Muxbir. To‘xtang. Eringizni nima aloqasi bor? Lutfi Boboyeva haqida gapiring
Farmon. Lutfi Boboyeva mening eng yaxshi ko‘rgan kelinim bo‘ladi. Unga o‘zim tarbiya berganman. Mo‘min, qobil bola. Uy ishlarini o‘ynab-kulib bajaradi. Hurmatimni qiladi. Pazandaligini aytmay qo‘ya qolay. Lag‘monni sochning tolasidek ingichka cho‘-zadi, chuchvarani danakdek tugadi. Yopgan nonlari lolaga o‘xshab qizaradi. Ham ishda, ham ro‘zg‘orda ilg‘or bo‘lgan sevikli kelinim bilan faxrlanaman. Men umuman er-xotinning ishiga aralashmayman. Olgan maoshi bilan ishim yo‘q. Kam-ko‘stiga yaratsin, deb o‘zlariga qo‘yib beraman.
Do'stlaringiz bilan baham: |