56-§. Jism inersiya markazining harakati qonuni


-§. Silindrning tekislikda dumalashi. Maksvell mayatnigi



Download 0,95 Mb.
bet5/6
Sana06.07.2022
Hajmi0,95 Mb.
#744771
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Strelkov 197-214

58-§. Silindrning tekislikda dumalashi. Maksvell mayatnigi
Yassi harakatning namunasi tariqasida silindrning yoki g`ildirakning tekislikda dumalanishini qaraymiz.
Silindr o`qi biror v0 tezlik bilan harakatlanadi hamda silindr jismi 𝜔 burchak tezlik bilan aylanadi. Agar silindr tekislik bo`ylab sirpanishsiz dumalasa, u holda v va 𝜔 orasida quyidagi munosabat mavjud bo`ladi:
(58.1)
Agar yoki bo`lsa, silindrning tegishish nuqtasi sirpanadi - silindr sirpanish bilan dumalanadi. Birinchi holda tegishish nuqtasining tezligi oldinga, ikkinchisida orqaga yo`nalgan.
Har qanday holda silindr nuqtalarining tezligi ushbu formula bo`yicha aniqlanadi:
(58.2)
bunda r - silindr o`qidan muayyan nuqtagacha vektor masofa. Silindrning harakati tezlik bilan ilgarilanma harakatda va burchak tezlik bilan aylanishidan tashkil topadi. Lekin bu harakatni oniy o`q atrofida aylanish sifatida tasavvur qilsak ham bo`ladi.

150-rasm.

Silindr sirpanish bilan dumalaganda oniy o`q tegishish nuqtasidan o`tmaydi. da (150-b rasm) oniy o`q dumalanish tekisligidan pastroqdagi A nuqta orqali o`tadi, silindr v1 tezlik bilan sirpanadi. da oniy o`q dumalanish tekisligi ustidan o‘tadi, aylanish ilgarilanma harakatdan ustunlik qiladi. Barcha dumalanish hollarida oniy o‘q dumalanish tekisligi bo‘ylab, silindr o‘qi tezligi v0 da harakatlanadi.



151-rasm.

Endi silindrning dumalanish dinamikasini qarab chiqaylik. Aytaylik, R0 radiusli silinr gorizont bilan 𝛼 burchak hosil qilgan qiya tekislikdan dumalab tushayotir (151-rasm). Silindrga uchta kuch: tortishish kuchi P, tekislikning silindrga normal bosim kuchi N va silindrning tekislikka ishkalanish kuchi F ta’sir qiladi. Oxirgi kuch qiya tekislikda yotadi. Dastavval ilgarilanma harakatdagi tezlanishni aniqlaymiz; buning uchun barcha kuchlar massalar markaziga qo‘yilgan deb tasavvur qilamiz yoki ishqalanish kuchini silindr o‘qiga ko‘chiramiz, chunki qolgan kuchlar O orqali o‘tadi. Silindr harakat vaqtida tekislikdan ajralmasligi sababli massalar markazining tekislikka tik yo‘nalishdagi tezlanishi nolga teng, bundan


Pcos 𝛼 - N=0 (58.4)
Ikkinchi tomondan, barcha kuchlarning qiya tekislikka parallel tashkil etuvchisi quyidagiga teng:
f =P sin𝛼 - F (58.5)
Bu kuch silindr massa markazining tezlanishini yoki uning qiya tekislik bo‘yicha ilgarilanma harakatining tezlanishini aniqlaydi, shu sababli tezlanish
(58.6)
bunda m — silindr massasi. Burchak tezlanish (57.11) formula bo‘yicha faqat ishqalanish kuchi F ning momenti va silindrning uning o‘qiga nisbatan inersiya momenti І bilan aniqlanadi. U quyidagiga teng:
(58.7)
bunda R0 - silindr radiusi.
(58.6) va (58.7) tenglamalar silindr tekislik bo‘yicha sirlanish bilanmi, sirpanishsizmi, harakatlanayotganidan qat’i nazar, hamma vaqt o‘rinli ekanliklarini ta’kidlab o‘tamiz. Lekin bu tenglamalardan uchta noma’lum kattalik: F, a va larni aniqlab bo‘lmaydi, yana qandaydir qo‘shimcha shart bo‘lishi lozim. Agar silindrning qiya tekislik bo‘yicha dumalashi sirpanishsiz sodir bo‘layotgan bo‘lsa, u holda burchak tezlanish va chiziqli tezlanish bir-birlari bilan (58.1) formuladan kelib chiquvchi ushbu tenglik orqali bog‘langan:
(58.8)

(58.6), (58.7) va (58.8) uchta tenglamani yechsak, a tezlanishni topamiz. Haqiqatdan ham, keyingi ikkitasidan quyidagini hosil qilamiz:


(58.9)
buni birinchiga qo`ysak, quyidagi hosil bo`ladi:

yoki
(58.10)
Binobarin, a tezlanish faqat tekislikning qiyalik burchagiga va I/mR02 nisbatga bog`liq. Bu nisbat qancha katta bo`lsa, tezlanish shuncha kichik, a tezlanish ½ g sin𝛼 dan kichik bo`lishi mumkin emas, chunki

Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish