Farmon. Ha, bor. Mana, Sotti juda mayin, juda chiroyli kuladi
Sotti yoqimsiz kuladi.
Muxbir. Stop! Stop! (Sotti to‘xtamaydi.) Stop deyapman. (Farmonga.) Ayajon, to‘xtating!
Farmon. Hoy, Sotti, to‘xta, tag‘in nima deysan?
Muxbir. Iltimos qilaman, manashu keliningiz kulmasin. Bo‘lmadi. Be«fon» yozamiz.
Farmon. Yo‘q, «fon» bilan yozmasang bo‘lmaydi. «Fon» bilan yozasan. (Muhayyoga.) Hoy, sen ham kul!
Muxbir. Yo‘q, yo‘q, oyijon, kerakmas. Rejissyor sizmi, menmi?
Farmon. Bu uyda men rejissyor. (Mehriga.) Sen ham o‘t! Uchaloving yaxshilab kul.
(Kelinlar zo‘rma-zo‘raki kuladilar. Muxbir «stop», «stop» deganicha ularga murojaat qiladi. Axiri ularni to‘xtatadi. )Yana nima deysan?
Muxbir. Ne udovletvoryayet.
Farmon. Nima?
Muxbir. Qanoatlantirmaydi. «Be«fon» yozsak, zo‘r chiqadi.
Farmon. Yaxshi chiqadimi ishqilib? Bo‘pti, senlar boraver. Bu meni ovozimni yozarkan. Xo‘sh, bo‘lmasa, men gapiraman. Meni erim rahmatlikni Azim sher deyishardi. Hamma bedanaga ishqivoz bo‘lsa, u kishi fonusga ishqiboz edilar. Doim fonus ko‘tarib yurardilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |