Muxbir. Yo‘q, u dirijyor. Rejissyor bu... muxbir-da. Mana dokumentim.
Sotti. Ha-ha, rejissyor ekan.
Farmon. Rejissyor.
Sotti. Oyi, sizni ovozingizni yozgani kepti.
Farmon. A? Shundaymi? Men ashula aytishni bilmapman-ku.
Muxbir. Lutfi Boboyeva sizni keliningiz bo'ladimi?
Farmon. Sotti. Lutfi o‘lgur meni sotipti.
Sotti. E, yo‘g‘-e, sotsa men bilardim. Sotgani yo‘q.
Farmon. Kelinim Lutfi Boboyevaning eri polkovnik. U meni eng yaxshi ko‘rgan kelinlarimdan biri.
Muxbir. Menga shu kishi haqida reportaj yozishni topshirishgan edi.
Farmon. Iya, shundaymi? Hoy, Sottiniso, dasturxon yoz. Tezda choy-poy olib kel. Bo‘lmasa, o‘g‘lim, men aytay, siz yozing. Kelinginam biram mo‘min, biram qobil. Hamma ishni o‘zi qiladi. Pazandaligini aytmaysizmi?
Muxbir. Hozir, oyijon. Bilasizmi, menga fon kerak edi-da.
Do'stlaringiz bilan baham: |