoh bayti ekanligini anglash;

  • Buyuk mutafakkir va allomalarimizning islom madaniyatini ravnaq toptirishga qo‘shgan betakror hissasini anglash;

Amir Temurni anglash – o‘zligimizni anglash ekanligini tushunish;

    • milliy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan g‘oyalarga qarshi mustaqil fikr bildira olish;

  • turli millat va ellatlarni tili, urf-odatlari va an’analarini hurmat qilish.

Vatan tuyg‘usi” ta’limining maqsad va vazifalari


“Vatan tuyg‘usi” fani oldiga avvalo yosh avlod qalbi va ongida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish, ularni o‘zining buyuk tarixi, kimlarning, qanday buyuk zotlarning farzandi ekanidan faxrlanib yashaydigan haqiqiy vatanparvar insonlar etib tarbiyalash asosiy vazifa qilib qo‘yilgan. Shundan kelib chiqqan holda, “Vatan tuyg‘usi” o‘quv fanining asosiy maqsad va vazifasi Vatan, ona yurt, xalq va millat, milliy qadriyatlar haqidagi bilim va tushunchalarni sharhlab, o‘quvchilarda mardlik va vatanparvarlik fazilatlarini shakllantirish, milliy iftixor tuyg‘usini kamol toptirish, ularning har tomonlama yetuk inson bo‘lib yetishishiga xizmat qilishdan iborat.

Bu fanni o‘qitishda quyidagi tamoyillarni inobatga olish zarur:

  • milliy istiqlol g‘oyasi asosidagi yangicha dunyoqarashni shakllantirish ta’lim tizimidagi izchil va uzluksiz jarayon ekani;

  • milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligi;

  • Vatan haqidagi bilim va tushunchalar fuqarolik haqidagi tasavvurlarni, vatanparvarlik, yurtga sadoqat, xalqparvarlik kabi fazilatlarni shakllantirishga xizmat qilishi;

  • adabiyot, tarix, geografiya kabi fanlardagi bilim va tushunchalardan keng foydalanishi;

  • o‘quvchilarning erkin va hayotiy fikrlashga asoslanishi;

  • nazariy g‘oyalarning hayotiy misollar asosida ochib berilishiga erishish;

  • ta’lim jarayonini texnologik va ijodiy yondoshuv asosida tashkil etilishi va hokazolar.

  • Fan o‘quv materiallarini texnologik va ijodiy yondoshuv asosida tashkil etiluvchi mashg‘ulotlar jarayonida o‘rganilishini nazarda tutadi. Ta’lim jarayonida suhbat, bahs-munozara, uchrashuv, ekskursiya hamda amaliy mashg‘ulotlar (ijodiy insholar yozish, referat tayyorlash, test nazoratini tashkil etish, badiiy chiqishlarni tashkil etish va boshqalar) kabi shakl va metodlar, shuningdek shaxsiy namuna ko‘rsatish, milliy madaniy meros namunalari, allomalarning portretlari, vatanparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etuvchi badiiy asarlar, kinofilg‘m va teatr tomoshalari kabi vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.


O‘quvchilar egallashlari zarur bo‘lgan zarururiy bilim, ko‘nikma va malakalar

5-sinf

Bilim:

  • Vatan tushunchasini bilish;

  • vatanparvarlar jasorati va ular haqidagi tushunchalarga ega bo‘lish;

  • o‘zi tug‘ilib o‘sgan shahar yoki qishlog‘i haqidagi ma’lumotlarni bilish;

  • hukumatimizning yoshlar ta’lim-tarbiyasiga qaratilgan e’tibori haqidagi ma’lumotlarga bo‘lish;

  • “Avesto” - xalqimiz tafakkurining mumtoz namunasi ekanligini bilish;

  • Musatqillik so‘znining ma’no-mazmunini bilish;

  • O‘zbekiston dunyodagi eng qadimiy va betakror o‘lkalardan biri ekanligini bilish;

  • Davlatimiz ramzlari – bayroq, gerb, madhiya, O‘zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g‘ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassamlashtirishini bilish.


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa