Farmon. Nima balo, ovqat qilmoqchimisan?
Muxbir. Yo‘q, menga ovozi kerak.
Farmon. Bo‘pti, bor, olib chiq.
Lutfi qozon bilan kapkir olib chikadi.
Muxbir. Bu yoqqa olib keling! (Lutfiga.) Faraz qilingki, siz osh qilyapsiz. «Hoy ovsin, to‘g‘ralgan sabzini olib kelinglar», «xo‘p bo‘ladi». «Hoy ovsin, guruchni yuvib keling», deysiz yana. Sizlar esa «hozir» deysizlar. Xullas, siz, o‘rtoq Lutfi Boboyeva, judayam xushmuomalalik bilan kapkirni qozonga urib, ovqat qilyapsiz. Tushunarlimi? Men qo‘limni tushirishim bilan boshlaysiz. Xo‘sh, xo‘sh, endi tak... kechirasiz, kelinlaringiz orasida mayin kuladigani bormi?
Do'stlaringiz bilan baham: |